Urganch filiali "kompyuter injineringi" fakulteti


Download 97.31 Kb.
bet5/11
Sana23.12.2022
Hajmi97.31 Kb.
#1047848
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
21-mavzu. Psixologiya fanining rivojlanish bosqichilari

Kuzatish metodining asosiy afzalligi shundan iboratki, kuzatish tabiiy sharoitda o‟tkaziladi, kuzatish kuzatilayotgan shaxslarning odatdagi xulq-atvorlarini o‟zgartirmaydi. Kuzatishni bitta odam ustida ham va bir guruh shaxslar ustida ham olib borish mumkin. Bu metod bolalar bog‟chasi guruhlaridagi yoki maktab sinfidagi bolalarni o‟rganish uchun qulaydir. Kuzatish metodining kamchiligi uning anchagina mehnat talab qilishidir. Tadqiqotchi psixologni xulq-atvorning istalgan qiyofada emas, balki aniq tadqiqot vazifalari bilan bog‟liq holda namoyon bo‟lishigina qiziqtiradi. Shuning uchun kuzatiluvchi shaxs xususiyatlari va psixik holatlarining o‟ziga kerakli tarzda namoyon bo‟lishini kutib turishi kerak. Bundan tashqari, psixik xususiyatlarning yakka holda namoyon bo‟lishini kuzatish va qayd qilish etarli emas. Tadqikotchi u yoki bu xususiyatlarning xarakterligiga, tipikligiga ishonch hosil qilishi kerak. Bundan tashqari eksperimental psixologiyada quyidagi metodlardan foydalanish mumkin.
Eksperiment metodining asosiy farqi va afzalligi shundan iboratki, bunda tadqiqotchi o‟z hoxishi bilan qandaydir psixik jarayon yoki xususiyatni yuzaga keltirib psixik hodisaning tashqi sharoitga bog‟liqligini tekshirib ko‟rishi mumkin. Eksperiment metodining ana shu afzalligi uning psixologiyada keng qo‟llanilishi bilan tushuntiriladi. Empirik, ya‟ni tajriba yo‟li bilan qo‟lga kiritilgan faktlarning asosiy ko‟pchiligi psixologiyada eksperimental yo‟l bilan olingandir. Biroq har qanday tadqiqot qilinadigan vazifalarga eksperimentni qo‟llab bo‟lmaydi. Masalan, agarda psixik jarayonlar va funksiyalar ko‟proq eksperiment yo‟li bilan o‟rganilsa, shaxsning birmuncha sodda xususiyatlari (temperament, qobiliyatlar) ham shu metodda o‟rganiladi. Lekin xarakterning va qobiliyatlarning murakkab turlarini hali eksperiment metodi bilan o‟rganib bo‟lmaydi.
Suhbat metodi. Bu metod tadqiqotning turli bosqichlarida qo‟llaniladi: masalan, dastlabki tanishish bosqichida ham boshqa metodlar, ayniqsa, kuzatish metodi orqali qo‟lga kiritilgan xulosalarni aniqlashda qo‟llaniladi. Suhbat metodidan mohirlik bilan foydalanish juda qimmatli natijalarga erishishga yordam berishi mumkin.

Download 97.31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling