Urganch davlat universitetining tabiiy fanlar fakulteti «ekologiya va hayot faolyati xavfsizligi» kafedrasi


Download 382 Kb.
bet7/19
Sana11.03.2023
Hajmi382 Kb.
#1259917
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   19
Bog'liq
Kurs Ishi Bobojon

8-modda. Ekologik audit shakllari
Ekologik audit ixtiyoriy yoki majburiy shaklda o‘tkazilishi mumkin.
Atrof-muhitga ta’sir ko‘rsatish xavfi kam bo‘lgan yoki unchalik ko‘p bo‘lmagan (lokal ta’sirga ega) ekologik audit subyektlarining faoliyatiga nisbatan ekologik audit ixtiyoriy tartibda o‘tkaziladi.
Atrof-muhitga yuqori va o‘rtacha ta’sir ko‘rsatish xavfiga ega bo‘lgan ekologik audit subyektlari har yilgi majburiy ekologik auditdan o‘tkazilishi lozim.
Atrof-muhitga ta’sir ko‘rsatish xavfi darajasi bo‘yicha faoliyat turlarining ro‘yxati O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Ixtiyoriy ekologik audit ekologik audit buyurtmachisining tashabbusiga ko‘ra o‘tkaziladi.
Majburiy yillik ekologik audit ekologik audit subyektining atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish sohasidagi butun faoliyatiga nisbatan o‘tkaziladi.
9-modda. Ekologik audit xulosasi
Ekologik audit o‘tkazish yakunlari bo‘yicha ekologik audit xulosasi tuziladi.
Ekologik audit xulosasi aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etishga doir tavsiyalarni, shuningdek ekologik audit subyekti tomonidan amalga oshirilayotgan tabiatni muhofaza qilishga oid tadbirlar samaradorligini oshirish bo‘yicha tavsiyalar va takliflarni o‘z ichiga olishi kerak.
Ekologik audit xulosasi maxfiy hujjatdir va u ekologik audit buyurtmachisining roziligisiz oshkor qilinishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Ekologik audit xulosasining har bir sahifasi ekologik auditni amalga oshirgan ekologik auditor (ekologik auditorlar) va ekologik auditorlik tashkilotining rahbari tomonidan imzolangan bo‘lishi kerak.
Ekologik audit xulosasining shakli va mazmuni ekologik audit standartlarida belgilanadi.
Ekologik auditorlik tashkilotlari o‘z faoliyatini amalga oshirish chog‘ida mustaqildir.
Ekologik auditorlik xizmatlari ko‘rsatish to‘g‘risidagi shartnoma faqat ekologik auditorlik tashkilotining fuqarolik javobgarligi sug‘urta polisi mavjud bo‘lgan taqdirda tuziladi.
Ekologik auditorlik tashkilotlarining, shuningdek ular xodimlarining faoliyatiga mustaqil ekologik auditni amalga oshirishga monelik qilish maqsadida aralashishga hamda qanday shaklda bo‘lmasin ta’sir o‘tkazishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining mansabdor shaxslari, shuningdek qonunchilikka muvofiq tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanishi taqiqlangan boshqa shaxslar ekologik auditorlik tashkilotlarining muassislari bo‘lishi mumkin emas.
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi Qonuni.
Ekologik auditorlik tashkilotlari har qanday tashkiliy-huquqiy shaklda tuzilishi va o‘z faoliyatini amalga oshirishi mumkin, bundan aksiyadorlik jamiyati mustasno.
Ekologik auditorlik tashkilotiga ushbu ekologik auditorlik tashkiloti o‘zi uchun asosiy ish joyi bo‘lgan ekologik auditor rahbar bo‘lishi mumkin.
Ekologik auditorlik tashkilotlari O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi lozim.
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 9-fevraldagi 66-son qarori bilan tasdiqlangan “Tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida nizom
Ekologik auditorlik tashkilotlari davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, shuningdek mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan tashkil etilishi mumkin emas.
Ekologik auditorlik tashkiloti boshqa ekologik auditorlik tashkilotining muassisi (ishtirokchisi) bo‘lishi mumkin emas hamda atrof-muhitga ta’sir ko‘rsatish va tabiiy resurslardan foydalanish bilan bog‘liq biror-bir tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanishga haqli emas.

Download 382 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling