Urush boshlanishidagi harbiy-siyosiy ahvol
SOVET QO‘SHINLARINING STALINGRAD OSTONALARIDAGI
Download 323 Kb.
|
URUSH BOSHLANISHIDAGI HARBIY
SOVET QO‘SHINLARINING STALINGRAD OSTONALARIDAGI
QARSHI XUJUMI. Urushning uchinchi davri boshi xarbiy-siyosiy vaziyat Sovet Ittifoqi uchun, dushmanning vaqtinchalik ustunligini barbod etilishi, Qizil Armiyaning jang olib borish tajribasining oshganligi, Sovet xalqining ruxiy-siyosiy birdamligining mustaxkamlanishi bilan xarakterlandi. Xali xam frontda vaziyat keskin bo‘lishiga qaramasdan, 1942 yil noyabr oyi o‘rtalarida sovet-german frontining janubiy qanotida dushmanni tor-mor etish uchun qulay sharoit yaratildi. Kavkazning neftga boy manbalarini va Volganing qo‘yi rayonlarini bosib olishga intilgan fashistlar armiyalari, og‘ir talofatlar ko‘rib, o‘zlarining xujum olib borish imkoniyatlarini yo‘qotib, katta front bo‘ylab cho‘zilib qoldilar. Germaniya qo‘shinlari strategik mudofaaga o‘tishga majbur bo‘ldilar. Ikkinchi jaxon urushining uchinchi davri tarixga, urushning borishida antigitler koalitsiyasidagi davlatlar foydasiga tubdan burulish davri bo‘lib kirdi. Stalingradda dushmanni tor-mor etish «URAN» operatsiyasining maqsadi qo‘yidagilardan iborat edi: asosiy zarbani Janubiy-G‘arbiy front qo‘shinlari Serafimovich-Kletskiy rayonlaridan va Stalingrad fronti qo‘shinlari Stalingradning janubidagi Sarpa ko‘llari bo‘yidan berishlari ko‘zda tutildi. Asosiy vazifa-dushmanning asosiy guruxlarining qanotlarini tor-mor etib, xujumni Kalach-Sovetskiy yo‘nalishiga rivojlantirib, dushman qo‘shinlarini Stalingradda qurshab olish va yakson etishdan iborat edi. Don fronti Vertyachiyga ikkita zarba berib, Don daryosining kichik irmoqlari bo‘yida dushmanni qurshab olish va tor-mor etish vazifasini oldi. Qarshi xujumga tayyorgarlik ko‘rish mudofaa janglari davomida boshlangan edi. Buning uchun Stavka, Stalingrad yo‘nalishiga yirik zaxiralarni jo‘natdi. Qarshi xujum boshida Janubiy-G‘arbiy, Don va Stalingrad frontlari safiga o‘nta umumqo‘shin, tank va to‘rtta xavo armiyalari kiritildi. Uchala frontlar 1103 ming odamga, 1463 ta tank va O‘YUAQ (SAU)larga, 15500 ta orudiya va minomyotlarga, 1350 ta samolyotga ega edilar. YUqori Mamondan Astraxangacha ularga qarshi fashistlarning «B» armiya guruxi o‘zining 1101 ming odami, 675 ta tank va shturmchi orudiyalari, 10290 ta orudiya va minomyotlari va 1216 ta samolyoti bilan qarshi turar edi. 1942 yil 19-noyabrda, 80 minut davom etgan artilleriya tayyorgarligidan so‘ng, Janubiy-G‘arbiy va Don fronti qo‘shinlari qarshi xujumga o‘tdilar. Xujumning birinchi kunida Janubiy-G‘arbiy front qo‘shinlari Serafimovichining janubiy-g‘arbidagi platsdarmlardan kuchli zarba berib Kletskiy rayonida dushman mudofaasini yorib o‘tdilar. 20-noyabrda Stalingrad fronti qo‘shinlari qarshi xujumga o‘tdilar 23-noyabr kunida Janubiy-G‘arbiy frontning 26-va 4-tank korpuslari Donni kechib o‘tib Kalachni egalladilar va Sovetskiy rayonida Stalingrad frontining 4-mexanizatsiyalashgan korpusi bilan birlashdilar. SHu bilan qurshov xalqasi birlashtirildi, qurshov ichida fashistlarning 22 diviziyasi, 100 ta aloxida qismlari 330 ming odami bilan qolib ketdi. Stalingrad yo‘nalishida vaziyatni tiklash uchun nemislar tezlik bilan «DON» armiyalar guruxini tashkil etdi. 1942 yil 12- dekabrda «Don» armiyalar guruxi Kotelnikovo rayonidan xujumga o‘tdi. Unga 51- armiya qo‘shinlari qarshi turgan edilar. Janglar birinchi kunlardanoq shiddatli tus olib ketdi. 19- dekabrda dushman Mishkovo daryosi bo‘ylariga chiqdi va shu erda OBQ ajratgan xisoblangan 2- zaxira Armiyasi tomonidan to‘xtatib qolindi. SHu vaqtga kelib, Stavka tomonidan Janubiy-G‘arbiy fronti qo‘shinlarining va Voronej fronti 6- armiyasi qo‘shinlarining xujumlari tayyorlanib, 16- dekabrda boshlandi. Bir necha kun ichida ular 8-Italiya va 3- Ruminiya armiyasining qolganlarini tor-mor etdilar. Bu operatsiyada bosh rolni tank va mexanizatsiyalashgan korpuslar o‘ynadi. Janubiy-G‘arbiy frontning muvaffaqiyatli xujumlari va Stalingrad fronti qo‘shinlarining matonatli mudofaalari, fashistlarning qurshovda qolgan guruxlariga yorib kirish uchun keyingi xarakatlarini to‘xtatishga majbur etdi. Dushman zarbdor guruxlarining anchagina qismini Tormosin va Kotelnikovo rayonlaridan Janubiy-G‘arbiy front qo‘shinlariga qarshi tashlashga majbur bo‘ldi. 29- dekabr ertalab ular Kotelnikovo fashistlardan ozod etildi. SHunday qilib, nemis-fashist qo‘mondonligining Stalingrad ostonalarida qurshovda qolgan guruxlarini qutqarish uchun qilgan xarakati butunlay barbod bo‘ldi. Endi front chizig‘i ulardan 200-250 km ga ortga surildi. Qurshovda qolgan fashistlarni tor-mor etish Don fronti qo‘shinlariga topshirildi. 1943 yil 10-yanvarda Sovet qo‘shinlari qurshovda qolgan fashistlarni yakson qilishga kirishdilar. Fashistlarni Stalingrad ostonalarida tor-mor etish bo‘yicha «Xalqa» nomini olgan so‘nggi operatsiya boshlandi. YAnvar oxirida Sovet qo‘shinlari tomonidan dushman guruxi ikki bo‘lakka bo‘lib tashlandi. Janubiy gurux 1943 yil 31-yanvarda kapitulyasiya qildi. 1943 yil 2-fevralda dushmanning shimoliy guruxi qarshilik ko‘rsatishni to‘xtatdi. SHu kuni, 200 kun davom etgan Stalingradning tarixiy jangi tugadi. Download 323 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling