Urganch universiteti


Pedagogik texnologiyalarning asosiy kategoriyalari


Download 1.13 Mb.
bet97/115
Sana03.02.2023
Hajmi1.13 Mb.
#1155386
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   115
Bog'liq
Pedagogika va psixologiya

. Pedagogik texnologiyalarning asosiy kategoriyalari.
Pedagogik texnologiya atamasi va bu sohadagi ilk ishlanmalar AQSH da XX asrning 50-yillarida paydo bo’ldi. 15-20 yildan so’ng pedagogik texnologiya barcha rivojlangan mamlakatlar ta’lim sohasini qamrab oldi. So’nggi yillarda pedagogik texnologiyadan foydalanish geografiyasi uzluksiz kengayib bormoqda.
Pedagogik texnologiyaning ilk paydo bo’lish davri ilmiy-texnik taraqqiyotning (ITT) jadallashuvi bilan belgilanadi. Mazkur davrdagi fanning natijalari kashfiyotlar oqimlari bo’lib, ular asosida texnika va texnologiyalarning yangi avlodlari yaratildi. Ishlab chiqariladigan mahsulotlar o’zining ilmtalabligi, originalligi, murakkabligi, yuqori sifati va sermahsulligi bilan ajrala boshladi. Ishlab chiqarish usuli va shart-sharoiti uzluksiz jadal o’zgarib bordi, ta’lim tizimi oldiga tamoman yangi talablar qo’yila bordi.
Ilmiy texnik taraqqiyot jadallashuvi va ta’lim tizimga u tomonidan qo’yiladigan talablar nima bilan belgilanadi?
Birinchidan - fanning o’sib borayotgan o’rni bilan, XX asrda ayniqsa uning ikkinchi yarmida, fanning taraqqiyoti eng yuqori sur’atlarga erishdi. Har 10-15 yilda fan faoliyatining asosiy ko’rsatkichlari ikki martadan oshib bordi. SHuning uchun, fanning taraqqiyot qonuni eksponenta qonuniga bo’ysunadi deb faraz qilinadi. Hozirgi zamonda fan taraqqiyotining yuqori sur’atlari, aqliy mehnatni avtomatlashtirish orqali saqlab turilmoqda.
Fanning jadal taraqqiyoti, ilmi-texnik informatsiyaning tegishli taraqqiyotiga olib keladi.
Faning eksponenta bo’yicha rivoji uning ko’chkisimon rivojini anglatadi. Zero ilmiy-texnik informatsiyaning ham rivoji ko’chkisimon jarayon hisoblanadi.
Informatsiya oqimining ko’chkisimon o’sish sur’atini saqlash, uchun zamonaviy telekommunikatsion informatsion tizimlar yaratilmoqda va faoliyat ko’rsatmoqda.
Ko’rinib turganidek, fan va axborot hozirgi zamondagi o’sish sur’ati va hajmi, 20-30 yil oldingi ularning holatidan keskin farq qiladi.
Fan tarqqiyoti, bu oliy ma’lumotli mutaxassislarning faoliyati doirasiga kiradi. SHuning uchun, oliy ma’lumotli mutaxassislarni tayyorlovchi tizim - zamonaviy axborot oqimini o’zlashtirish, ilmiy-tadqiqot malakalari, individual va mustaqil ishlash, ilmiy-texnikaviy axborotlar va o’quv-ilmiy adabiyotlar bilan ishlash ko’nikmalarini rivojlantirish imkoniyatini ta’minlashi lozim.
Ikkinchidan - zamonaviy fanning ko’chkisimon rivoji 2, 3 va undan ortiq ma’lum fanlar ulanmalarida yangi fanlar paydo bo’lishi bilan ham ta’minlanadi. Masalan: biofizika, biokimyo, informatika, fiziko-kimyoviy mexanika va ko’pgina boshqa fanlar. Fan daraxti paydo bo’ladi. Ma’lum fanlar ulanmalarida tug’ilgan yangi fan - yangi ilmiy yo’nalishlar, muammolar, mavzular va ilmiy masalalarni o’z ichiga oladi. Bu masalalarni oliy maktabning iqtidorli bitiruvchilari yechishi lozim.
SHuning uchun kadrlar tayyorlovchi tizim original va noan’anaviy fikrlash qobiliyatini, o’z ustiga tizimli va mashaqqat bilan ishlash malakalarini rivojlantirishi lozim.
Talaba ajablana olishi, hayratlana olishi lozim, shundagina u boshqalarni o’zining ijodiy mehnati bilan hayratlantira oladi.
Uchinchidan – faning ko’chkisimon rivoji va shu qonuniyat bilan o’suvchi ilmiy-texnikaviy axborot, axborotni uzatish va qayta ishlash tezligini oshirishga olib keladi, uning asosida esa kompyuter texnikasi yotadi. Zamonaviy axborot tizimlaridan foydalanishni, o’qitishni indi­viduallashtirishsiz tasavvur qilib bo’lmaydi. SHunday ekan, zamonaviy o’qitish tizimining markaziy o’zagi – o’qitishni individuallashtirishdir. SHuning uchun o’qitishni individuallashtirish, mustaqil ta’lim, masofaviy o’qitish tizimi texnologiyalarini ishlab chiqish va o’zlashtirish dolzarb masalaga aylanib qoldi.
To’rtinchidan, muhandislik yechimlar turining keskin ko’payishi ilmiy-texnik taraqqiyotining xususiyati hisoblanadi. Materiallar, texnologik jarayonlar, mashinalar konstruktsiyalarining zudlik bilan almashinuvi sodir bo’ladi. Boshqaruv tizimining avtomatlashuv darajasi oshadi va ilmiy yutuqlar natijasini ishlab chiqarishga qo’llash muddatlarini qisqaradi. Masalan, telefon aloqasi kashfiyoti bilan undan foydalanish orasidan 56 yil o’tgan bo’lsa, radioga-35, televizorga-14, atom energiyasiga-6, tranzistorga-5 yil o’tdi. Hozirgi paytda bu muddat, odatda 1 yilga ham yetmaydi.
SHunday qilib, oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlovchi tizim, ularda ishlab-chiqarish, texnika texnologiyaning uzluksiz o’zgarib turuvchi sharoitiga zudlik bilan moslashuvchanlikni shakllantirishga yo’naltirilishi zarur. Ular bilimlar harakatlanuchanligi, tanqidiy fikrlash, ijod va kasbiy faoliyatida epchillik kabi xususiyatlarga ega bo’lishi lozim.
Beshinchidan, ilmiy-texnik taraqqiyot jadallashuvi sharoitida uning yuksalib boruvchi talablariga javob beradigan mutaxassislarni oliy maktabda tayyorlash uchun o’qitishni jadallashtirish, o’qitishda inson organizmining, uning ongini butun imkoniyatlaridan to’la foydalanish zarur bo’ladi. YA’ni, timsolli-tomosha o’qitishni jadallashtirish lozimdir. Bu esa, o’qitish jarayonida axborotlar berishda, o’quv materialini tizimlash va turkumlash usullari, o’qitishni kompyuterlash, o’quv televideniyasidan foydalanish va h.k.ni anglatadi.
Oltinchidan, har bir odam tabiatan individumdir, ya’ni u faqat o’ziga xos o’qish va o’rganishdagi zehni, qobiliyatga ega bo’ladi. Demak, zamonaviy o’qitish tizimining vazifasi o’quvchining individual qobi­liyatini hisobga olish va rivojlanishtirishdan iborat bo’lishi kerak.
Ilmiy-texnik taraqqiyoti jadallashuvi sharoitida ishlab chiqariladigan mahsulotlar ilmtalab, originalligi, murakkabligi, yuqori sifati va sermahsulligi bilan ajralib turadi. Mashina va jihozlar unumdorligi, ular puxtaligining ko’p marotaba oshganligi tufayli mahsulot birligiga sarf qilinadigan energiya ham bir necha marotaba kamayadi. Bu sharoitlar kadrlar tayyorlash tizimiga tegishli talablar qo’ya boshladi.
Ilmiy texnika taraqqiyot jadallashuvidan oldingi davrda ishlab chiqariladigan mahsulot yuqori puxtaligi va sifati bilan ajarilib turmas edi. SHuning uchun mahsulotlar uchun kafolatli ta’mir muddatlari o’rnatilgan edi, kafolatli ta’mir esa ishlab chiqarish korxonalari hisobidan bajarilar edi. Mazkur sharoitlarda an’anaviy o’qitish tizimi, ishlab chiqarish talabiga javob berar edi. Ishlab chiqarish sharoitining o’zgarishi bilan an’anaviy pedagogik asosida tayyorlangan mutaxassislar sifati qo’yiladigan talablarga javob bera olmay qo’ydi.
O’qitishning ommaviyligi o’sib kelayotgan bir sharoitda ko’pchilik kadrlarni tayyorlash sifatda darajasi, ishlab chiqariladigan mahsulot sifatini o’sish sur’atidan, ya’ni ilmiy-texnik taraqqiyoti jadalla­shuvidan, ancha orqada qola boshladi.



Download 1.13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   115




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling