19-modda. Ekologik auditorlik tashkilotlarining reyestri va Ekologik auditorlarning reyestri
Ekologik auditorlik tashkilotlarining reyestri ekologik auditorlik tashkilotlarining ro‘yxatini o‘z ichiga oladi va Davlat ekologiya qo‘mitasining rasmiy veb-saytiga joylashtiriladi.
Ekologik auditorlarning reyestri ekologik auditorning malaka sertifikatiga ega bo‘lgan ekologik auditorlarning ro‘yxatini o‘z ichiga oladi va Davlat ekologiya qo‘mitasining rasmiy veb-saytiga joylashtiriladi.
Ekologik auditorlik tashkilotlarining reyestri va Ekologik auditorlarning reyestrini yuritish tartibi, uning shakli hamda unga doir talablar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
20-modda. Ekologik auditorlarning jamoat birlashmalari
Ekologik auditorlarning jamoat birlashmalari ekologik auditorlarni ixtiyoriy asosda birlashtiradigan nodavlat notijorat tashkilotlaridan iboratdir.
Ekologik auditorlar jamoat birlashmalarining faoliyati ekologik auditorlarning kasbiy darajasini rivojlantirishga va qo‘llab-quvvatlashga, ularning kasbiy manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan.
Ekologik auditorlarning jamoat birlashmalari:
ekologik auditorlarning jamoat birlashmalari a’zolarining hisobini yuritadi va ular haqidagi ma’lumotlarni o‘zining veb-saytlariga joylashtiradi;
ekologik auditorlarni o‘qitish dasturlarini ishlab chiqishda ishtirok etadi;
ekologik auditorning malaka sertifikatini olish uchun malaka imtihonlarini tashkil etish va o‘tkazishda ishtirok etadi;
ekologik audit to‘g‘risidagi qonunchilikni takomillashtirish bo‘yicha takliflar tayyorlaydi.
21-modda. Nizolarni hal etish
Ekologik auditorlik faoliyatini amalga oshirish chog‘ida yuzaga keladigan nizolar qonunchilikda belgilangan tartibda hal etiladi.
22-modda. Ekologik audit to‘g‘risidagi qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlik
Ekologik audit to‘g‘risidagi qonunchilikni buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |