Urganch davlat universitetining tabiiy fanlar fakulteti «ekologiya va hayot faolyati xavfsizligi» kafedrasi


-modda. Ekologik auditorga qo‘yiladigan talablar


Download 382 Kb.
bet10/19
Sana11.03.2023
Hajmi382 Kb.
#1259917
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   19
Bog'liq
Kurs Ishi Bobojon

14-modda. Ekologik auditorga qo‘yiladigan talablar
Ekologik auditorga quyidagi talablar qo‘yiladi:
O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligining mavjudligi;
tegishli sohaga oid oliy ma’lumotning mavjudligi;
atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida yoki turdosh sohalarda ketma-ket kamida uch yillik ish tajribasiga ega bo‘lish;
ekologik auditor malaka sertifikatining mavjudligi.
Ekologik auditor arizasida ko‘rsatilgan faoliyatni faqat bitta ekologik auditorlik tashkilotida amalga oshirishga haqli.
Ekologik auditorlarni tayyorlash, shuningdek ekologik auditorning malaka sertifikatini berish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
15-modda. Ekologik auditorning huquq va majburiyatlari
Ekologik auditor quyidagi huquqlarga ega:
ekologik audit o‘tkazish uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlar va materiallarni olish;
ekologik auditga taqdim qilingan, ekologik audit to‘g‘risidagi qonunchilik talablariga javob bermaydigan materiallarni rad etish.
Ekologik auditor:
ekologik auditorlik faoliyatini amalga oshirish chog‘ida ekologik audit to‘g‘risidagi qonunchilik talablariga rioya etishi;
ekologik audit natijalarini ekologik audit standartlariga binoan rasmiylashtirishi;
ekologik audit o‘z vaqtida, kompleks tarzda, xolisona, sifatli o‘tkazilishini, shuningdek ekologik audit xulosasi rasmiylashtirilishi va berilishini ta’minlashi;
ekologik auditning muayyan obyektiga nisbatan shaxsiy manfaatdorligi mavjud bo‘lgan taqdirda o‘zini o‘zi rad etish haqida arz qilishi;
ekologik auditorlik xizmatlarini ko‘rsatish chog‘ida olingan axborotning maxfiyligini ta’minlashi shart.
16-modda. Ekologik auditor yordamchisi
Ekologik auditor yordamchisi ekologik auditorning malaka sertifikatiga ega bo‘lmagan, ekologik auditorlik tashkilotida ishlaydigan hamda ekologik audit xulosasiga imzo qo‘yish huquqisiz, ekologik auditorlik tashkilotining topshirig‘iga ko‘ra ekologik auditda ishtirok etadigan jismoniy shaxsdir.
Ekologik auditor yordamchisiga nisbatan ekologik audit o‘tkazish chog‘ida olingan ma’lumotlarni oshkor qilmaslik majburiyati tatbiq etiladi.
Ekologik auditor yordamchisi sifatida ishlash vaqti ekologik auditorning malaka sertifikatini olish uchun zarur bo‘lgan ish stajiga kiritiladi.

Download 382 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling