Urganch filiali "kompyuter injineringi" fakulteti


Download 97.31 Kb.
bet7/11
Sana23.12.2022
Hajmi97.31 Kb.
#1047848
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
21-mavzu. Psixologiya fanining rivojlanish bosqichilari

Testlar metodi. Testlar, ya‟ni ozmi yoki ko‟pmi standartlashtirilgan (birxillashtirilgan) shaxs xususiyatlarini qisqa muddatli sinash metodlari yaxshi yoki yomon asoslangan bo‟lishi mumkin. Yaxshi asoslangan test – bu oldindan o‟tkazilgan katta eksperimentlar natijasidir. Nazariy jihatdan asoslangan va eksperimental jihatdan muhokama qilingan testlar tadqiqotchi uchun ilmiy va amaliy ahamiyat kasb etishi mumkin.
Arxiv metodi. Amerika ilmiy adabiyotlarida «Arxivlik metodi» degan atama qabul qilingan, bunday tadqiqotlarni o‟tkazuvchi psixolog sinaluvchining aktual xulqini kuzatmaydi va o‟lchamaydi, kundalik qaydnomalarni va yozuvlarni, arxiv materiallarini, mehnat, o‟quv yoki ijodiy faoliyatini analiz qilinadi. Ko‟p hollarda uni
«faoliyat mahsullarini o‟rganish» yoki «praksimetrik metod» deb ifodalanadi. Tadqiqotchi tadqiqotlar matnini, faoliyatning predmetli mahsulotini turli xil maqsadlarda o‟tkazishi mumkin. Maqsadlar joriy qilishning aniq usullarini arxivlik metodi uning xilma-xilligini ajratib ko‟rsatadi.

Psixologiyaning fanlar tizimida tutgan o‟rni.


Psixologiya yaxlit va mustaqil fan sifatida kishilar ongida gumanistik mentalitetning shakllanishiga xizmat qilgani uchun ham uning ushbu yo‟nalishdagi muammolarni ma‟lum ma‟noda o‟rganadigan barcha fanlar bilan bevosita aloqasi muhim ahamiyat kasb etadi. Bular birinchi navbatda ijtimoiy-gumanitar fan sohalari bo‟lib, psixologiyaning ular orasidagi mavqei o‟ziga xos va yetakchidir.
Psixologiya va falsafa. Eng avvalo fanni falsafa va uning oxirgi paytlarda shakllanib, rivojlanib borayotgan ijtimoiy falsafa qismi bilan bo‟lgan aloqasi xususida. Bu aloqa ikkala fanning inson va uning hayoti mohiyatini to‟la anglash va rivojlanib tendentsiyalarini belgilashdagi o‟rni va ahamiyatidan kelib chiqadi. Tabiat, jamiyat va inson tafakkurining rivojlanishiga oid bo‟lgan umumiy qonuniyatlar va tamoyillarni psixologiya falsafaning bazasidan oladi va shu bilan birga o‟zi ham inson ongi va tafakkuri qonuniyatlari sohasidagi yutuqlari bilan falsafani boy ma‟lumotlarga ega bo‟lishiga yordam beradi.

Download 97.31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling