Urush boshlanishidagi harbiy-siyosiy ahvol
YILNING YOZIDA SOVET ARMIYASINING
Download 323 Kb.
|
URUSH BOSHLANISHIDAGI HARBIY
1941 YILNING YOZIDA SOVET ARMIYASINING
MUDOFAA JANGLARI. 1941 yil 30 iyunya SSSR Oliy Sovet Prezidiumi, VKP(b) MKning qaroriga binoan I.V.Stalin rahbarligida Davlat Mudofaa Komiteti (DMK) tashkil etildi. DMQ qo‘lida davlatning butun hokimiyati birlashtirildi. DMQ qarorlari va buyruqlari hamma fuqaroviy, partiya, sovet, harbiy va boshqa organlar tomonidan so‘zsiz bajarilishi shart bo‘ldi. Sovet Qurolli Kuchlarining harbiy harakatlariga rahbarlik qilish uchun Bosh (Glavnogo) Qo‘mondonlik Stavkasi yaratildi (10 iyuldan u Bosh (Verxovnogo) Qo‘mondonlik Stavkasi deb, 8 avgustdan esa Oliy Bosh Qo‘mondonlik Stavkasi deb yuritala boshlandi). Stavkaning raisi etib I. V. Stalin tayinlandi, u Siyosiy byuroning qaroriga ko‘ra SSSR Mudofaa Xalh komissari etib, shu bilan birga Oliy Bosh Qo‘mondon ham etib saylandi. Sovet-german frontining uchta uchta strategik yo‘nalishlarida-SHimoliy-G‘arbiy, G‘arbiy va Janubiy-G‘arbiy yo‘nalishlarda-1941 yil 10 iyulda bosh qo‘mondonliklar yaratildi. Ularning bosh qo‘mondonlari etib marshallar K.E.Voroshilov, S.K.Timoshenko, S.M.Budyonniy tayinlandi. Urushning birinchi haftalari va oylaridayoq fashistlar Germaniyasi rahbariyatining siyosiy va harbiy rejalarining asossiz va puch ekanligini qo‘rsatdi. «Barbarossa» rejasida ko‘rsatilgan muddat ichida (2oy) nemis-fashist qo‘mondonligi tomonidan belgilangan maqsadlarning birortasiga ham erishilmadi. Boltiq dengiz flotining asosiy bazasi Tallin ikki hafta mobaynida dushmanning shiddatli hujumlarini qaytarib turdi. Polkovnik I.D.CHernyaxovskiyning 28 tank diviziyasi bir hafta davomida Novgorod shahri uchun kurash olib bordi. 14 avgustda Sovet qo‘shinlari guruhi Staraya Russi rayonidan Leningradga hujum qilayotgan dushman guruhining qanotiga hujum qildi. Faqat 25 avgustdagina dushmanning «SHIMOL» armiyalar guruhi Leningradga hujumni yana davom ettirishga muvaffaq bo‘ldi. Dushman Ladoga ko‘liga yorib kirishga va SHlisselburgni egallashga muvaffaq bo‘ldi. 8 sentyabrdan boshlab Leningrad quruqlik tomonidan qamal qilindi. Lekin bu Leningradliklar va Leningrad fronti qo‘shinlarining irodasini buka olmadi. 1941 yilning 9 sentyabrida nemis-fashist qo‘shinlari shaharning hal qiluvchi shturmini boshladilar. O‘n sutka davomida shiddatli janglar bo‘lib o‘tdi. 18 sentyabrda Leningrad bo‘sag‘asida front to‘liq muvofiqlashdi. 1941 yil 26 sentyabrda dushman bu erda mudofaaga o‘tdi. Lekin gitlerchilar Leningradni yanchib tashlash rejasidan voz kechmadilar. Endi ular shaharni uzoq vaqt qamal qilib maqsadlariga erishmoqchi bo‘ldilar, qamal 900 kun davom etdi. Leningradliklar katta talofatlar berdilar. Piskaryov qabristonida yarimmilliondan ortiq kishilarning jasadlari dafn etildi. Urush davrida Leningradda 840 ishlab chiqarish korxonalari vayronaga aylantirildi, 10 mingdan ortiq turar joylar binolar yondirildi, buzib tashlandi. Dushman jangga ikkita tank guruhini tashladi. Jang o‘ta shiddatli tus oldi. 1941- yil 22-iyundan 9 iyulgacha, urushning boshlanish davridan Smolensk jangigacha, Sovet qo‘shinlari Boltiq dengizidan Karpatgacha og‘ir chegarabuyi janglarini olib bordilar va ustunlikka erishgan dushman kuchlarining zarbasi ostida, dushmanga Boltiqbuyining katta qismini, Belorussiyaning qariyib hammasini va Ukrainani bir qismini tashlab sharqqa tomon 350-600 kmga chekindilar. YUqori SHimolda nemis-fashist qo‘shinlari 1941- yil 29 iyunda Murmansk va Kandalaksha yo‘nalishlarida hujumni boshlab, 9 iyulda Sovet territoriyasi ichkarisiga bor-yo‘g‘i 25-30 km. harakatlandilar. CHekinish chog‘ida Sovet qo‘shinlari hattiq qarshilik ko‘rsatib, dushman shaxsiy tarkibiga va harbiy texnikasiga katta talofatlar etkazdilar. Sovet qo‘shinlari o‘zlari uchun qiyin jangovar vaziyat sharoitida, bostirib kelayotgan dushman guruhlariga qarshi zarbalar berdilar, bu bilan dushman hujumi suratini pasaytirib, davlat ichkari rayonlaridan yirik strategik Sovet qurolli kuchlari guruhlarini G‘arbiy Dvina daryosi sharqrog‘i marralariga va Dnepr daryosining o‘rta oqimi bo‘ylariga safarbar etish va olib chiqish uchun vaqtdan yutib chiqdilar. Urushning boshlanish davrida Sovet qurolli kuchlari katta talofatlar ko‘rib, og‘ir sharoitlarga tushib holdilar. Sovet qo‘shinlari SHimoliy-g‘arbiy yo‘nalishda keng front bo‘ylab, kuch va vositalar cheklangan sharoitda mudofaa janglarini olib borib, dushmanni to‘xtatib qola olmadilar va 12 sentyabrda Leningradning yahin bqsag‘alariga chekindilar. 8-sentyabrda dushman SHlisselburgni (Petrokrepostni) egalladi, Leningradni quruqlikdan qamal qildi. Leningrad bilan aloqa faqat Lodoga ko‘li va havodan amalga oshirila boshlandi. Petrazavodsk va Kareliya bo‘g‘ozlarida fin va nemis qo‘shinlari 1941- yil sentyabrining oxirida Svir va 1939- yildagi davlat chegaralarida to‘xtatib qolindilar. Mudofaa janglari davomida SHimoliy-G‘arbiy yo‘nalishda sovet qo‘shinlari dushmanga katta talofatlar etkazib uning Leningradni egallash rejalarini barbod etdilar. G‘arbiy yo‘nalishda sovet qo‘shinlari urushning birinchi kunlarida Minskning g‘arbrog‘ida (bu erda G‘arbiy frontning asosiy kuchlari qurshovda qolgan edi) katta talofatlar ko‘rib, 1941- yilning 10 iyulidan 10 sentyabrigacha Smolenskda ayovsiz janglar olib bordilar. Bu janglar keng front bo‘ylab shimolda Velikie Lukidan, janubda Jlobin va Roslavlgacha masofada davom etdi. Smolensk jangi mobaynida G‘arbiy front qo‘shinlari dushmanning tirik kuchlariga va jangovar texnikalariga katta talofatlar etkazidilar va buning oqibatida u Moskvaga hujumni davom ettirish imkoniyatidan mahrum bo‘ldi. Janubiy-G‘arbiy yo‘nalishda Sovet qo‘shinlari 1941- yil 10 iyuldan sentyabr oxirigacha dushmanning kuch jihatidan ustun bo‘lgan kuchlari bilan Uman va Kiev rayonlarida og‘ir mudofaa janglarini olib bordilar. Fashistlar qo‘mondonligi Janubiy-G‘arbiy frontga qarshi ikkita tank guruhini jangga kiritdilar (1- va 2- tank guruhlari) va ularning qudratli zarbalari bilan 1941- yil 15 sentyabrda Kiev rayonida Janubiy-G‘arbiy frontning to‘rtta armiyasini qurshovga oldilar. Buning natijasida Ukrainada mudofaa jiddiy kuchsizlandi. Ukrainada mudofaani mustahkamlash maqsadida Oliy Bosh qo‘mondonlik Stavkasi Ukrainaga o‘z zaxirasidan bir – necha diviziyalarni jo‘natdi. Sovet-german frontining janubiy qanotida 1941- yilning 5 avgustidan 16 oktyabrigacha Sovet qo‘shinlari va qora dengiz floti Odessaning qahramonona mudofaasini amalga oshirdilar, dushmanning 18 ta diviziyasiga qattiq talofatlar etkazib, bu rayonda ularni holdan toydirdilar. Sovet qo‘shinlari qrimda mudofaani mustahkamlash va Sevastopolni mudofaa etish maqsadida 16 oktyabrda Odessadan evakuatsiya qilindilar. Sovet qurolli Kuchlari Leningrad, Kiev, Odessa, qrimdagi qahramonona mudofaada va Smolensk jangida dushmanga qattiq talofatlar etkazib fashistlar qo‘mondonligining «yashindek tez urush olib borish» rejasini barbod etdilar. Qish tushgunga hadar Sovet Ittifoqiga qarshi urushni tugallash maqsadida, 1941- yil 30-sentyabrda fashistlar armiyasi Moskvani egallash uchun birinchi bosh hujumni boshladi. Moskvaning uzoq bo‘sag‘alarida G‘arbiy, Kalinin va Bryansk frontlari oy mobaynida og‘ir mudofaa janglarini olib bordilar. Bu janglar davomida ular fashistlarga katta talofatlar etkazdilar va ularning qish tushgunga qadar Moskvani bosib olish rejalarini barbod etdilar. Oktyabr oxirida dushman Moskvaning yaqin bo‘sag‘alarida to‘xtatib qolindi. Fashistlar qo‘smondonligi kuch va vositalarini qayta to‘plab va to‘ldirib, 1941- yilning 15-16-noyabrida Moskvaga ikkinchi hujumni boshladi. Lekin Sovet qo‘shinlari dushman hamlalarini qahramonona qaytarib 1941- yil dekabr oyi boshlarida nafaqat uning Moskvaga hujumini to‘xtatib qoldilar, balki hujumga o‘tgan dushman guruhlarini tor-mor etish maqsadida qarshi hujumga o‘tish uchun qulay sharoit yaratdilar. Mana shu davr mobaynida Leningrad va Janub front qo‘shinlari OBQ Stavkasi buyrug‘iga binoan Tixvin va Rostov yaqinida hujumga o‘tgan dushmanga qarshi hujumga o‘tdilar. 1941- yil 26-noyabrda boshlanib 28 dekabrgacha davom etgan Sovet qo‘shinlarining Tixvin yaqinidagi qarshi hujumlari, janubdan Svir daryosiga o‘tib fin armiyasi bilan qo‘shilib, Leningradda ikkinchi qurshov halqasini yaratishga intilgan dushman guruhining tor-mor etilishi bilan tugadi. 1941- yil 17-noyabrdan 2 dekabrgacha davom etgan Rostov yaqinidagi qarshi hujum nemislarning birinchi tank armiyasining to‘liq tor-mor etilishi va Rostovning fashistlardan ozod etilishi bilan tugadi. Olib borilgan qarshi hujumlarning maqsadi, dushmanga katta talofatlar etkazish bilan bir qatorda bu yo‘nalishlarda uni holdan toydirish va fashistlar qo‘mondonligiga shu kuchlar hisobidan Moskvaga hujum qilayotgan qo‘shinlarni to‘ldirishga imkoniyat bermaslikdan iborat edi. Qrimda qizil Armiya va HDF 1941- yil 30-oktyabrdan Sevastopolning qahramonona mudofaa jangini olib bordi. YOzgi-kuzgi kampaniya oxirida, ya’ni besh yarim oy mobaynidagi ayovsiz janglar natijasida, Sovet Qurolli Kuchlari davlat ichkarisiga 900-1500 kmga chekinib, dushmanga katta hududlarni qoldirishga majbur bo‘ldilar. Lekin bu janglar davomida Sovet qo‘shinlari dushmanga katta talofatlar etkazib, uning «yashindek tez urush olib borish» rejasini tamomila barbod etdilar. Markazda va G‘arbiy yo‘nalishlarda hujum qilgan nemis-fashist qo‘shinlari qat’iy qarshilikka uchradilar. 10 iyulda boshlangan Smolensk jangigacha kuch va vositalar bo‘yicha ustunlik vermaxt tomonida bo‘ldi. Dushman jangga ikkita tank guruhini tashladi. Dushman jangga ikkita tank guruhini tashladi. Jang o‘ta shiddatli tus oldi. 16 iyulga o‘tar kechasi dushman tanklari Smolenskka bostirib kirdi va uning janubiy qismini egalladi. Dneprning ortida, shaharning shimoliy qismida joylashgan sovet qo‘shinlari dushmanga to‘xtovsiz hujum qildilar. Dushmanning Smolenskni mudofaa qilib turgan Sovet qo‘shinlarini qurshab olish va ularning chekinish yo‘llarini to‘sib qo‘yish uchun qilgan harakati barbod bo‘ldi. Smolensk jangi davomida Sovet armiyasi nafaqat mudofaa harakatlarini olib bordi, balki dushmanga qarshi zarbalarni ham berdi. 10 sentyabrda Smolensk jangi tugadi. «MARKAZ» armiyalar guruhi Dneprdan 170-200 km sharqqha tomon harakatlangan bo‘lsada, fashistlar qo‘mondonligining harakatlanish mobaynida Moskvani egallash uchun qilgan harakati barbod bo‘ldi. Markaziy yo‘nalishda dushman birinchi marta ikkinchi jahon urushi mobaynida ikki oy davom etgan mudofaaga o‘tishga majbur bo‘ldi. SHu vaqtda Sovet armiyasi poytaxtning mudofaasini mustahkamlash, zaxiralarni tortib kelish va SHimoliy-G‘arbiy yo‘nalishdagi qo‘shinlarning ahvollarini yaxshilash uchun vaqtdan yutib chiqdi. «MARKAZ» armiyalar guruhi katta talofatlar ko‘rdi. Bu urushning keyingi borishi uchun katta ahamiyatga ega bo‘lgan Smolensk jangining asosiy natijasi shundan iborat. YUzaga kelgan vaziyatda gitlerchilar qo‘mondonligi Moskvaga frontdan hujumlarni to‘xtatishga va asosiy zarbani markazdan qanotlarga ko‘chirishga majbur bo‘ldi. Download 323 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling