Urganch filiali "kompyuter injineringi" fakulteti
Download 97.31 Kb.
|
21-mavzu. Psixologiya fanining rivojlanish bosqichilari
XULOSA Demak, bugungi psixologiya fani va uning tarmoqlarining predmetini belgilashda yoshlar ongida to‟g‟ri dunyoqarashni milliy istiqlol g‟oyalari va uning asosiy tushunchalari va tamoyillari asosida shakllantirish masalalari nuqtai nazaridan yondashish katta amaliy ahamiyat kasb etadi. Inson o’zining kimligini anglashga intilishdan, o‟z ruhiy dunyosini va o‟zgalar ruhiyatini bilish istagi paydo bo‟lishdan, tabiat va jamiyat xrdisalarini tushunishga extiyoj sezishdan, o‟tmish, hozirgi zamon, kelajak haqida mulohaza yuritishdan e‟tiboran psixologiya fan sifatida rivojlana boshladi. Psixologik bilimlar juda uzoq o‟tmish tarixga ega bo‟lsada, lekin u fan sifatida falsafadan XIX asrga kelib ajralib chiqdi. Psixologiyani alohida fan sifatida ajralib chiqishiga o‟sha davrda kishilik jamiyatida yuz berayotgan ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy o‟zgarishlar sabab bo‟ldi, chunki bular ijtimoiy zaruriyatning taqozosi edi. Psixologik holatlarni tadqiq qilish, ya‟ni psixika mohiyatini tushunish maqsadida o‟sha davrda eksperimental ilmiy-psixologik laboratoriyalar vujudga kela boshladi. Yuqorida ta‟kidlangan strukturalizm, funksionalizm, bixeviorizm, freydizm oqimlari jahon psixologiya ilmining shakllanishiga asos bo‟lgan bo‟lsa, ular ta‟sirida shaklangan boshqa o‟nlab: assotsiativ psixologiya, geshtaltpsixologiya, gumanistik psixologiya, ekzistensial psixologiya, kognitivizm, ramziy interaktsionizm kabi yo‟nalishlar uning qator masalalarini hal qilishga o‟z hissasini qo‟sha oldi. Eng muhimi – XX asrga kelib, psixologiyaning tadbiqiy sohalari paydo bo‟ldi-ki, endi qo‟lga kiritilgan yutuqlar bevosita ta‟lim, tarbiya, sanoat, biznes, marketing xizmatlari, boshqaruv, sog‟liqni saqlash, huquqbuzarlikni oldini olish sohalarga dadil joriy etila boshlandi Download 97.31 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling