Urush boshlanishidagi harbiy-siyosiy ahvol
IKKINCHI JAXON URUSHINI BOSHLANISH
Download 323 Kb.
|
URUSH BOSHLANISHIDAGI HARBIY
IKKINCHI JAXON URUSHINI BOSHLANISH
SABABLARI VA XARAKTERI. Ikkinchi jaxon urushini xarakteri konkret tarixiy muxitda asoslanib bir xil kechmagan. Ikki tomonlama kurash bosqinchilik va noxaqlik urushiga aylandi. Biroq xalqlarni fashist davlatlarni agressiyaga qarshi bir tomonlama harakatlari bu urush ozodlik va xaqqoniy xarakterga ega bo‘ldi. 1932 yil noyabrida Germaniyada reyxstagga bo‘lib o‘tgan saylovlarda demokratlar g‘alaba qozondi. Ammo Germaniya prezidenti P. Gildenburg sustkashlikda va so‘l kuchlarga yon bosishda ayblandi. Yirik monopoliyalar, banklarning vakillari va generallar fashistlar tomoniga o‘ta boshladilar. Giddenburgga Germaniyaning 20 dan rotiq moliya magnatlari imzolagan noma yuborilib, unda darhol Gitlerni rexskansler etib tayinlash talabi qo‘yildi. 1933 yil 4 yanvarida Gitler Germaniyaning yirik va etakchi sanoatchi va sarmoyadorlari bilan majlis o‘tkazdi, unda Gitler kansler bo‘lishi kerak degan qarorga kelindi. 1933 yil 30 yanvarda Gidenburg Gitlerni Germaniyaning reyxskansleri etib tayinladi. SHunday qilib Gitler hokimyatni qonuniy yo‘l bilan egalladi.1933 yili 23 fevralda natsistlar reyxsttagga o‘t qo‘yishni uyushtirdi va buni komunistlar ishi deb takidladi radio orqali Gitler. 1933 iyl mart oyida Germaniyada yana germaniyada reyxsttagga saylovlar bo‘lib o‘tdi va bunda natsistlar 44 % ovoz oldi. 23 martda reyxsttag Gitlerga o‘z dekretlari bilan mamlakatni boshqarish huquqini beruvchi qonun qabul qildi. Bu Gitlerga cheksiz huquqlar berdi. 1934 yil 2 avgustda preziden Giddenburg vafot etdi. Gitler “Uchinchi reyx” deb nomlana boshlandi. Urush natsistlar tuzumining asosiy vazifasi edi. Siyosiy va iqtisodiy hayotning barcha sohalaridagi tadbirlar faqat bitta maqsad – boshqa mamlakatlarning son va sifa jihatidan bir necha karra ustun qurolli kuchlarini tuzish, Gitler rahbariyatining tajavvuzkor rejalarini tez va talofatsiz amalga oshirish imkonini beruvchi harbiy doktirinani yaratishga qaratilgan edi. 1936 yilda natsistlar rahbariyati butun iqtisodiyotni urush yo‘nalishiga o‘tkazishni to‘rt yillik rejasini ishlab chiqdi. To‘rt yil ichida barcha malakatlar armiyasidan bir necha baravar ustun b0o‘lgan eng zamonaviy armiya tashkil qilinishi lozim edi. Xuddi shu jarayon Germaniyada urushga tayyorgarlik ham jadal sur’atlarda olib borildi. 1929 yilda Germaniya ishlab chiqarish va savdo bo‘yicha etakchi o‘rinlarga ko‘tarili. Barcha imkoniyatlar qurol – aslaha ishlab chiqarishga yo‘naltirdi. “Moy o‘rniga to‘plar” - natsistlar rahbariyatining shiori shunday edi. Butun mamlakat bosh shtab tomonidan tayyorlangan harbiy doktrinaga hizmat qildi. Bu doktrina mohiyatan blitskrig, ya’ni shiddatli urushni ko‘zda tutar edi. Fashistlar Germaniyasining tashqi siyosati Girtler o‘zining “Mayn Kampf” kitobida ishlab chiqqan rejaga muvofiq qa’tiy ravishda amalga oshirildi. Birnichi bosqichda Germaniya nemis tilida so‘zlashuvchi barcha mamlakatlarni birlashtirishi kerak edi, ikkinchi bosqichda butun Evropani, so‘ng esa butun duyoni bosib olishi, er kurrasida oriylar irqini hukumronligini o‘rnatishi lozim edi. Gitlerchilar hokimyat teppasiga kelgan davrdan boshlab ularning siyosati xududiy ekspansiya va agressiyani targ‘ib qildi. Germaniyada hokimyat teppasiga fashistlar kelishi bilan Evropadagi siyosiy vaziyat keskin o‘zgardi. Gitler va boshqa Gitlerchi rahbarlarning “marksizmni bu erdan va butun dunyodan quritish” to‘g‘risidagi da’volari uning obro‘sini Evropa jamoatchiligi oldida va unga G‘arb taraqqiyoti uchun kurashchi tojini kiydirdi. G‘arb davlatlari fashistlarni SSSR bilan harbiy qarshilikka kirishiga undadilar. Biroq Gitler avval Reyin viloyatini, so‘ngra Avstriya, Sudent va, nihoyat, chehoslavakiyani bosib olish uchun harakat boshladi. 1936 yil iyulda Avstriya kansleri Kurt SHushnig Germaniya bilan shartnoma izoladi. 1939 yil 12 martda Germaniya Avstriya xududlariga bostirib kirdi. 14 martda esa Avstriya Germaniyaga qo‘shib olinganligi e’lon qilndi. 1938 yil 21 aprelda Gitler bosh shtab boshlig‘i general Keytelga chexosslavakiyaga bostirib kiri va uni ishg‘ol qilish rejasini ishlab chiqishto‘g‘risida ko‘rsatma berdi. 1938 yil 29-30 sentyabr Fransiya, Angliya va Italiya hukumatlari Suden viloyatini Germaniga berish to‘g‘risidagi Myunxen bitimi imzolandi. 10 oktyabrda qaroriga ko‘ra CHexoslavakiyaning Teshen viloyati Polshaga berildi. 2 noyabr kuni esa Germaniya tashqi ishlar vaziri Ribbentrop va Italiya tashqi ishlar vaziri graf CHiano Vengriyaga CHexoslavakiyaning bir qismini berish to‘g‘risida bitm imzoladilar. SHu taxlit CHexoslavakiyani bo‘lib tashlash amalga oshirildi. Bunga CHexoslavakiyaning Angliya va Fransiya bilan tuzgan o‘zaro yordam to‘g‘risidagi shartnomasi hech qanday qarshilik qila olmadi. Endi Germaniya Evropadagi eng qudratli davlatga aylandi. Gitler Angliya bosh vaziri CHemberlen bilan Angliya-Germaniya deklaratsiyasi imzoladi. Unda bundan buyon ikkala davlat hech qachon bir –biriga qarshi urushmasligi va mojoroli masalalarni o‘zaro kelishuv yo‘li bilan hal qilishga kelishib oldi. Ammo bu kelishuv Gitler uchun boshqa qolgan shartnomalar kabi qog‘ozdagi bir yozuv edi holos. Deklaratsiya imzolanganidan yarim yo‘l o‘tib, 1939 yil 14 mart gitlerchilar Germaniyasi CHexoslavakiyaga bostirib kirdi, 16 martda esa Gitler Pragadagi Garchina saroyining balkonida turib CHexslovakiyaning davlat sifatida tugatilishi va uning o‘rnida Germaniyaning Bogemiya va Moraviya protektorati (vassalligi) tuzilishi e’lon qilindi. Slovakiya alohida davlat – germaniya satelleti maqomini oldi. 1939 yil 22 martda litva hukumati - Gitlerning talabiga asosan Klaypeda – boltiq dengizidagi port – Germaniyaga topshirdi. 1938 yil noyabrida Gitler Polsha xududiga bostirib kirish rejasini tuzish haqida ko‘rsatma berdi. 1939 yil 11 aprelda “Vays rejasi”ning uzul kesil varivnti tuzildi. Unga ko‘ra Polshani bir yoqli qilib, davlat sifatida tugatish uqtirilgan edi. Gitler Polshani har tomonlama yordamdan ajratib qo‘yish maqsadida 1939 yil 23 avgustida Sovet Ittifoqi bilan hujum qilmaslik to‘g‘risida bitm imzoladi. Urushni xarakteri o‘zgarishga qarab Sovet Ittifoqi fashist Germaniyasi bilan jangovar harakatlarni olib borishda ikkinchi jaxon urushini asosiy qismiga aylandi. Harbiy xаrakatlar va harbiy-siyosiy xarakteriga qarab ikkinchi jaxon urushi 5 bosqichga bo‘lindi: Download 323 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling