Urganch davlat universiteti zohid jumaniyozov tarjimaning nazariy va amaliy asoslari


Tarjima sur’ati, amaliy muammolar va amaliy malakani rivojlantirish


Download 288.25 Kb.
bet17/81
Sana14.10.2023
Hajmi288.25 Kb.
#1703794
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   81
Bog'liq
Urganch davlat universiteti zohid jumaniyozov tarjimaning nazari-fayllar.org

Tarjima sur’ati, amaliy muammolar va amaliy malakani rivojlantirish. Tarjima sur’ati xoh u yozma bo’lsin xoh u og’zaki bo’lsin, uning sifati nuqtai nazaridan ijobiy mazmun kasb etishini talab qiladi. Tarjima sur’atini oshirish o’ziga hos amaliy muammolarga ega. Bunga lug’at zahirasining kambag’alligi yoki grammatik bilimlarning sustligi asosiy ko’rsatgich emas. Balki tarjimondan bundan ham ko’proq narsani bilish talab qilinadi. Zero, tarjima qila olish bu butun bir fandir. Tarjima tilida fikrlay olamizmi, demak biz shundagina tarjimaning o’ziga hos nozik jihatlarini anglay olamiz.
Nemis va o’zbek tillari qurilishi va shakllar tizimi bir-biridan tubdan farq qiladi. Shu bois nemis tilidan o’zbek tiliga yoki o’zbek tilidan nemis tiliga to’g’ri tarjima qilish juda murakkab vazifa hisoblanadi. Nemis tilining eng asosiy murakkabliklari bu so’zlarning ko’p ma’noliligidir. Ko’pgina o’zbek konstruksiyalari nemis tili bilan taqqoslaganda juda noqulay.
Nemis tilida „Ich bin guter Dinge“- „Mening kayfiyatim yaxshi“ degan ma’noni anglatadi. Biroq „das Ding“ so’zining bir qancha ma’nosi bo’lsa ham, uning kayfiyat ma’nosi haqida ma’lumot bugungi kun zamonaviy lug’atlarida keltirilmaydi. Demak so’zning ma’nosi gut so’zi bilan birikib turg’un ibora shakliga ega bo’lgan. Qolaversa bu yerda „sein“ bog’lama fe’li „gutes Ding“ yoki „gute Dinge“ birlik va ko’plik bosh kelishikni qo’llanilishini talab qiladi. „Guter Dinge“ so’z birikmasi koplik genitiv (qaratqich) kelishigida kelayapti. So’zma so’z tarjima qilinsa „Men yaxshi narsalarning“ tarzidagi tugal ma’no anglatmaydigan o’ziga xos bir shakl paydo bo’ladi. Ana shu ma’noda tarjima qilish yoki qilinish uchun avvalambor, asliyatda nima haqida gap botayapti, so’zning ma’nolari qanday, va qaysi ma’no maqbul ekanligi yoki kontekstda qanday ma’no anglashilayapti, bundan tashqari muallifning muddaosi qanday, tarjima matnida so’zlovchining nuqtai nazari salbiymi yoki ijobiymi, uning ohangi va intonatisyasi qanday degan savollarga javob bera olish kerak bo’ladi. Bu esa tarjimondan o’z o’rnida amaliy malakani rivojlantirish, ya’ni tarjima tajribasini oshirish, o’zi ustida ko’proq ishlash, asliyat matnini eng mayda detaligacha o’rganib chiqishni talab qiladi.

Download 288.25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   81




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling