Urganch universiteti


MAVZU: PEDAGOGIK DIAGNOSTIKA VA PEDAGOGIK KORREKSIYA


Download 1.13 Mb.
bet79/115
Sana03.02.2023
Hajmi1.13 Mb.
#1155386
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   115
Bog'liq
Pedagogika va psixologiya

MAVZU: PEDAGOGIK DIAGNOSTIKA VA PEDAGOGIK KORREKSIYA.
Reja:
1. Pedagogik diagnostika va uning axamiyati. Pedagogik diagnostikaning predmeti, moxiyati, asosiy vazifa va kategoriyalari.
2.Korreksiya tushunchasining mazmuni. Korreksion pedagogikaning maqsadi va moxiyati.
3. Pedagogik diagnostikaning ilmiy-nazariy yo’nalishlari. Ta’lim jarayonini diagnostika qilishning asosiy funksiyalari (teskari aloka funksiyasi, maksad va vazifalarni belgilash funksiyasi, taqsimot funksiyasi, yaratish va pedagogik tajribani o`rganish funksiyasi, pedagogik korreksiyalash funksiyasi, motivatsiya va rag’batlantirish funksiyasi, nazorat funksiyasi).
Korrektsion pedagogikaning predmeti, vazifalari va mohiyati. Rivojlanishida turli nuqson (kamchilik)lar bo’lgan o’quvchilarni korrektsion o’qitish va tarbiyalash bilan korrektsion pedagogika (defektologiya) shug’ullanadi. Korrektsion (maxsus) pedagogika(defektologiya - yunoncha defectus – nuqson, kamchilik, logos – fan, ta’limot) – rivojlanishda jismoniy yoki psixik kamchilikka ega, maxsus, individual tarbiyalash va o’qitish metodlariga asoslangan, salomatlik imkoniyatlari cheklangan bolaning individualligi hamda shaxsini rivojlantirish jarayonini boshqarish mohiyati, qonuniyatlarini o’rganuvchi fan sanaladi.
Ilmiy tushuncha sifatida korrektsion pedagogika zamonaviy pedagogika fanida rasman e’tirof etilganiga u qadar ko’p vaqt bo’lmadi. Uzoq vaqt davomida pedagogikada «defektologiya» tushunchasi qo’llanib kelingan.
Korrektsion pedagogika (defektologiya) tarkibiga quyidagi sohalari kiradi:
Pedagogik lug’atda «korrektsiya» tushunchasi (yunoncha «correctiio» - tuzatish) pedagogik uslub va tadbirlardan iborat maxsus tizimi yordamida anomal bolalarning psixik va jismoniy rivojlanish kamchiliklarini tuzatish (qisman yoki to’liq) sifatida tushunilishi ta’kidlab o’tiladi.
Ana shu lug’atda «korrektsion pedagogika»ning jismoniy yoki psixik kamchilikka ega, maxsus, individual tarbiyalash va o’qitish metodlariga muhtoj bo’lgan, sog’lig’i imkoniyatlari cheklangan bolaning individualligi va shaxsini rivojlantirish jarayonini boshqarish mohiyati, qonuniyatlarini o’rganuvchi fan ekanligi qayd etiladi.
Korrektsion pedagogikaning asosiy maqsadi – belgilangan (normal) va (mavjud kamchilik) faoliyat o’rtasidagi nomuvofiqlikni yo’qotish yoki kamaytirishdan iborat.
Korrektsion-pedagogik faoliyat yaxlit ta’lim jarayonini qamrab oluvchi hamda murakkab psixofiziologik va ijtimoiy-pedagogik chora-tadbirlarning amalga oshirilishini nazarda tutuvchi pedagogik tizim.
Diagnostika korrektsion, korrektsion-rivojlantiruvchi, korrektsion-profilaktik faoliyatlar bilan bir qatorda tarbiyaviy va korrektsion-o’qitish, psixokorrektsion faoliyatni ham amalga oshirilishini ta’minlaydi. Korrektsion-pedagogik faoliyat maxsus ta’lim dasturiga muvofiq mutaxassislar yordamida anomal o’quvchilarni o’qitish, tarbiyalash va rivojlantirishga yo’naltirilgan yaxlit jarayon.



Download 1.13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   115




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling