Urganch davlat universitetining tabiiy fanlar fakulteti «ekologiya va hayot faolyati xavfsizligi» kafedrasi


-modda. Ekologik auditorlik tashkilotining javobgarligi


Download 382 Kb.
bet9/19
Sana11.03.2023
Hajmi382 Kb.
#1259917
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   19
Bog'liq
Kurs Ishi Bobojon

12-modda. Ekologik auditorlik tashkilotining javobgarligi
Ekologik auditorlik tashkiloti bila turib soxta tuzilgan ekologik audit xulosasini tuzishi oqibatida yetkazilgan zarar uchun ekologik audit buyurtmachisi oldida javobgar bo‘ladi.
Ekologik auditning ekologik audit o‘tkazmasdan tuzilgan yoki ekologik audit natijalari bo‘yicha tuzilgan, ammo ekologik auditor (ekologik auditorlar) tomonidan olingan va o‘rganilgan hujjatlar mazmuniga muvofiq bo‘lmagan xulosasi bila turib soxta tuzilgan hisoblanadi.
Sifatsiz o‘tkazilgan yoki lozim darajada o‘tkazilmagan ekologik audit natijasida ekologik audit buyurtmachisiga yetkazilgan zararlarning, shu jumladan boy berilgan foydaning o‘rni qonunchilikda belgilangan tartibda qoplanishi lozim.
13-modda. Ekologik audit o‘tkazish chog‘idagi cheklovlar
Quyidagilarga ekologik audit o‘tkazish taqiqlanadi:
ekologik audit subyektining mansabdor shaxslari bilan yaqin qarindoshlik munosabatlarida bo‘lgan shaxsga;
ekologik audit subyektiga nisbatan mulkiy yoki shaxsiy nomulkiy manfaatlari bor shaxsga;
Davlat ekologiya qo‘mitasining mansabdor shaxslariga;
ekologik audit subyektining xodimiga.
Ekologik audit ekologik auditorlik tashkilotlari va ekologik auditorlar tomonidan quyidagilarga nisbatan ham o‘tkazilmaydi:
ushbu ekologik auditorlik tashkilotining mulkdorlari, ishtirokchilari, kreditorlari, sug‘urtachilari bo‘lgan xo‘jalik yurituvchi subyektlarga, shuningdek ushbu ekologik auditorlik tashkilotlari va ekologik auditorlar o‘ziga nisbatan mulkdor, ishtirokchi, aksiyador bo‘lgan xo‘jalik yurituvchi subyektlarga nisbatan;
o‘z mulkdori, ishtirokchisi, aksiyadori, shuningdek tabiatni muhofaza qilishga oid faoliyatni tashkil etish va yuritish uchun javobgar bo‘lgan shaxsi bir vaqtning o‘zida mazkur ekologik auditorlik tashkilotining mulkdori, ishtirokchisi bo‘lgan xo‘jalik yurituvchi subyektga nisbatan;
o‘z xodimi bir vaqtning o‘zida mazkur ekologik auditorlik tashkilotining xodimi bo‘lgan ekologik audit subyektiga nisbatan.
Ekologik auditorlik tashkiloti ayni bir ekologik audit subyektida ketma-ket uch martadan ortiq ekologik audit o‘tkazishga haqli emas.

Download 382 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling