Urush boshlanishidagi harbiy-siyosiy ahvol
«TORCH» OPERATSIYASI VA SHIMOLIY AFRIKADA JANGOVAR XARAKATLARNING TUGATILISHI
Download 323 Kb.
|
URUSH BOSHLANISHIDAGI HARBIY
- Bu sahifa navigatsiya:
- ANGLIYA-AMERIKA QO‘SHINLARINING SITSILIYANI EGALLASHI. ITALIYANING URUSHDAN CHIQISHI. ITTIFOQCHILAR QO‘SHINLARINING ITALIYAGA TUSHURILISHI VA JANGOVAR XARAKATLARNING UMUMIY BORISHI.
«TORCH» OPERATSIYASI VA SHIMOLIY AFRIKADA JANGOVAR XARAKATLARNING TUGATILISHI.
CHerchillning qistovida Aljir va Marokashning yirik portlariga «TORCH» desant operatsiyasini o‘tkazishga qaror qilindi. 1942-yil 8-noyabrdan 13-noyabrgacha, ittifoqchilarning maqsadlariga binoan, Marokash va Aljirda dengiz desanti tushurildi. Butun operatsiyaga, O‘rta Er dengizi xarbiy xarakatlar teatrida ekspeditsion kuchlarning qo‘mondoni etib tayinlangan general Eyzenxauer boshchilik qildi. Birinchi to‘rt sutka davomida Aljir, Oran va Kasablanka rayonlariga ettitagacha Amerika diviziyalari tushirildi jumladan, ikkita zirxli tank diviziyasi. Desant tushurulishi, bu erdagi fransuz qo‘shinlarining kuchli bo‘lmagan qarshiligi ostida o‘tdi. Lekin tezda ular o‘z qarshiliklarini to‘xtatib, ingliz-amerika qo‘shinlariga qo‘shildilar. Ittifoqchilar sharqqa tomon xech qanday qarshiliksiz xarakatlanish imkoniyatini oldilar. SHu qulay sharoitlarda ittifoqchilar 2 xafta ichida 900 km olg‘a xarakatlandilar, keyin Tunis va Bizerta shaxri bo‘sag‘alarida to‘xtatib qolindilar. 10-noyabrda nemis qo‘mondonligi xavodan va dengizdan yirik kuchlarni olib kela boshladi, ulardan «NERING» operativ guruxi tashkil etildi, keyinchalik u 5-tank armiyasiga aylantirildi. Ittifoqchilar qo‘shinlari qo‘mondonligi, Rommel qo‘shinlarini 5-tank armiyasi bilan birlashishiga yo‘l qo‘ymaslikka xarakat qilib, 1943- yil fevral oyining birinchi kunlarida frontning o‘ng qanotida armiya korpusining kuchlari bilan xujumni amalga oshirdilar. Fashistlar qo‘mondonligi qarshi choralarni ko‘rdi va ittifoqchilar qo‘shinlariga qarshi zarba berdi. Tunisda xarbiy xarakatlar uzoq davom etish xarakteriga ega bo‘ldi. Faqat 1943- yil mart oyining oxirida inglizlarning zirxli tank qismlari Maret chizig‘ini janubiy - g‘arbdan, cho‘l va tog‘lardan aylanib o‘tib, dushmanning o‘ng qanotiga va front ortiga zarba berish xavfini yaratdi. Lekin Rommel o‘zining xoldan toygan armiyasini zarba ostidan shimolga olib o‘tishga ulgurdi. May oyida ittifoqchilar xal qiluvchi, so‘ngi xujumga o‘tdilar. Italiya-nemis qo‘shinlarining qolgan-qutganlari Boi oroliga o‘tdi va shu erda 1943- yil 13 mayda kapitulyasiya qildi. SHu bilan SHimoliy Afrikada xarbiy xarakatlar tugadi. SHunday qilib AQSH va Angliya birgalikdagi xarakatlari bilan Afrikada fashistlar blogi qo‘shinlari ustidan g‘alabaga erishdilar. ANGLIYA-AMERIKA QO‘SHINLARINING SITSILIYANI EGALLASHI. ITALIYANING URUSHDAN CHIQISHI. ITTIFOQCHILAR QO‘SHINLARINING ITALIYAGA TUSHURILISHI VA JANGOVAR XARAKATLARNING UMUMIY BORISHI. Bir yarim oylik tayyorgarlikdan so‘ng angliya-amerika qo‘mondonligi 1943- yil iyul-avgustida Sitsiliya desant-operatsiyasini o‘tkazdi. Uni amalga oshirish uchun xamma quruqlikdan qo‘shinlar 7-amerika va 8 –inglizlar armiyalariga birlashtirildi va 15-armiya guruxi tashkil etildi (щammasi 23 ta diviziya). Desant tushurilishini 4000 tadan ortiq samolyotlar va 3000 tadan ortiq jangovar va transport kemalari ta’minlab turdilar. Dushman tomonidan Sitsiliya orolini, o‘z safida 11 ta diviziyani (9 ta italiyaliklar va 2 ta nemislar diviziyalari) olgan 6-italiya armiyasi mudofaa etib turgan edi. Dastlabki aviatsiya tayyorgarligi o‘tkazilib, u 50 kun davom etdi. Uning davomida italiya-nemis aviatsiyasi 400 ta samolyotini yo‘qotdi. Dengiz desantini tushurish 1943- yil 10–iyulda karabllar artilleriyasi va aviatsiyaning kuchli qo‘llab-quvvatlovida boshlandi. 8-inglizlar armiyasi orolning janubiy-sharqiy qismiga, 7-amerika armiyasi esa Janubiy-G‘arbiy qismiga tushurildi va ular 50 km ga olg‘a xarakatlandilar. Lekin Sitsiliyani to‘lig‘iga egalash 17 avgustda amalga oshirildi. Sitsiliya desant operatsiyasi o‘tkazilganidan keyin Appenin yarim oroliga xujum qilish uchun qulay sharoit yaratildi. SHu vaziyatda Italiya xalqining fashizmga qarshi kurashi natijasida Mussolini tuzumi ag‘darilib tashlandi. YAngi xukumat, SHimoliy Afrika va Sitsiliyadagi og‘ir muvaffaqiyatsizliklar oqibatida, gitlerchilar qo‘shinlarining Kursk ostonalaridagi xalokati va antifashist qarshilik ko‘rsatish xarakatlarining oshganligi tufayli, 1943- yil 3 sentyabrda ittifoqchilar bilan tinchlik sulxini tuzishga majbur bo‘ldi. SHu kuniyoq 8-inglizlar armiyasi xech qanday qarshilikka uchramay Appenin yarim orolining janubiga tushurildi. 8-sentyabrda uning birlashmalari 120 km ga xarakatlanib, 16-sentyabrda Italiyaning g‘arbiy qirg‘oq buylarida Solerna rayonida tushurilgan 5- amerika armiyasi bilan birlashdilar. Noyabrning boshlarida nemis-fashist qo‘mondonligi mudofaa uchun etarli kuch va vositalarga ega bo‘lmaganligi uchun, o‘z qo‘shinlarini ancha mustaxkam bo‘lgan Rimning janubidagi mudofaa marrasiga olib o‘tdi. Ingliz-amerika qo‘shinlari shu marraga chiqib dushman mudofaasini yorib o‘tish uchun bir-nechta muvaffaqiyatsiz urinishdan so‘ng mudofaaga o‘tishga majbur bo‘ldilar. Ular 1943- yil noyabridan 1944- yilning iyuligacha boshqa faol xarakatlarni amalga oshirmadilar. Download 323 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling