Urunova shaxlo rafikovna


Tadqiqotning respublika fan va texnologiyalari rivojlanishining ustuvor yo‘nalishlariga mosligi


Download 190.04 Kb.
bet4/19
Sana30.10.2023
Hajmi190.04 Kb.
#1735071
TuriReferat
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Bog'liq
Автореферат Урунова узбекча

Tadqiqotning respublika fan va texnologiyalari rivojlanishining ustuvor yo‘nalishlariga mosligi. Dissertasiya respublika fan va texnologiyalar rivojlanishining I. «Demokratik va huquqiy jamiyatni ma'naviy-axloqiy va madaniy rivojlantirish, innovasion iqtisodiyotni shakllantirish» ustuvor yo‘nalishi doirasida bajarilgan.
Muammoning o‘rganilganlik darajasi.
Chet tillarni o‘qitish metodikasi bo‘yicha mamlakatimizdaJ.J.Jalolov, Iriskulov M.T,D.U.Xoshimova, To‘xtasinov I.M., Isroilova D.M, Ikromxonova F.I., Boymatova S.K, Alimov F.Sh., Maxsudova X.F., Samatova B.R, Panfyorova I.V, Axmedova O.S. kabi olimlarning ishlari mavjud.
Nofilologik yo‘nalishlarda turli yondashuvlar asosida tadqiqotlar olib borgan olimlardan Qushieva N. X. qishloq xo‘jaligi ta'lim yo‘nalishi talabalariga ingliz tilini o‘qitishda klasterli yondashuvlarga asoslangan modulli tizimini yaratish ustida tadqiqot olib borgan, Isroilova D.M fanlararo bog‘liqlikda kasbga yo‘naltirilgan ingliz tiliga o‘qitish bo‘yicha izlanish olib borgan, Abdullaeva S.X. rus tilini o‘rgatishda nofilologik OTM talabalarini infokommunikasion texnologiyasi leksikasiga o‘qitishga doir ilmiy ish qilgan bo‘lib, ushbu olimlarning tadqiqot ishlari turli soha vakillarini chet tiliga o‘qitishda katta ahamiyatga molikdir.
MDH davlatlarida chet tillarni o‘qitishda kasbiy kompetensiyani shakllantirish va terminologik leksikani o‘qitish muammolari bilan Budileva B.S, Bredneva N.A, Vishnyakova N.G., Galskova N.D., Mirolyubov A.A., Golovin B.N.,Grinev S.V., Zimin V.N, Zimnaya I.A., Krupchenko A.K, Lopatina Yu.V., Lisak O, Makarova T.S., Markaryan K, Matiyenko A.V., Prudnikova N.N., Milrud R.P,Slastenin V.A., Xodjimatova G va boshqalar tadqiqot olib borishgan.
Xorijiy mamlakatlarda soxaviy ingliz tilini o‘qitish masalalari Xatchenson T, Dudley Evans T, Bashturkmen X, Bentley K, Dubuc R, Pamela Faber, Gardner R.C, Harmer J,Xaymes D, Krashen S.D., Lukasek M, Nunan D va boshqalar tomonidan o‘rganilgan.
Ammo Respublikamizda chet tillarni o‘qitishda kasbiy kompetensiyani rivojlantirishga yo‘nalgan xolda o‘qitish, xususan, bo‘lajak muxandislik ixtisosligining robototexnika yo‘nalishi talabalarini ingliz tilidagi leksik terminologik bilimlarini oshirish orqali ularning kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirishga qaratilgan ilmiy izlanishlar yetarlicha olib borilmagani e'tiborimizni tortdi va ushbu masalaga jiddiy ehtiyoj borligi sezildi.

Download 190.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling