Urush boshlanishidagi harbiy-siyosiy ahvol


MOSKVA OSTONALARIDAGI JANGLAR


Download 323 Kb.
bet12/24
Sana26.02.2023
Hajmi323 Kb.
#1233736
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   24
Bog'liq
URUSH BOSHLANISHIDAGI HARBIY

MOSKVA OSTONALARIDAGI JANGLAR
(1941- y. sentyabr-1941- y.5 dekabr).
SSSRga harshi urush rejasida nemis–fashist qo‘mondonligi Moskvani bosib olishga katta, birinchi darajali ahamiyat bergan edi. Bu maqsadni amalga oshirish uchun fashistlar qo‘mondonligi Moskva yo‘nalishida 77 ta diviziyani (jumladan 14 ta tank va 8 ta motorlashgan) to‘pladi, kuchlarning bir qismi Leningrad va Kievdan ushbu yo‘nalishga tashlandi.
Fashistlar qo‘shinlariga uchta frontning qo‘shinlari qarshi turdilar. Ularning safida 1250ming odam, 990ta tank, 7600ta orudiya va minomyotlar, 677ta samolyotlar mavjud edi. Lekin ustunlik dushman tomonida edi.
Moskva bo‘sag‘alarida ko‘p havatli mudofaa yaratilib, uning chuqurligi 250-300 kmni tashkil etdi.
30-sentyabrda dushman hujumga o‘tdi, ustunlikka ega bo‘lib u Sovet qo‘shinlarining mudofaasini yorib o‘tib, shiddat bilan sharqqa tomon harakatlana boshladi. 3 oktyabrda dushman Oryol shahrini egalladi, 7 oktyabrda uning motorlashgan qismlari Vyazmaga yorib kirdi va to‘rtta armiya qo‘shinlarini qurshovga oldi. Qurshovdagi qo‘shinlar dushmanning 29tagacha diviziyasini holdan toydirdilar. Birlashmalarning ancha qismi oktyabr o‘rtalarida qurshov qalqasini yorib chiqib, Moskva tomongao‘qtishga muvaffaq bo‘ldi.
Mojaysk mudofaa chizig‘i asosiy qarshilik ko‘rsatish marrasiga aylandi. Bu erga yangi-yangi birlashmalar kela boshladilar. Oryol yo‘nalishiga ham zaxira birlashmalari olib kelina boshlandi, ular Oryoldan Tulaga o‘tadigan yo‘llarda uzoq janglar olib borib dushmanning tank guruhining harakatlarini susaytirib yubordilar.
Bu vaqtga kelib Moskvaning shimoliy-g‘arbida vaziyat keskinlashdi. Dushmanning tank guruhi 14 oktyabrda Tverni egalladi. Lekin Sovet qo‘shinlari qarshi zarba berib dushmanni to‘xtatib holdilar.
17 oktyabrda OBQ Stavkasi G‘arbiy frontning chap qanot armiyalari negizida Kalinin frontini tashkil etdi (qo‘mondoni general I.S.Konev). Uning qo‘shinlari qattiq janglar bilan Seliger ko‘li, Kalinin, Voljsk suv ombori marralarida mustahkam o‘rnashib, dushmanni Moskvani shimoldan aylanib o‘tish niyatini barbod etdilar. Bu erda dushman «Markaz» armiya guruhining chap qanotini yopish uchun mudofaaga o‘tishga majbur bo‘ldi.
Oktyabr oxirida Mojaysk mudofaa chizig‘ida hayot-mamot janglari avj olib ketdi. Katta talofatlarga qaramasdan dushman Moskvaga intilardi. Sovet qo‘shinlari dushman hamlalariga cheksiz matonat va qahramonlikni qarshi ho‘ydilar. Mashhur Borodino maydonida 32- o‘qchi diviziyaning polklari o‘limga tik boqib, fashistlar hujumini qaytarib turdilar.
SHunga qaramasdan dushman tank qo‘shinlari G‘arbiy front pozitsiyalarini yorib o‘tib Volokalamsk, Mojaysk, Kalugani egalladi, Moskvagacha 80-100 km. qoldi. 19-noyabrda Davlat Mudofaa qo‘mitasi Moskvada qamal holatini joriy etish bo‘qyicha qaror qabul qildi. Oktyabr oxirida Sovet qo‘shinlari ushbu yo‘nalishda dushmanni mudofaaga o‘tishga majbur etdilar.
Lekin fashistlar qo‘mondonligi Moskvani qishgacha egallash fikridan qaytmagan edi. SHu munosobat bilan «Markaz» armiya guruhiga yangi hujumni tayyorlash va o‘tkazish uchun topshiriq qo‘yildi, bu vazifa-ikkita qudratli guruh bilan Moskvani shimoldan va janubdan aylanib o‘tish, uni hamal qilish va bir vaqtning o‘zida frontdan kuchli zarba berib SSSR poytaxtini egallashdan iborat edi.
Sovet Oliy Bosh qo‘mondonligi o‘z vaqtida fashistlar guruhini aniqladi va ularning rejasini payqab qolib, G‘arbiy front qo‘shinlarini kuchaytirish, mudofaa marralarini takomillashtirish, zaxiralarni Moskva rayoniga olib kelish chora-tadbirlarini ko‘rdi.
Buning natijasida G‘arbiy front mudofaasi noyabr oyida mustahkamlandi, uning barqarorligi oshirildi.
15-16-noyabrda nemis qo‘shinlari Volokalamsk, 18-noyabrda Tula yo‘nalishlarida hujumga o‘tdilar. Bir necha kundan so‘ng esa Eletsk yo‘nalishida ham hujumga o‘tdilar. 600 kmli frontda yana hayot-mamot janglari avj olib ketdi. Dushman oshgan qarshilikni darrov payqadi.
G‘arbiy frontning o‘ng qanoti dushmanga katta talofatlar berib, o‘zi ham asta-sekin chekina boshladi. Noyabr oxirida nemislar Moskva-Volga kanaliga chiqdilar va uni Dmitrov rayonida kechib o‘tdilar.
Bu vaziyatda Bosh qo‘mondonlik YAxroma rayonida va janubrog‘da qarshi hujumlarni amalga oshirdi. Bu qarshi hujumlar natijasida dushman kanalning g‘arbiy qirg‘og‘iga uloqtirib tashlandi.
G‘arbiy frontning chap qanotida dushman Sovet qo‘shinlarining front ortiga o‘tishga muvaffaq bo‘ldi, lekin Tulani egallay olmadi. Sovet qo‘shinlari Tula va uning atrofi rayonlarini mustahkam ushlab turdi, bu o‘z navbatida butun G‘arbiy frontning chap qanoti barqarorligi ta’minladi va bir necha kuchli qarshi zarbalar berish imkoniyatini yaratdi. Ulardan eng qudratlisi Mixaylov rayonidan berildi.
Janglar natijasida dushman 4-dekabrda hujumni to‘xtatishga va mudofaaga o‘tishga majbur bo‘ldi. 5-dekabr 1941- yilda «Markaz» armiya guruhi qo‘shinlari butun front bo‘ylab to‘xtatib qolindi. SHunday qilib fashistlar armiyasining Moskvaga qilgan ikkinchi hamlasi ham barbod bo‘ldi. Moskva ostonalaridagi mudofaa janglari bilan 1941- yil yozgi-kuzgi kampaniya nihoyasiga etdi. Uning asosiy natijasi–bu Gitler Germaniyasining «yashindek tez urush olib borish» rejasining chippakka chiqqani bo‘ldi. qizil Armiya dushmanning zarbdor guruhlarini qoldan toydirishga muvaffaq bo‘ldi.

Download 323 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling