Urganch davlat universitetining tabiiy fanlar fakulteti «ekologiya va hayot faolyati xavfsizligi» kafedrasi


-modda. Ekologik auditning asosiy prinsiplari


Download 382 Kb.
bet6/19
Sana11.03.2023
Hajmi382 Kb.
#1259917
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Bog'liq
Kurs Ishi Bobojon

4-modda. Ekologik auditning asosiy prinsiplari
Ekologik auditning asosiy prinsiplari mustaqillik, xolislik, maxfiylik va ishonchlilikdan iboratdir.
5-modda. Ekologik audit standartlari
Ekologik audit standartlari ekologik auditni o‘tkazish, turdosh xizmatlar ko‘rsatish va ekologik auditorlar ishining sifatini nazorat qilish tizimini tashkil etish tartibini belgilaydi.
Milliy ekologik audit standartlari ekologik auditorlik faoliyatini amalga oshirishga doir yagona talablarni belgilaydi.
Ekologik auditorlik tashkilotlari ekologik auditni o‘tkazish chog‘ida shartnomaga muvofiq xalqaro ekologik audit standartlarini qo‘llashi mumkin.
6-modda. Ekologik auditning asosiy vazifalari
Ekologik auditning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
ekologik audit subyekti xo‘jalik va boshqa faoliyatining ekologik jihatlari to‘g‘risidagi ishonchli axborotni to‘plash;
ekologik audit subyektining xo‘jalik va boshqa faoliyati texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar hamda atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlar talablariga muvofiqligini aniqlash;
ekologik audit subyekti faoliyatining atrof-muhit holatiga ta’sirini baholash;
ekologik audit subyekti tomonidan amalga oshiriladigan tabiatni muhofaza qilishga oid tadbirlarning samaradorligini baholash;
atrof-muhitning ifloslanishi bilan bog‘liq favqulodda vaziyatlarning yuzaga kelishi xavfini kamaytirish;
atrof-muhitni boshqarish tizimining samaradorligini baholash;
ekologik audit xulosasini tuzish, ekologik audit subyekti tomonidan amalga oshiriladigan tabiatni muhofaza qilishga oid tadbirlar samaradorligini oshirishga, shuningdek atrof-muhitni boshqarish tizimini takomillashtirishga qaratilgan tavsiyalar ishlab chiqish.
7-modda. Ekologik audit o‘tkazishning o‘ziga xos xususiyatlari
Ekologik audit qonunchilikka muvofiq amalga oshiriladigan ekologik nazoratning o‘rnini bosmaydi.
Ekologik audit ekologik auditorlik tashkiloti va ekologik audit buyurtmachisi o‘rtasida tuziladigan, ekologik audit o‘tkazish muddatlari va boshqa shartlari belgilanadigan shartnoma asosida o‘tkaziladi.
Ekologik audit ekologik audit subyektining atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish sohasidagi butun faoliyatiga yoki uning alohida qismiga nisbatan o‘tkazilishi mumkin.
Ekologik audit subyektining faoliyati texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar hamda atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlar talablariga muvofiq bo‘lgan taqdirda O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi (bundan buyon matnda Davlat ekologiya qo‘mitasi deb yuritiladi) tomonidan bir yil davomida tekshirilmaydi, bundan ushbu moddaning oltinchi qismida nazarda tutilgan hollar mustasno.
Ekologik audit subyektining faoliyati texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar hamda atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlar talablariga muvofiq bo‘lmagan taqdirda ekologik audit subyekti aniqlangan qoidabuzarliklarni bir oylik muddatda bartaraf etishi shart.
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi “Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida”gi Qonuni va “Texnik jihatdan tartibga solish sohasida”gi Qonuni.
Avariyalar va favqulodda vaziyatlar yuzaga kelganda, shuningdek jinoyat ishlarini tergov qilish yoxud O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yoki O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining topshirig‘i munosabati bilan Davlat ekologiya qo‘mitasi tomonidan o‘tkazilgan ekologik auditning fakti va natijalaridan qat’i nazar tekshiruv o‘tkazilishi mumkin.

Download 382 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling