Urush boshlanishidagi harbiy-siyosiy ahvol
IKKINCHI JAHON URUSHINING BIRINCHI DAVRIDA HARBIY MAHORATNING YANGI JIHATLARI VA URUSH HARAKATLARINING UMUMIY SUR`ATI
Download 323 Kb.
|
URUSH BOSHLANISHIDAGI HARBIY
IKKINCHI JAHON URUSHINING BIRINCHI DAVRIDA HARBIY MAHORATNING YANGI JIHATLARI VA URUSH HARAKATLARINING UMUMIY SUR`ATI.
1941 yil 22 iyun erta tongda minglab nemis orudiyalari Sovet chegara zastavalariga, qo‘shin jamlangan joylarga, chegrabo‘yi shaharlariga va qishloqlariga qudratli zarbalarni berishni boshladi. Fashistlar aviatsiyasi Sevastopol, Kiev, Boltiqbo‘yi shaharlarini, o‘nlab harbiy va fuqaroviy aerodromlarni bombardimon qila boshladi. Fashistlar Germaniyasining Sovet Ittifoqiga xiyonatkorona bostirib kirganidan ikki soat o‘tgach natsistlar elchisi SHulleberg SSSR tashqi ishlar xalh komissari V. Molotovning huzuriga kelib o‘z hukumati nomidan Germaniyaning SSSRga bostirib kirish hahidagi qarorini etkazdi. O‘z harakatlarini oqlash maqsadida fashistlar hukumati, Germaniya go‘yoki Sovet Armiyasi tomonidan tayyorlanayotgan urushni oldini olish uchun urush harakatlarini boshladi, degan uydirmani o‘ylab topdi. Bunday surbetlarcha yolg‘on tezda ochib tashlandi. SSSRga hujum qilish paytida gitlerchi yo‘lboshchilar, dunyoda ularning bosqinchilik rejalarini amalga oshiradigan hech handay kuch yo‘q deb uyladilar. Birinchi muvaffaqiyatlardan mast bo‘lgan fashist generallari reja ular ishlab chiqqanlaridek davom etyapti degan fikrga kelgan edilar. 1941 yilning yozi va kuzida nemis-fashist bosqinchilari Sovet ittifoqi hududi bo‘ylab chuqur ichkarilab ketdilar va Leningrad, Moskva bo‘sag‘alariga chiqdilar, Krimga va Donbassga yorib kirdilar. SSSRga harshi Germaniyaning satellitlari Italiya, Ruminiya, Vengriya va Finlyandiya ochiqchasiga qarshi chiqdi. Ispaniya, Portugaliya, SHvetsiya o‘zlarini betaraf deb e’lon qilgan bo‘lsalarda, Germaniyaga hamma tomonlama yordam ko‘rsatib keldilar. Portugaliya Germaniyani nemis sanoati uchun o‘ta kerakli bo‘lgan volfram bilan ta’minladi. SHvetsiya Rur ishlab chiqarish sanoati uchun temir rudasini etkazib beruvchi asosiy davlat bo‘ldi. SHvetsiya hududidan nemislarning Finlyandiya hududida joylashgan «Norvegiya» armiyasi uchun temir yo‘llari orqali qo‘shin kuchlari o‘tkazildi. Nemislarning hujumini qaytarish uchun Armiyaning asosiy kuchlarini g‘arbga joylashtirish kerak bo‘lsada, YAponiya va Turkiya hukmron doiralarining SSSRga dushmanona pozitsiyasi tufayli Uzoq SHarqda quruqlikdagi qo‘shinlarning 32 diviziyasini ushlab turishga to‘g‘ri keldi. Bu hol nemis-fashist bosqinchiliklarga qarshi kurashni ancha kuchsizlantirdi. Fashistlar Germaniyasi uchun keyingi qulay vaziyat, vermaxt asosiy kuchlarini bitta frontda-Sovet Ittifoqiga qarshi jamlash imkoniyatiga ega bo‘lganligidir. Urushning birinchi kunlarida nemis-fashist qo‘shinlari asosiy zarba berish yo‘nalishida son jihatdan Sovet qo‘shinlari ustidan juda katta ustunlikka ega bo‘ldilar. Fashistlarning hujumlarini to‘xtatish uchun 23 iyundan 27 iyungacha, uchta frontning mexanizatsiyalashgan korpuslari har xil uchastkalarda ettita zarba berdilar va shiddatli tank janglari boshlanib ketdi. Bu qarshi zarbalar bilan dushmanni to‘xtatib qo‘yishga erishilmadi, lekin u katta talofatlar ko‘rdi va uning harakatlanish sur’ati pasaydi. Xalqning buyuk matonati, sabotiga va mislsiz qahramonliklariga qaramasdan gitlerchi bosqinchilar oldinga harakatlanishda davom etdilar. Birinchi kunlarda Brest, Belostok, Kaunas rayonlarida og‘ir vaziyat yuzaga keldi, bu erda nemislarning «MARKAZ» armiyalar guruhining asosiy kuchlari Minsk yo‘nalishida harakat hilayotgan edi. «SHIMOL» armiyalar guruhi safiga kiruvchi nemislarning 4-tank guruhi 26 iyunda G‘arbiy Dvinani kechib o‘tib, Daugavpilsni egalladi. 9 iyulda gitlerchilar kolonnasi Pskovga yorib kirdilar. Leningrad katta xavf ostida holdi. 29 iyunda gitlerchilar guruhi Minskning sharhida bir-nechta Sovet diviziyalarini hurshovga oldi. Dushman Berezinani kechib o‘tib, Dneprga harakatni davom ettirdi. Lvov yo‘nalishida Sovet qo‘mondonligi tezlik bilan chuqurlikdan zaxiralarni tortib kelishga va ularni jangga kiritishga muvaffah bo‘ldi. Lutsk, Brodi, Rovno rayonlarida bir hafta mobaynida urush boshlangandan beri eng katta tank janglari boshlanib ketdi. Dushmanning Lvov rayonida Sovet qo‘shinlarini qurshovga olish rejasi barbod bo‘ldi, lekin Sovet diviziyalari katta talofatlar ko‘rib, iyul oyida Kievning uzoq bo‘sag‘alariga chekinishga majbur bo‘ldi. Download 323 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling