Urganch davlat universiteti zohid jumaniyozov tarjimaning nazariy va amaliy asoslari
Tarjima adekvatligi (adekvat tarjima)
Download 288.25 Kb.
|
Urganch davlat universiteti zohid jumaniyozov tarjimaning nazari-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tarjima jarayonining pragmatik xarakteri, tarjima qilinish muammosi.
Tarjima adekvatligi (adekvat tarjima). Tarjima to’g’riligini baholayotib, biz “adekvatlik”" (muqobillik) terminidan foydalanamiz. Adekvat (muqobil) tarjima deb asl matnning mazmunini tarjima tilida aniq va to’g’ri berilishiga, kamomadsiz ayirboshlanishiga aytamiz. So’zma-so’z tarjima qilib, adekvat tarjimaga erishib bo’lmaydi. Masalan; Wie geht es Ihnen? iborasini so’zma-so’z “Qanday ketya’ti Sizga?” deb tarjima qilib bo’lmaydi. Kontekstning mazmuniga qarab, buni quyidagicha tarjima qilamiz:
- Ahvollaringiz qalay? - Sog’liqlaringiz yaxshimi? -Ishlaringiz yaxshimi? Bu variantlardan qay birini muqobil deb hisoblash tarjimonning bilim va malakasiga bog’liq. Agar ikkala tilning stilistik funktsiyasi, grammatik shakli bir-biriga to’g’ri kelsa, u paytda so’zma-so’z tarjima qilish mumkin. Masalan: Ich bekam einen Brief - Men xat oldim. Yana bir misolni ko’rib chiqaylik. Nemis, rus va o’zbek tillarida qavat soni o’zaro nisbatda bir-biriga to’g’ri kelmaydi. Nemischa der erste Stock, die erste Etage birinchi qavatni emas, ikkinchi qavatni bildiradi. Birinchi qavat esa esa nemis tilida das Erdgeschoß, das Parterre, zu ebener Erde so’zlari bilan ifodalanadi. Nemis tilidagi in einer Woche so’z birikmasi rus tiliga „через неделю“; o’zbek tiliga “bir haftadan keyin” deb tarjima qilinadi. Bu birikmani so’zma-so’z “в неделю/в течении одной недели”, “bir hafta ichida” deb tarjima qilish muqobillik jihatidan noto’g’ri bo’lar edi. Tarjima jarayonining pragmatik xarakteri, tarjima qilinish muammosi. Ma’lumki, rus tarjimashunos olimi V.N.Komissarovning fikricha, har qanday til belgisi odatda uch xil munosabatni o’z ichiga oladi. Ular semantik, sintaktik va pragmatik munosabatlar bo’lib, birinchisi – til belgisining u anglatadigan predmet bilan aloqasini aks ettiradigan, ikkinchisi – til belgisini mazkur tizimga aloqador boshqa belgilar bilan bog’lab turadigan va uchinchisi - til belgisi bilan muloqot jarayonida undan foydalanuvchi shaxslar o’rtasidagi aloqani muayyan qiladigan munosabatlardir. Shunday qilib, til belgisi semantik (denotativ), sintaktik va pragmatik ma’nolari bilan ajralib turadi. Til belgisi deganda L.S.Barhudarov so’zni nazarda tutadi. So’zning pragmatik ma’nosiga uning uslubiy xususiyatini, ya’ni his-hayajonni ifodalash ko’rsatkichini -konnotativ ma’nosini kiritadi. Demak, tarjimada pragmatik talab tarjima matnining asliyat matni darajasidagi aniqligini taqozo etadi. Keyingi yillarda tadqiqotchilar e’tiborini o’ziga ko’proq jalb qilib kelayotga til kommunikatsiyasining pragmatik jihati muloqot ishtirokchilarining yuqori saviyada qo’shimcha bilimlari bilan chambarchas bog’liq. Asliyat va tarjima tillari g’ayrilisoniy omillarining aksariyat hollarda tafovut qilishi tarjimondan chuqur lingvistik bilimdan tashqari yana ko’p boshqa fanlar, madaniyatlar ma’lumotlaridan ham xabardor bo’lishni talab qiladi. „Til belgilari va ulardan foydalanadigan shaxslar o’rtasidagi pragmatik munosabatlar shundan iboratki, bu belgilar, aniqrog’i ularning ma’nolari ayni shaxslar uchun tushunarli bo’lishi kerak“ (B.P.Naydov). Axborotning shu yo’sinda talqin qilinishigina asliyatning kommunikativ ta’sirchanligini saqlab qoladi. Ayrim olimlar pragmatik ma’noni keng sharhlagan holda, uning nafaqat konnotativ, balki denotativ ma’noli so’zlarga nisbatan ham ishlatilishini ta’kidlashadi. Tillararo kommunikatsiyani amalga oshirish munosabati bilan pragmatika muammolari yuzaga kelar ekan, tarjimonning vazifasi tarjima jarayonining maqsadini to’g’ri anglagan holda, uni tarjima tili talabi, me’yori asosida qayta yaratishdan iboratdir. Muayyan tarjimaning pragmatik vazifasini amalga oshirish tarjimondan goho yuqori darajadagi muvofiqlikdan voz kechgan holda, kitobxonning estetik ta’sirlanish darajasini birinchi o’ringa qo’yishni talab qiladi. Chunki haddan ortiq pragmatik noaniqlikka olib kelish, ya’ni tarjima asliyat o’z kitobxoniga ko’rsatgan darajadagi ta’sirchanlikni yaratishga ojizlik qilishi mumkin. Xulosa qilib aytganda, tarjimaning asliyatga pragmatik adekvatligi asliyat va tarjima sohiblarining bir xil axborotga ega bo’lishlari bilan belgilanadi. Download 288.25 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling