Urunova shaxlo rafikovna


Tadqiqotning dissertatsiya bajarilgan oliy ta’lim muassasasi ilmiy-tadqiqot ishlari rejalari bilan bog‘liqligi


Download 0.69 Mb.
bet5/36
Sana03.12.2023
Hajmi0.69 Mb.
#1798254
TuriReferat
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   36
Bog'liq
Avtoreferat oxirgi. Dildora opaga

Tadqiqotning dissertatsiya bajarilgan oliy ta’lim muassasasi ilmiy-tadqiqot ishlari rejalari bilan bog‘liqligi. Dissertasiya tadqiqoti Andijon mashinasozlik instituti ilmiy-tadqiqot ishlari rejasining “Zamonaviy oliy muhandislik ta’limini takomillashtirishda o‘zbek tili va xorijiy tillar ahamiyati” bandi doirasida bajarilishi ko‘zda tutilgan.
Tadqiqotning maqsadi. Robototexnika yo‘nalishi talabalarining kasbiy kompetentligini oshirishda ingliz tilida terminologik leksikani o‘qitishni takomillashtirish.
Tadqiqotning vazifalari:
- talabalarga innovatsion pedagogik texnologiyalar yordamida samarali mashqlar tizimini ishlab chiqish va nutqiy ko‘nikmalar integratsiyasi asosida shakllantirish orqali kasbga yo‘naltirilgan ingliz tilida terminologik leksikani o‘qitish metodikasi takomillashtirish;
- talabalarda kasbga yo‘naltirilgan ingliz tilida leksik ko‘nikmalarini rivojlantirishni ta’minlash asosida robototexnika sohasi terminlarining tipologiyasi tuzish va terminologik minimum tanlashda mezonlar ishlab chiqish;
- talabalarga terminologik leksikani o‘qitish orqali kasbiy kompetentligini oshirishga qaratilgan o‘quv modeli ishlab chiqish;
- bo‘lajak mutaxassislarga ingliz tilini o‘qitishda kasbiy faoliyatga yo‘naltirilgan kasbiy kompetentlikni rivojlantirishda faoliyat sohalari, kasbiy mavzular asosida kasbiy vaziyatlarni ifodalovchi maxsus (nutqiy) ko‘nikmalar majmuyi va til materiallarini takomillashtirish;
Tadqiqotning obyekti sifatida robotatexnika yo‘nalishdagi oliy ta’lim muassasalari talabalarining ingliz tilida leksik terminologiyani o‘rganish yordamida kasbiy kompetensiyasini rivojlantirish jarayoni olingan.
Tadqiqotning predmeti robototexnika yo‘nalishdagi oliy ta’lim muassasalari talabalarining kasbiy kompetensiyasini leksik terminologiyani o‘qitish yordamida rivojlantirish mazmuni, shakllari va usullari.
Tadqiqotning usullari. Tadqiqotda nazariy (tahliliy-statistik, qiyosiy-taqqoslash), diagnostik (so‘rovlar, suhbat, so‘rovnoma, kuzatish), prognoz (ekspert baholash, mustaqil baholarni umumlashtirish), pedagogik tajriba va matematik-statistik kabi usullardan foydalaniladi.

Download 0.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling