Urganch filiali "kompyuter injineringi" fakulteti


Download 97.31 Kb.
bet8/11
Sana23.12.2022
Hajmi97.31 Kb.
#1047848
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
21-mavzu. Psixologiya fanining rivojlanish bosqichilari

Psixologiya va tarix. Psixologiya va tarix fanlarining uzviy bog‟liqligi ayniqsa, mustaqillik yillarida tarixni xolisona o‟rganish va shu bilan birga inson shaxsining madaniy-tarixiy shart-sharoitlarga bog‟liq tarzda rivojlanishi ayniyatini xalq ommasi ongiga etkazishda namoyon bo‟lmoqda. Zero, inson ruhiyati va u vakil bo‟lgan millat va elat psixologiyasi orqali tarixiy voqealarga baho berish milliy istiqlol g‟oyalarini yoshlar ongiga singdirishning muhim vositalaridan biridir.
Psixologiya va sotsiologiya. Sotsiologiya fani ham yangicha ijtimoiy munosabatlar sharoitida o‟z taraqqiyotining muhim bosqichiga o‟tgan ekan, o‟z navbatida psixologiya ham ushbu fan erishgan yutuqlardan foydalanadi va ularning ko‟lami kengayishiga baholi qudrat xizmat qiladi. Ayniqsa, psixologiyadan mustaqil ravishda ajralib chiqqan, bugungi taraqqiyot davrimizda alohida ahamiyat kasb etgan ijtimoiy psixologiyaning sotsiologiya bilan aloqasi uzviy bo‟lib, ular jamiyatda ijtimoiy taraqqiyot va progressni ta‟minlash ishiga xizmat qiladi.
Psixologiya va pedagogika. Pedagogika bilan psixologiyaning o‟zaro hamkorligi va aloqasi an‟anaviy hamda azaliy xarakter kasb etib, ularning yosh avlod tarbiyasini zamon talablari ruhida amalga oshirishdagi roli va nufuzi o‟ziga xosdir. Ma‟naviy barkamollik tamoyillarini maktabda va yangi tipdagi ta‟lim muassasalarida, xususan, akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida joriy etish ham shaxs psixologiyasini teran
bilgan holda o‟qitishning eng ilg‟or va zamonaviy shakllarini amaliyotga tatbiq etishni nazarda tutadi.
Psixologiya va tabiiy fanlar. Biologiya, fiziologiya, ximiya, fizika va boshqa fanlar psixik hodisalar va jarayonlarning tabiiy-fiziologik mexanizmlarini tushunish va shu orqali ularning kechishi qonuniyatlarini obyektiv o‟rganish uchun material beradi.

Download 97.31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling