Urush boshlanishidagi harbiy-siyosiy ahvol


ITTIFOQCHILAR ARMIYALARINING FRANSIYA


Download 323 Kb.
bet23/24
Sana26.02.2023
Hajmi323 Kb.
#1233736
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24
Bog'liq
URUSH BOSHLANISHIDAGI HARBIY

ITTIFOQCHILAR ARMIYALARINING FRANSIYA
ICHKARISIDAGI XUJUMLARI.
1944- yilning 25 iyulidan ittifoqchilar qo‘shinlarining SHimoliy Fransiyada xujumlari boshlandi. Xujum davomida 1-Amerika armiyasi 27 iyul oxirida nemis-fashist qo‘shinlarining taktik mudofaa zonasini yorib o‘tib Avransh shaxrini egalladi. Jangga 3-Amerika armiyasi kiritilib, Fransiya ichkarisiga ildam xarakatlanib ketdi. SHu vaqtga kelib fashizmga qarshi qarshilik Ko‘rsatish xarakati keng quloch yoyganligi sababli, ushbu armiya kuchli qarshilikka uchramadi.
Ingliz qo‘shinlari amerikaliklar muvaffaqiyatidan foydalanib o‘ng qanotda 20-25 kmga olg‘a щarakatlandilar. 8-avgustda 3-Amerika armiyasining Le-Man va Ajrantanga chiqishi va 1-Kanada armiyasining janubda xarakatlanishi natijasida Faleza rayonida dushmanning asosiy kuchlarini qurshab olish va to‘lig‘icha tor-mor etish imkoniyati tug‘ildi. Lekin, ittifoqchilarning sust xarakatlari va ularda yirik qo‘shin guruxlarini qurshab olish va tor-mor etish tajribasi yo‘qligi sababli, bu vazifani xarakatlanish mobaynida amalga oshirish nasib etmadi. Bundan foydalangan nemislar Faleza rayonidan jang qilish qobiliyati yuqori diviziyalarini olib chiqdi. 19-avgustda ittifoqchilar oltita piyodalar va ikkita tank diviziyalarining tarqab ketgan qismlarini qurshovga oldilar. Xammasi bo‘lib 125 ming odam. Lekin keyinchi uch kunda nemis qo‘shinlari qurshovdan 30-35 ming odamini olib chiqishga muvaffaq bo‘ldilar.
SHunday qilib, ittifoqchilar qo‘shinlari dushmanning bosh guruxlarini qurshab olish va tor-mor etish vazifasini to‘lig‘icha bajara olmadilar.
Falez ostonasidagi mag‘lubiyatdan keyin nemis-fashist qg‘shinlarining umumiy chekinishi boshlandi. Ittifoqchilar qo‘shinlari dushmanni shiddat bilan ta’qib etib, 16 avgustda Luara va Sena daryolari marralariga chiqdilar.
Ittifoqchilar qo‘shinlariga qarshilik Ko‘rsatish xarakati katta yordam berdi. Uning ishtirokchilari ittifoqchilar qo‘mondonligiga dushman xaqida ma’lumot etkazib, kommunikatsiyalarni buzib tashladilar, katta-katta rayonlarni ozod etdilar. 19 avgustda Parijda qurolli qo‘zg‘olon boshlanda, u 25 avgustda nemislar garnizonining kapitulyasiyasi bilan tugadi.
SHu vaqtga kelib Sena daryosi marrasidan xujum qilayotgan Amerika-Angliya qo‘shinlari Zigfrid chizig‘iga etdilar, lekin uni, dushmanning qattiq qarshiligi tufayli xarakatlanish mobaynida yorib o‘ta olmadilar.
1944- yil 17-sentyabrdan–26 sentyabrgacha 2-Angliya armiyasining kuchlari bilan, dushman mudofaasini yorib o‘tish maqsadida Gollandiyada Arnem operatsiyasi o‘tkazildi. Bunda, Zigfrid chizig‘ini tor uchastkada (3,2km) xavo-desant qo‘shinlarining yirik kuchlarini (xavo-desant armiyasi) jalb etib yorib o‘tish uchun bo‘lgan xarakatlar yaqqol ko‘zga tashlandi. Operatsiya-ittifoqchilar uchun muvaffaqiyatsiz tugadi.
Lekin bu operatsiya AQSH va Angliyaning xavo-desantini desantlash bo‘yicha katta texnik imkoniyatlarini tasdiqladi. Bu operatsiyani o‘tkazib, ittifoqchilar qo‘shinlari shiddatli janglarni olib borib dekabr oyining o‘rtalarida Strasburgdan Arnemgacha rayonda Germaniya chegarasiga chiqib mudofaaga o‘tdilar.
Ittifoqchilar Italiyada katta muvaffaqiyatga erisha olmadilar. 1944- yil davomida ular Po daryosi bo‘ylaridagi vodiylarga chiqish vazifasini bajara olmadilar. 4 iyunda ular nemislar tomonidan tashlab chiqib ketilgan Rimni egalladilar va 1944- yil oxirida Ravenna, Petrasanta marrasiga chiqdilar va shu erda dushman tomonidan butun qish davomida to‘xtatib qolindilar.
SHunday qilib, 1944- yil oxirida gitlerchilar qo‘mondonligi g‘arbiy frontni barqarorlashtirishga muvaffoq bo‘ldi. Lekin uning antifashist koalitsiyasiga zarba berish umidi amalga oshmadi.

Download 323 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling