Urush boshlanishidagi harbiy-siyosiy ahvol
STALINGRAD OSTONASIDAGI JANGLARNING
Download 323 Kb.
|
URUSH BOSHLANISHIDAGI HARBIY
- Bu sahifa navigatsiya:
- O‘zlarining
- Kizil
STALINGRAD OSTONASIDAGI JANGLARNING
HARBIY-SIYOSIY AXAMIYATI. Evropada ikkinchi frontning yo‘qligi, qarshi xujumga Qizil Armiyaning tayyor emasligi va qurol-aslahalarning etishmasligi Germaniya uchun qo‘l keldi. 1942 yilning yozida natsistlar qudratli kuchlarni to‘plab, Janubdan xujumga o‘tishdi. Ular tez orada Ukrainaning SHarqiy qismini, Donbassni egallab, Don yaylovlariga chiqib olishdi va SHimoliy Kavkazga yorib kirishdi. Oziq-ovqat, xom ashyo va yonilg‘ining bebaxo manbalari, muxim sanoat rayonlari Germaniya nazoratiga o‘tdi. SSSRga Germaniya bosqinidan buyon saqlanib kelayotgan daxshatli xavf-xatar yana ko‘p marotaba ortib ketdi. 1942 yilning iyulida Don va Volga daryolari oralig‘ida xamda Kavkaz yunalishida og‘ir janglar olib borildi. Stalingrad rayonida misli kurilmagan mudofaa janglari davom etib, xar ikkala tomondan xam bexisob qurbonlar berildi. 19 noyabrda Qizil Armiya qarshi xujumga o‘tdi. Volga uchun kurash 1943 yilning 2 fevralida tugadi, dushmanning juda katta guruxi urab olindi va tor-mor keltirildi. Tez orada Kizil Armiya boshqa frontlarda xam xujum boshladi. Stalingrad jangi — ikkinchi jaxon urushida eng yirik xarbiy-siyosiy voqea bulib tarixga kirdi. Bu g‘alaba ikkinchi jaxon urushining borishida SSSR va butun antifashist koalitsiya foydasiga tub burilishning boshlanishi buldi.Qizil Armiyaning Volga buylaridan boshlangan xujumi gitlerchilar Germaniyasining so‘zsiz taslim bulishi bilan tugallandi. Nemis Armiyasining urushlar tarixida misli kurilmagan mag‘lubiyati YAponiya xukmron doiralarining ko‘zini ochdi va uning SSSRga qarshi urushga knrishini tuxtatdi. Turkiyaning o‘sha vaqtdagi xukmron doiralarining umidlari xam puchga chiqdi, chunki ular rasmiyatchilik yuzasidan betaraflik saklagan bulib, xaqiqatda esa urushda Germaniyaga yordam berib turdilar va Germaniya tomonida turib urushish uchun Stalingradning quldan ketishini poyladilar. O‘zlarining asosiy kuchlarini sovet-german frontiga tashlagan gitlerchilarning tor-mor qilinishi Angliya-Amerika qo‘shinlarining SHimoliy Afrikada xujum qilishi uchun qulay sharoit tug‘dirdi. Ittifokchilar fashistlarni ta’qib qilib borib, Kirenaikani va Tripolitaniyani, sungra esa Tunisni ishg‘ol qildilar. 1943 yil may oyida SHimoliy Afrikadagi italyan-german qo‘shinlari batamom taslim bo‘ldi. 1943 yilning iyunida Fransiya milliy-ozodlik Komiteti (FMOK) tuzildi. Bu komitetda general SHarl de Gogl raxbarlik rolini o‘ynadi. AKSH bilan Angliya ikkinchi frontni ochishni xamon ilgarigidek orqaga surdilar. Evropaga La-Mansh orqali bostirib kirishning eng katta muxolifi CHerchill edi. CHerchill Bolkon mamlakatlariga askar tushirishni taklif etdi va bu mamlakatlarni «Evropaning yumshoq peshno» li deb atadi. U Kizil Armiya etib kelguncha qo‘shinlarni Janubi-SHarkiy Evropaga kiritishga intilardi. Bundan maqsad ana shu mamlakatlarda Angliya bilan AQSH ga qaram bulgan reaksion idora usullarini o‘rnatishdan iborat edi. Amerika raxbarlari avvalo Rarbiy Evropada AKSH ta’sirini o‘rnatishni istardilar, chunki Germaniyaning sanoat markaziga eng yaqin yo‘l shu erdan o‘tishini yaxshi bilardilar. Buning ustiga ular ittifoqchilarning armiyalari Bolqon mamlakatlarida bog‘lanib koladi, deb qo‘rqardilar. SHu sababdan Vashingtonda CHerchillning xarbiy-siyosiy rejalari og‘ir kutib olindi va amaliy jixatdan turmushga tatbik etilmadi. Ittifokchilarning qayta-qayta va’da berishlariga qaramay, 1943 yilda ikkinchi front xamon ochilmadi. AKSH va Angliya xukumatlari Qizil Armiyaning extiyojlarini xamda SSSRning urushda katta qurbon berayotganlarini bilardilar. Lekin shunga qaramay, ular 1943 yilning baxorida xarbiy yuk ortilgan kemalarni SSSRning shimoliy portlariga yuborishni to‘xtatib kuydilar va oradan 8 oy o‘tgandan keyingina bu yuklarni yana yubora boshladilar. Amerika tarixchilari bu voqeani nemis aviatsiyasining Norvegiyadagi bazadan xavoga kutarilib, transport va soqchi kemalarga tez-tez xujum qilib turganligi bilan bog‘laydilar. Bu qaqshatkich xujumlar natijasida ko‘plab qurbonlar berildi. Ammo Kizil Armiya jangchilari elkasiga xam 1943 yil jangu jadallarda og‘ir sinovlar tushib, ular mardona jang kilishmokda edi. Evropaning okkupatsiya qilingan mamlakatlarida fashistlarga qarshi kurashning yuksalishi. Stalingrad busag‘asida qozonilgan g‘alaba natijasida qarshilik ko‘rsatish xarakatiga yangi kuchlar qo‘shila boshladi va u baynalmilal xarakterga ega buldi. Bu xarakat davomida ikki siyosiy yul borligi aniqlandi. Burjua muxojir xukumatlar va ularning tarafdorlari fashizmning tamomila tor-mor etilishini istamay, nimagadir xalqning antifashist kurashi keng avj olishiga qarshi edilar. Masalan, polyak muxojir xukumati unga tobe bo‘lgan Polshadagi Krayovo Armiyasi otryadlariga qarshi kurash olib borishni ta’qiqladi. Otryadlar razvedka xarakatlari va qo‘poruvchilik faoliyati bilan cheklanib, o‘z kuchlarini qurolli kuzgolon uchun saqlab turdilar. Bu qo‘zg‘olon «reyx» qulagach, boshlanib, armiya mustaqil Polshani avvalgi chegaralari buylab tiklashda jonbozlik kursatadi, deya taxminlar qilishardi. Kommunistik partiyalar fashistlar xukmronligiga qarshi faol qurolli kurash olib bordi. Ular strategiyasining ma’nosi ishchilar sinfi milliy-ozodlik xarakatida etakchi kuch bo‘lib shakllanishida edi: Okkupantlar xokimiyatining ag‘darilishi oqibatida gap-so‘zsiz inqilobiy xarakatlar boshlanib ketar, bunda ishchilar sinfi raxbarligida ijtimoiy inqiloblarni amalga oshirish mumkin bo‘lur edi. YUgoslaviya va Albaniyada nafaqat Qarshilik xarakati, balki bu mamlakatlarda ijtimoiy inqilobga olib keluvchi milliy-ozodlik urushi olib borilayotgan edi. YUgoslaviyada 1941 yil dekabrida YUgoslaviya xalq-ozodlik armiyasi (YUXOA) tuzila boshladi. Bu armiyadagi jangchilar soni 1943 yilning oxiriga kelib 300 ming kishiga etdi. Albaniya milliy-ozodlik armiyasi (MOA) 70 ming jangchini o‘zida birlashtirgan edi. YUgoslaviya va Albaniyada sinfiy kuchlarning qo‘shilishi natijasida kompartiyada antifashist blok tashkil topdi, u nafaqat okkupantlarga, balki eski tuzumga kam qarshi kurashdi. Hukmron sinflarning asosiy guruxlari fashistlar bilan xamkorlik qilish pozitsiyasiga o‘tib, milliy xarakatga qarshi kuchlarga aylandi. YAngi xokimiyatning paydo bo‘layotgan organlari eng avvalo kommunistlar va ularning ittifoqchilari orzu-intilishlarining ifodachisi bulib maydonga keldilar. Polshada 1942 yilda Gvardiya Lyudova maydonga keldi. Kommunistlar tomonidan tashkil etilgan partizan otryadlari shunday deb atalardi. Bu otryadlar okkupantlarga qarshi kat’iy kurash olib bordilar. Gvardiya Lyudova 1944 yilda tuzilgan va 60 mingdan ortiq kishini tashkil etgan Lyudova armiyasining negizi buldi. 1942 yilning o‘rtasida Armiya Krayova qurolli kurashga o‘tdi. CHexoslovakiya kommunistlari dushmanga qarshi kurashda mardlik va qaxramonlik ko‘rsatdilar. 25 ming partiya a’zosi gitlerchilar qo‘lida xalok buldi. Ular qatorida chexoslovak xalqining dovyurak farzandi YUlius Fuchik xam bor edi. U turmada yotganida «Dor ostida yozilgan reportaj» nomli kitobini yozdi. Kitob extirosli da’vat bilan tiriklarga murojaat kilib: «Odamlar, men sizni sevardim. Xushyor bulinglar!» — degan so‘zlari bilan tamomlanadi. Kompartiya tashabbusi bilan Fransiyada qarshilik ko‘rsatish milliy kengashi vujudgz keldi. Tobora kupdan-kup vatanparvarlar Germaniyaga xaydab ketilishdan bekinib, o‘rmonlarga kochdilar va frontiryorlar («erkin o‘qchilar») xamda partizan otryadlari safiga kirib, okkupantlarga qarshi kurashdilar. Ularning kupi qaxramonlarcha xalok bo‘ldi. Partizan otryadlari kupriklarni portlatdilar, harbiy eshelonlarni ag‘dardilar, fashist jallodlarini o‘ldirdilar. Gulon portida dengizchilar harbiy flotni suvga cho‘ktirdilar va shunday qilib, uni gitlerchilarga topshirishga yul qo‘ymadilar. Xalq orasida «o‘qqa tutilganlar partiyasi» deb nom olgan Fransiya kompartiyasi boskinchilarga qarshi kurashda o‘zining 75 ming a’zosini yo‘qotdi. Gitlerchilar bloki mamlakatlarida ham fashizmga qarshi xarakat kuchaydi. YAshirin ish ko‘ruvchi guruxlar yirik nemis shaxarlarida mavjud edi. CHinakam vatanparvarlar muhim ma’lumotlar topishar, gitlerizmni fosh etuvchi yashirin gazeta va varaqalarni tarqatishar, maxbuslarni turmalardan va konsentratsion lagerlardan qochirishar, korxonalarda sabotajlar uyushtirishardi. Gitlerchilar qul kilib xaydab ketgan va sungra nemis harbiy asirlar lageridan kochgan ko‘pgina sovet kishilari xorijda natsizmga qarshi kurashda chinakam vatanparvar jangchilar kabi xarakat qildilar. Ular partizan otryadlarida baxodirona jang qilishib, g‘alabaning yakinlashuviga munosib xissa qo‘shdilar. Evropa xalqlarining ozodlik uchun kurashi fashistlarning ichki dunyosini bo‘shashtirdi, boskinchilar kuch-quvvatiga putur etkazdi. Germaniyaning SSSRga xujumidan so‘ng Komintern o‘z kuchini kommunistlarni, barcha antifashistlarni safarbar etishga tashladi: asosiy maqsad — gitlerchilar Germaniyasi va uning ittifoqchilaripi tor-mor keltirish, xalqlarning mustaqilligini ta’mnnlash edi. Keng ko‘lamda, shu jumladan, milliy frontlar doirasida xam antifashist koalitsiyasini yaratish strategiyasi paydo bo‘ldi. Kompartiyalar Qarshilik xarakatini tashkil etish va keng yoyishda bevosita ishtirok etdilar. 1943 yilning may oyida Komintern Ijroqo‘mi Prezidiumi — Kommunistik Internatsionalni tarqatish xaqkida qaror qabul qildi. Bu qarorni butun kommunistik partiyalar ma’qulladilar. Kominterning tarqatilishi antifashist kuchlarning keng ko‘lamda birlashuviga, qaysi g‘oya va partiyaga mansubligidan kat’i nazar, AQSH va Buyuk Britaniyadagi gitlerchilarga qarshi kuchlarning SSSR bilan xamkorlik qilishiga olib keldi. Ammo Kominternning tarqatib yuborilishi stalinizm goyabozligi va tajribabozligining kommunistik xarakatga salbiy ta’sirini yukotolmadi. Fashist-militaristlar blokining buzila boshlashi. Italiyaning taslim bulishn. Sovet-German frontida voqealar rivojini «reyx» foydasiga o‘zgartirish maqsadida Gitler 1943 yilning yozida Kizil Armiyaga qarshi yirik xujumlar uyushtirdi. Nemis qurolli kuchlari o‘rnashib olgan Kursk ostonasida shiddatli janglar boshlanib, bunda Xar ikkala tomondan minglab tanklar, tuplar va samolyotlar qatnashdi. Bu jangda vermaxt mag‘lubiyatga uchradi, Kizil armiya esa Stalingrad jangida qo‘lga kiritilgan o‘z strategiya tashabbusini yanada mustaxkamladi. «Kursk ostonasidagi g‘alaba va keyinrok Dnepr uchun bulgan janglar urushda tub burilishni nihoyasiga etkazdi. SHundan sung, 1943 yilning avgustida ittifoqchilarimiz 1944 yil 1 maydan e’tiboran Fransiyaga qo‘shin kiritishga qaror qildilar, Gitler Germaniyasiga qarashli mamlakatlarning qo‘g‘irchoq xukumatlarida parokandalik boshlandi. Italiya Kizil Armiya bilan bo‘lgan janglarda yirik harbiy kuchlarini yo‘qotdi. U SHimoliy Afrikada xam jiddiy talafotlar ko‘rdi. Mamlakat iktisodiyoti puturdan ketdi. Nemislar Italiyani Germaniyaning oziq-ovqat maxsulotlari va xom ashyo bilan ta’minlab turuvchi bazasiga aylantirgan edilar. Italiya mexnatkashlari fashistlar idora usuliga qarshi kurash olib bordilar. 1943 yilning baxorida mamlakatning ishchi rayonlarini qamrab olgan ish tashlash xarakati italyan fashizmining xalokatini tezlashtirdi. 1943 yilning iyulida ingliz-amerika qo‘shinlari Sitsiliya orolini bosib oldilar. Mamlakatda siyosiy buhron tez etilib bormoqda edi. Italiyaning xukmron doiralari «Mussolinisiz fashizm» tartibini saqlab qolib, demokratik kuchlar g‘alabasiga yo‘l qo‘ymaslikka, xarbiy-monarxiya diktaturasini o‘rnatishga urinishdi. Yirik burjuaziya, fashist partiyasining ko‘zga ko‘ringan arboblari va harbiy boshliqlar yordamida Mussolini hukumat raxbarligidan tushirildi va xibsga olindi. YAngi xukumatni marshal B a d o l o tuzdi. U ittifoqchilar qo‘mondonligi bilan muzokaralar olib bordi va 3 sentyabrda yarash xaqidagi bitimi imzoladi. Angliya va Amerika qo‘shinlari xech bir qarshiliksiz Amenin yarimorolining janubiga tushdilar. Bir necha kundan sung Italiya taslim bo‘ldi. SHundan keyin gitlerchilar mamlakatning shimoliy, markaziy va janubiy viloyatlarining bir qismini egallab oldilar. Germaniyaning Evropadagi asosiy ittifoqchisi Italiyaning taslim bulishi fashist-militaristlar blokining emirilishini boshlab berdi. Nemis-fashist qo‘shinlari okkupatsiya qilib olgan xududlarda qo‘g‘irchoq «Italiya sotsial Respublikasi» vujudga keltirildi. U «Salo Respublikasi» (asosiy vazirliklar joylashgan shaxarning nomi bilan) deb ataldi. Bu «Respublika»ning Mussolini boshchiligidagi xukmdorlari mamlakatni gitlerchilar Germaniyasiga tamomila buysundirish yulini o‘tkazdilar. Italiya mexnatkashlari fashizmga qarshi qurolli kurashga qo‘zgaldilar. Italiya taslim bulgandan keyin italyan xalqining gitlerchi okkupantlarga va maxalliy fashistlarga qarshi milliy-ozodlik urushi boshlandi. Bu kurashga milliy-ozodlik qo‘mitalari raxbarlik qildilar. Qarshilik ko‘rsatish jarayonida barcha antifashist kuchlarning — kommunistlar, sotsialistlar, katoliklar va boshkalarning birligi yuzaga keldi. Kompartiya garibaldichilar brigadalarini tuzdi. Bu brigadalar partizanlar armiyasi bo‘lmish ozodlik kungillilari korpusining negizi bo‘lib qoldi. Kurash eng avjiga chiqqan vaqtda bu Korpus minglarcha partizan otryadlarini birlashtirdi. Ozod qilingan rayonlarda demokratik tartiblar o‘rnatildi. Download 323 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling