Urush boshlanishidagi harbiy-siyosiy ahvol


SOVET QO‘SHINLARINING KURSK OSTONALARIDAGI QARSHI XUJUMI


Download 323 Kb.
bet17/24
Sana26.02.2023
Hajmi323 Kb.
#1233736
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   24
Bog'liq
URUSH BOSHLANISHIDAGI HARBIY

SOVET QO‘SHINLARINING KURSK OSTONALARIDAGI QARSHI XUJUMI.
Kursk jangining yangi davrini ochib bergan Sovet qo‘shinlarining qarshi xujumi, 1943 yil 12 iyulda g‘arbiy va Bryansk frontlari qo‘shinlarining Oryol yo‘nalishida xujumga o‘tishlari bilan boshlandi. Uch kundan so‘ng Markaziy front qo‘shinlari qarshi xujumga o‘tdilar. Dushmanga beriladigan zarba kuchlarini oshirish maqsadida Sovet qo‘mondonligi g‘arbiy front xarakatlanadigan chiziqqa 11-umumqo‘shin armiyasini va 4-tank armiyasini, Bryansk fronti chizig‘iga 3-gvardiyachi tank armiyani jangga kiritdi.
SHiddatli janglar davomida Bryansk fronti qo‘shinlari 1943 yil 5- avgustda Oryol shaxrini ozod etdilar. 
Voronej va CHo‘l fronti qo‘shinlarining xujumlari muvaffaqiyat bilan rivojlana boshladi va ular 3-23 avgust kunlari «Rumyansev» nomini olgan Belgorod-Xarkov operatsiyasini o‘tkazdilar. 
1943 yil 5-avgustda Sovet qo‘shinlari Belgorodni egalladilar. SHiddatli janglar davomida Voronej fronti qo‘shinlari dushmanning qarshi zarba berayotgan guruxini tor-mor etdilar. SHu vaqtda CHo‘l fronti qo‘shinlari Xarkovga yaqinlashib kelib, 23 avgustda shturm bilan shaxarni egalladilar. Xarkovning ozod etilishi bilan Belgorod-Xarkov operatsiyasi tugatildi. Sovet qo‘shinlari dushmanning yirik guruxini tor-mor etib, dushman front chuqurligi tomon 140 km. ga siljidilar.
SHunday qilib, 50 kun davom etgan Kursk jangi nixoyasiga etdi. Bu jang Ikkinchi jaxon urushidagi katta janglardan biri edi. Sovet qo‘shinlarining umumiy xujumga o‘tishlari uchun qulay sharoit yaratildi.
URUSHNING BIRINCHI DAVRIDA JANGOVAR HARAKATLARINING UMUMIY SUR`ATI VA NATIJALARI. MOSKVA OSTONASI JANGINING
HARBIY SIYOSIY AHAMIYATI.
(1941- y. 5- dekabr – 1942- y. 7- yanvar)
YAratilgan vaziyatda Sovet Qurolli Kuchlari oldida Leningrad, Moskva va Kavkazdagi xavfni bartaraf etish va urushning borishida burilish yasash vazifasi qo‘yilgan edi. Bu vazifalarni qizil Armiya 1941-1942 yilgi qishgi kampaniyalar davomida xal etishi kerak edi. Asosiy zarba Moskva yo‘nalishiga berilishi ko‘zda tutildi. Moskva ostonalarida qarshi xujumni amalga oshirish uchun Kalinin, g‘arbiy, Janubiy - G‘arbiy frontlar qo‘shinlari jalb etildi. Ular 1100 ming odamga, 7652 ta orudiya va minomyotlarga, 744 ta tankka va 1000 ta jangovar samolyotga ega edilar. Bu frontlarga qarshi 1708 ming odam, 18500 ta orudiya va minomyolar, 1170 ta tank va 615 ta samolyotlarga ega bo‘lgan «Markaz» armiya guruxi turar edi.
Qarshi xujumning maqsadi, dushmanning Moskva yo‘nalishidagi asosiy guruxlarini tor-mor etish va Moskva shaxri va Moskva ishlab chiqarish rayonlari ustidagi xavf-xatarni bartaraf etishdan iborat edi.
Qarshi xujumning rejasi-g‘arbiy frontning xujumlari, Kalinin frontining chap qanoti va Janubiy-G‘arbiy frontning o‘ng qanoti bilan xamkorlikda amalga oshirilib Moskvaning janubi va shimolida dushmanning zarbdor guruxlarini yakson etish va ularni Moskvadan uloqtirib tashlash edi. Qarshi xujumni to‘satdan berish uchun operativ to‘xtalishsiz, mudofaa davrida shakllangan qo‘shinlar bilan berilishi kerak edi. Asosiy rol g‘arbiy frontga berildi. Front qo‘shinlari oldida dushmanning qanotdagi guruxlarini Klin, Solnechnogorsk, Stalinogorsk, Tula rayonlarida tor-mor etish vazifasi qo‘yilgan edi.
5-dekabrda Kalinin fronti qo‘shinlari qarshi xujumga o‘tdilar. 6- dekabrda g‘arbiy, Janubiy - G‘arbiy frontlarning qarshi xujumlari boshlandi. 9-dekabrda 30-armiya qo‘shinlari Moskva–Kalinin temir yo‘lini egallab, Klindagi dushman guruxini shimoliy - g‘arb tomondan qurshovga ola boshladilar. Xarakatlanish surati xali past edi.
Sovet qo‘shinlari xali urush olib borish tajribasiga ega emas edilar. Ular o‘z saflarida kam sonli artilleriya va tanklarga ega bo‘lib, qalin tushgan qor xam manyovr qilishni qiyinlashtirar edi.
Dushman qarshiligini engib, Sovet qo‘shinlari 15 dekabrda Klin rayonida dushman guruxini qurshab oldilar. 1941- yil 15 dekabrda Klin shaxri dushmandan ozod etildi.
Istra yo‘nalishida xam janglar avj olib ketdi, bu yo‘nalishda dushman Kryukovo rayonida kuchli mudofaa yaratishga ulgurdi. 8-dekabrda 8- gvardiyachi o‘qchilar diviziyasi Kryukovoni egallab, Istra yo‘nalishiga xujumni rivojlantirdi.
Kryukovo jangida mag‘lubiyatga uchragan dushman Istra suv ombori ortiga o‘tib, kuchli mudofaani tashkil etdi. Frontdan uning mudofaasini yorib o‘tishga bo‘lgan xarakatlar muvaffaqiyat keltirmadi. 16-Armiya qo‘mondoni general K.K.Rokossovskiy qo‘shinlarining bir qismi bilan shimoldan va janubdan dushman mudofaasini aylanib o‘tishga qaror qildi. Qurshovga tushib qolish xavfi ostida fashistlar shoshilinch ravishda Volokolamsk tomonga o‘tishga qaror qildilar. Sovet qo‘shinlari dushmanni ta’qib etib, 1941- yil 25 dekabrda frontning o‘ng qanot qo‘shinlari Lama va Ruza daryolari marrasiga o‘tdilar. Lekin bu erda ular avvaldan tayyorlangan pozitsiyalarda to‘xtatib qolindilar. Dushmanni ta’qib etish xarakatchan guruxlar va chang‘ichilar batalonlari bilan olib borilib, ular ko‘p xollarda dushmanning front ortiga yorib kirib, uning ortga qaytish yo‘llarini to‘sib, to‘satdan zarbalar berdilar. Moskvaning shimoliy-g‘arbidagi xujumlar davomida Sovet qo‘shinlari dushmanga katta talofatlar etkazib, uni 90-100 kmga uloqtirib tashladilar.
Kalinin fronti, g‘arbiy frontning o‘ng qanot armiyalari bilan birgalikda, dushmanning Kalinin guruxlariga zarbalar berdi va 16 dekabrda Tverni egalladi.
G‘arbiy frontning chap qanot qo‘shinlari Uzlovoy yo‘nalishiga xujum qilib nemislarning 2-tank armiyasini mag‘lubiyatga uchratdilar. 1942- yil 7- yanvarda ular 220 km olg‘a siljib «Markaz» Armiya guruxini shimoldan qamrab oldilar.
SHunday qilib, 1942- yil yanvar oyi boshlarida qizil Armiyaning Moskva ostonalaridagi xujumi qat’iy g‘alaba bilan tugadi. Dushmanning zarbdor guruxlari tor-mor etildi va g‘arbga tomon 100-150 kmga uloqtirib tashlandi. Poytaxtga solinib turilgan taxdid bartaraf etildi.
Mudofaadan xujumga o‘tilishi va Bosh strategik yo‘nalishda yirik g‘alabalarga erishilishi bilan Qizil Armiya dushman qo‘lidan tashabbusni tortib oldi. Moskva ostonalarida nemislarning tor-mor etilishi bilan urushning borishida tubdan burilish boshlandi.
1941 yil sentyabr oyining oxiriga kelib, gitlerchi qo‘shinlar sobiq Ittifoq Ittifoqi xududining ichkarisiga kirib, Leningradni qamal qilishdi va Volxov, YAraslavl, Poltava, Zaporoje daryolarining chegaralariga chiqdilar.
Jangovar harakatlarning borishida nemis-fashist qo‘shinlari katta talofatlarga uchradilar, shuning uchun SHimoliy-g‘arbiy yo‘nalishda mudofaaga o‘tishga majbur bo‘ldilar. Ammo, dushman kuchlari xali xavf solishga qodir edi.
Sobiq Ittifoq qo‘shinlari og‘ir sharoitlarda qaxramonlarcha kurashni olib bordilar. Tanklar, samolyotlar, artilleriyaning va boshqa qurollarning etishmasligi mustaxkam mudofaani tashkil qilishni qiyinlashtirdi. Dushman esa o‘z kuchlarini jamlab, oktyabr boshigacha 207 diviziyaga ega bo‘ldi.
Janubiy-g‘arbiy va Janubiy front qo‘shinlari qishki xujum davomida dushmanning Xarkov yo‘nalishidagi mudofaasini yorib o‘tib, 90 kmgacha ichkariga kirib bordilar. Qishki xujum davomida ittifoq armiyasi katta muvaffakdiyatlarga eriщdi, dushmanni ayrim xududlarda 150-400 kmgacha orqaga tashladi. Ammo, asosiy yo‘nalishlardagi rejalashtirilgan xarakatlar harbiy texnikaning, qurollarning etishmasligidan xujum xarakatlarini tashkil qilisholib borishda qo‘mondonlik qilish tajribasiga to‘la ega emasligidan tugallanmay qoldi.
Sobiq Ittifoq 1941-1942 yillardagi dushman qo‘shinlarining Moskva ostonasida tor-mor etilishiga sabab bo‘lgan qishki harakatlar muxim harbiy-siyosiy axamiyatga ega bo‘ldi. Ikkinchi jaxon urushi davomida Germaniyaga birinchi yirik talofat etkazilgan edi. Sobiq Ittifoq qo‘shinlarining mudofaadan hujumga o‘tishi sobiq Ittifoq-German frontida kurashi davomida burilish xosil bo‘lganidan dalolat berdi. Sobiq Ittifoq Armiyasi 50 gacha dushman diviziyasini yakson qildi. Gitler-chilar armiyasining quruqlikdagi piyoda qo‘shinlari 830 mingdan ortik jangchilarini yo‘qotdilar. Gitlerchilar qo‘mondonligi 1941y dekabrdan 1942 yil mayigacha janubiy frontga boshqa davlatlardan 39 diviziya va 6 qo‘shilma, 800 minggacha qo‘shinlarni o‘tkazishga majbur bo‘ldi. Gitlerchilar armiyasining engilmasligi xaqidagi uydirmalar shamoldek tarqalib ketdi.
Sobiq Ittifoq QKining g‘alabasi kelgusida fashizmga qarshi ittifoq kuchlarining birlashishiga sabab bo‘ldi, tinchliksevar xalqlarni tajovuzkorlarga qarshi kurashga ilxomlantirdi va fashizm ustidan g‘alabaga ruxlantirdi.

Download 323 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling