Urush boshlanishidagi harbiy-siyosiy ahvol


Download 323 Kb.
bet3/24
Sana26.02.2023
Hajmi323 Kb.
#1233736
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24
Bog'liq
URUSH BOSHLANISHIDAGI HARBIY

BIRINCHI DAVR-urushning boshlanishidan–Germaniyaning SSSRga bostirib kirguniga qadar(1939- y. 1.09.-1941- y 22.06.);
Fashistlar Germaniyasi va Italiyaning Evropada va Afrikada qurolli agressiyalari, YAponiyaning Janubiy-SHarqiy Osiyodagi agressiyasining kengayishi.
IKKINCHI DAVR-Germaniyaning SSSRga bostirib kirishidan-qizil Armiyaning Stalingrad ostonalarida qarshi xujumga o‘tguniga qadar (1941- y. 22.06.- 1942- y. 18.11.)
Fashistlar Germaniyasining SSSRga qo‘qqisdan bostirib kirishini qaytarish, urushning borishida tubdan burilish yasash uchun qulay sharoit yaratish.
UCHINCHI DAVR-Tubdan burilish davri (1942- y. 19.11.-1943- yilning oxiri)
TO‘RTINCHI DAVR-nemis fashistlarining batamom tor-mor etilishi va Germaniyaning kapitulyasiyasi (1944- y. yanvar-1945- y. 9 may).
BESHINCHI DAVR-Yaponiya imperialistlarining tor-mor etilishi va Ikkinchi jaxon urushining tugashi (1945- y 9 may–2 sentyabr).
Urushning birinchi davri ikki koalitsiyadan iborat yirik kapitalistik davlatlarning o‘zaro olishuvidan iborat bo‘ldi. Bu davr mobaynida nemis-fashist bosqinchilari Polsha, Norvegiya, Daniya, Fransiyaning shimoliy qismini, Belgiya, Gollandiya, Lyuksemburg, YUgoslaviya, Gretsiyani okkupatsiya qildilar, Angliyaga og‘ir talofatlar etkazdilar.
GERMANIYA VA POLSHA URUSHI.
Polshaga bostirib kirish uchun 53 ta diviziya, jumladan 6 ta tank va 5 ta motorlashgan, 2 ta brigada, 2500 ta tank, 2000 ta samolyotlar jamlandi, kampaniya davomida urushga yana qo‘shimcha 8 ta diviziya jalb qilindi. Ular Polsha Armiyasidan shaxsiy tarkib bo‘yicha 1,6 marta, tanklar bo‘yicha 3,2 marta, artilleriya bo‘yicha 1,3 marta, jangovar samolyotlar bo‘yicha 5 marta ustunlikka ega edilar.
Fashistlar qo‘mondonligining maqsadi, ikkita kuchli aylanma zarbani Varshava yo‘nalishiga berish, Polsha armiyasini qurshab olish va bitta strategik operatsiyada Visla daryosining janubrog‘ida tor-mor etish, polyaklarning jang olib borish qobiliyati yuqori qismlarini davlatning sharqiy qismiga chekinishiga yo‘l qo‘ymasdan yakson etishdan iborat edi.
Gitler bosqinchilariga qarshi Polsha qo‘mondonligi 36 ta piyodalar diviziyalarini, 11 ta (kavaleriya) otliq, 2 ta mexanizatsiyalashgan brigada, 860 ta engil tanklar, 420 ta samolyotlar va 12 ta jangovar kemalarni qarshi qo‘ydi.
Germaniya-Polsha urushi 1939- yil 1-sentyabrda nemis-fashistlar aviatsiyasining Polsha aerodromlariga, temir-yo‘l stansiyalariga va shtablariga to‘satdan zarbasi bilan boshlandi.
Polsha mudofaasining asosiy yo‘nalishlarda yorib o‘tilishi tank va motorlashgan diviziyalar bilan amalga oshirildi. Qanotlar piyoda qo‘shinlarning xarakatlari bilan ta’minlandi. Quruqlikdagi operatsiyalar o‘tkazilishidan oldin artilleriya va aviatsiya tayyorgarligi o‘tkazildi.
SHimoldan va janubdan berilgan zarbalar natijasida Germaniya qo‘shinlari uch kun ichida Polsha frontining mudofaasini butun chuqurligida yorib o‘tishni amalga oshirdilar. Tank va motorlashgan diviziyalar erishilgan muvaffaqiyatni front ichkarisida, chuqurlikda rivojlantira boshladilar. Ularga aviatsiya va tanklar bilan qilingan xamkorlik katta qulaylik yaratdi.
9-sentyabrda Polsha armiyasi jiddiy talofatlarga uchradi. Lekin shunga qaramasdan nemis qo‘shinlari Varshava rayonida qattiq qarshilikka uchradilar. Varshava garnizoni va xalqi fashistlarning xarakatlanish mobaynida Polsha poytaxtini egallashga urinishlarini barbod etdi. Varshava mudofaasi 20 sutka davom etib (8-27 sentyabr), Ikkinchi jaxon urushi tarixida yirik shaxarning mudofaasini tashkil etish va uni olib borishning timsoli bo‘ldi. Modlin qal’asi garnizoni 30- sentyabrgacha qaxramonona jang qildi, Gdin dengizchilari 2- oktyabrgacha dushmanning suvdan va quruqlikdan bergan xamma zarbalarini o‘q - dori va oziq - ovqat tugagungacha qaytarib turdilar.
Germaniya-Polsha urushi natijasida Polsha mag‘lubiyatga uchradi. Polsha xalqi fashistlarning qattiq okkupatsiya qulligiga qoldi, davlat raxbarlari Ruminiyaga qochib ketdi.
Germaniya-Polsha urushi xarbiy san’atning rivoji uchun katta axamiyatga ega bo‘ldi. U xarbiy xarakatlarni boshlashda, ayniqsa bombardimonchi aviatsiya va bronetank qo‘shinlari birlashmalarining to‘satdan strategik zarba berish roli oshganini ko‘rsatdi.
Quruqlikdagi qo‘shinlar kichik, tor frontda, Xarbiy xavo kuchlari bilan yaqindan turib xamkorlik qilib, ko‘plab tanklarni joylashtirib, keyin xujumga o‘tdilar. Bosh zarba berish yo‘nalishlarida tanklarning joylashtirish qalinligi frontning xar bir kilometrida 50-80 ta mashinaga etdi. Tank diviziyalarining va ularning safidan oldinga jo‘natiladigan (50 km gacha) ilg‘or otryadlarning muvaffaqiyatli xarakatlari, Polsha qo‘shinlarining ko‘plab tanklar qo‘llanilgan sharoitlarda mudofaa xarakatlarini olib borishga tayyor emasligi va ularda tankka qarshi artilleriyaning etarli darajada bo‘lmaganligi bilan tushuntiriladi.
Angliya va Fransiya 1939- yil 3 sentyabrda Germaniyaga urush e’lon qildi. Lekin ikkala davlat xam o‘zlarining ittifoqchilari bo‘lgan Polshaga yordam ko‘rsatmadilar. Ularning armiyalari 8 oydan ortiq Germaniya chegarasi yaqinida xech qanday jangovar xarakatlar olib bormadi. Bu «g‘alati urush» edi. Uning siyosiy maqsadi, Angliya va Fransiya xukumron doiralari xali xam Germaniya SSSRga qarshi urush ochadi, ular bilan urush xarakatlarini olib bormaydi deb ishonganligidadir.

Download 323 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling