Urganch davlat universitetining tabiiy fanlar fakulteti «ekologiya va hayot faolyati xavfsizligi» kafedrasi


Jamoat ekologik ekspertizasi va ekologik audit


Download 382 Kb.
bet4/19
Sana11.03.2023
Hajmi382 Kb.
#1259917
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Bog'liq
Kurs Ishi Bobojon

Jamoat ekologik ekspertizasi va ekologik audit
Jamoat ekologik ekspertizasi jamoat tashkilotlari (uyushmalari), fuqarolar, shuningdek maxalliy boshqaruv organlari (maxallalar) tashabbusi bilan tashkil etiladi va o’tkaziladi. U ekologik asoslanish talab qilinadigan har qanday faoliyat sohasida nodavlat, notijorat tashkilotlarining va fuqarolarning ishtirokida o’tkaziladi. Qonunga binoan ekologik ekspertizani amalga oshirishga to’sqinlik qilish taqiqlanadi.
Jamoat ekologik ekspertizasi qonun bilan muhofaza qilinadigan davlat, kommersiya (tijorat) sirlari bo’lmagan ma’lumotlarga ega bo’lgan ob’ektlar uchun o’tkazilishi mumkin. Bu ekspertiza davlat ekologik ekspertizasi o’tkazilishidan qathiy nazar, ungacha, u bilan bir vaqtda yoki undan keyin amalga oshirilishi mumkin.
Jamoat tashkilotlari(uyushmalari) qonun xujjatlariga muvofiq quyidagi xuquqlarga ega: ekologik ekspertiza uchun zarur bo’lgan xujjatlarni buyurtmachidan olishga; jamoat ekologik ekspertizasi xulosalari davlat ekologik ekspertizasi komissiyalarining majlislarida muhokama qilinayotganda o’z vakillari bilan kuzatuvchi sifatida qatnashishga.
Jamoat ekologik ekspertizasi uni o’tkazish to’g’risida jamoat tashkilotlarining (uyushmalarining) arizasi davlat ro’yhatidan o’tkazilgan taqdirda amalga oshiriladi. Jamoat ekologik ekspertizasining xulosasi tavsiya xususiyatiga ega bo’ladi. Bu xulosalar ommaviy axborat vositalaridan ehlon qilinishi va manfaatdor tomonlar va shaxslarga berilishi mumkin
Ekologik audit
Ekologik audit konkret ob’ektda atrof tabiiy muhitning holatini baholash faoliyatidir. Ekologik audit atrof muhitning qulay shart-sharoitini ta’minlashning muhim ekologik iqtisodiy vositasidir. U atrof tabiiy muhit xolatiga salbiy ta’sir ko’rsatayotgan, ishlab turgan korxonalar va boshqa ob’ektlarni mustaqil ekologik ekspertiza qilish faoliyati hisoblanadi.
Dunyoning ko’plab mamlakatlarida ekologik audit protsedurasi korxonalar yoki boshqa xo’jalik ob’ektlari to’g’risida ekologik axborot olish va uni baholashning muhim vositasi hisoblanadi va ekoaudit axborotlari boshqarishning turli bug’inlarida turli tadbirlarni ishlab chiqib, amaliyotga joriy etishda keng qo’llaniladi. O’zbekistonda ekologik audit protsedurasining rivojlanishi va qo’llanilishi faqat so’nggi yillarda amalga oshirilmoqda.
Ekologik ekspertiza uchun muhim ahamiyatga ega bo’lgan va xorijiy davlatlarda rivojlangan ekoauditning quyidagi asosiy yo’nalishlarini ko’rsatish mumkin:

  1. Standartlarga rioya qilish auditi. U atrof muhit sifat ko’rsatkichlarini milliy va xalqaro standartlar bilan taqqoslab, korxonalar uchun zarur chora tadbirlarni tavsiya etadi.

  2. Javobgarlik auditi. Unga muvofiq atrof muhitga yetkaziladigan zararning xavf xatari bo’yicha javobgarlik aniqlanadi.

  3. Ekologik sug’urtalashdagi audit. U sug’urtalash shartnomalarini tuzish, ekologik xavf xatarni kamaytirish bo’yicha preventiv (oldini oluvchi) tadbirlar rejasini ishlab chiqishda, ekologik sug’urta xodisalari sodir bo’lgandagi zararni hisoblashda, atrof muhitning ifloslanishiga bog’liq xolda korxonalarga dahvo qo’zg’atishda amalga oshiriladi.

  4. Ekologik sertifikatsiya tizimidagi audit. U sertifikatsiya ob’ektlarining belgilangan ekologik talablarga (standart, normativlarga) mos kelishini baholaydi.

  5. Hududlar auditi. U hududlar ekologik xolatini aniqlash maqsadlarida amalga oshiriladi.

  6. Mahsulotni bo’lish to’g’risidagi bitimlarni tayyorlashdagi audit. Bu ekoaudit turi mo’ljallanayotgan investitsiyalash ob’ektlarini ekologik nuqtai nazardan to’liqroq o’rganish maqsadida o’tkaziladi. Bunda audit vazifasiga to’proq, o’simlik va xayvonot olami resurslarini tadqiq etish, ilgari yetkazilgan ekologik zararni, atrof muhitning buzilgan ob’ektlarini tiklash qiymati, atrof muhitga salbiy ta’sirning normativdan ortiq xarajatlarini bartaraf etish va boshqalarni baholash kiradi.

Xozirgi vaqtda qabul qilingan protseduraga muvofiq ekologik auditni bajarilishi shart bo’lgan va tashabbusli kabi turlarga bo’lish mumkin.
Bajarilishi shart bo’lgan ekoauditga quyidagilar kiradi:

  • davlat organlarining topshirig’iga muvofiq, shu jumladan korxonalarning ekologik sanatsiyasini asoslash uchun o’tkaziladigan ekoaudit.

  • davlat korxonalarini xususiylashtirishda ekologik omilni xisobga olish uchun o’tkaziladigan ekoaudit;

  • iqtisodiy sub’ektlarning bankrotligi protsedurasini amalga oshirishda o’tkaziladigan ekoaudit;

  • majburiy ekologik sug’urtalashni amalga oshirishda o’tkaziladigan ekoaudit;

  • investitsiyalash sharoitlarida ko’zda tutilgan investitsiya loyixalari va dasturlari tayyorlash va asoslashda o’tkaziladigan ekoaudit.

Bu turdagi ekoaudit davlat ekologik ekspertizasi qiroriga binoan, shuningdek, atrof muhitga ta’sirni baholash protsedurasi jarayonida amalga oshirilishi mumkin. O’z navbatida, tashabbusli ekoaudit iqtisodiy sub’ekt rahbarlari yoki boshqa qaror qabul qiluvchi shaxslar qaroriga muvofiq o’tkaziladi.
Boshqa tomondan ekologik auditni ichki va tashqi turlarga bo’lish mumkin. Ichki ekoaudit ixtiyoriy xarakterda bo’ladi va korxonaning o’z tashabbusiga ko’ra o’tkaziladi. Tashqi audit esa, qoida tariqasida, majburiy asosda o’tkaziladi.
Ekologik auditni o’tkazishning asosiy printsiplari quyidagilar: auditning xolisligi va ob’ektligi; professionallik va kompetentlik; auditni o’tkazishda olingan axborotlarning konfidentsialligi (maxfiyligi); auditning auditor hisobati va auditor xulosasi uchun javobgarligi; ekologik audit dasturini rahbariyat yoki auditlashtirilayotgan ob’ekt egasining qo’llab quvvatlanishi; aniqlangan kamchiliklarni albatta bartaraf etish choralarini ko’rish.
Ekologik auditning asosiy vazifalariga xalqaro amaliyotni hisobga olgan holda quyidagilarni kiritish mumkin:

  • tabiatdan foydalanish va atrof muhitni muhofaza qilish sohasida xo’jalik yurituvchi sub’ektlar faoliyati to’g’risida ishonchli axborotlarni olish, ekologik toza texnologiya va mahsulotning ekologik markirovkasini joriy etish hisobiga jahon bozoridan ularning raqobatbardoshligini oshirish;

  • xo’jalik faoliyati sub’ektlari, sug’urta va moliya-kredit tashkilotlarining moliyaviy xavf xatarini kamaytirish;

  • tabiatdan foydalanishni tartibga solishning asosiy yo’nalishlari instrumentini barpo etish;

  • atrof muhit sohasidagi faoliyatni boshqa faoliyat tirnoqlari bilan integratsiyalash «ekologik» xisobchilikni yuritish;

  • xamma tan olgan xalqaro printsiplar, metod va protseduralarni amaliyotda hisobga olish va qo’llash;

  • ekologik buxgalteriya xisobi va audit bo’yicha bilimdon mutaxassislarni tayyorlash va tajribali mutaxassislarni jalb etish.

O’zbekistonda ekologik auditga talab oshib borayotganligi sababli uni keng miqyosda rivojlantirish tadbirlarini kompleks amalga oshirish lozim.
Ekologik ekspertiza faoliyati va munosabatlarida quyidagi ekspertiza turlaridan foydalaniladi: davlat ekolgik ekspertizasi, jamoat ekologik ekspertizasi, ekologik audit, idoraviy ekologik ekspertiza, ilmiy ekologik ekspertiza, ekologiksanitariya ekspertizasi, ekologik normativ ekspertizasi, ekologikhuquqiy ekspertiza va boshqalar.
Davlat ekologik ekspertizasini tashkil etish va o‘tkazish O‘zbekistonning atrof tabiiy muhiti va tabiiy resurslarini muhofaza qilishni davlat yo‘li bilan tartibga solishning asosiy vositalaridan biridir.
Davlat ekologik ekspertizasi davlatning u yoki boshqa faoliyatni ruyobga chiqarishga, ob’ektlarni hududiy joylashtirishga davlatning ruxsat va rozilik berishi hisoblanadi.
Davlat ekologik ekspertizasi ko‘p yo‘nalishlarda amalga oshiriladi: 1) ishlab chiqarish kuchlari, tarmoqlar rivojlanishi va joylashishi loyixa oldi materiallari ekspertizasi; 2) maqsadli dasturlar loyiha oldi materiallari, yer, suv, biologik resurslar, foydali qazilmalardan foydalanish va ularni muhofaza qilish sxemalarining ekspertizasi; 3) ekologik ahamiyatga ega bo‘lgan ob’ektlar ekspertizasi.
Davlat ekologik ekspertizasi xulosasi rasmiy davlat xujjati bo‘lib, unda davlat ekologik ekspertizasi ob’ektini ro‘yobga chiqarish mumkinligi yoki mumkin emasligi to‘g‘risidagi xulosalar bayon qilinadi. Xulosalarni ijro etish majburiydir.



    1. Download 382 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling