Urush boshlanishidagi harbiy-siyosiy ahvol


G`ARBIY EVROPADA HARBIY HARAKATLAR TAKTIKASI


Download 323 Kb.
bet21/24
Sana26.02.2023
Hajmi323 Kb.
#1233736
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24
Bog'liq
URUSH BOSHLANISHIDAGI HARBIY

G`ARBIY EVROPADA HARBIY HARAKATLAR TAKTIKASI.
1944- yil o‘rtalarida Evropada xarbiy-siyosiy vaziyat Sovet Qurolli kuchlarining g‘alabalari va Evropa davlatlari xalqlarining fashist bosqinchilariga qarshi milliy-ozodlik kurashlarining keng qanot yoyganligi bilan xarakterlandi. Fashistlar Germaniyasi va uning ittifoqchilarining axvoli tezlik bilan yomonlashishda davom etdi. Nemis-fashistlari, SHarqiy frontda sovet qo‘shinlarining yangi qudratli zarbalari berilishini tushunib, bu erda o‘z qurolli kuchlarining asosini ushlab turardi. SHu sharoitlarda gitlerchilar raxbariyati, Fransiyada amerika-angliya qo‘shinlari tushurilishini qaytarish uchun etarli kuchlarni jamlash imkoniyatiga ega emas edi. AQSH va Angliya xukumron doiralari, Evropaga bostirib kirishni kechiktirish o‘zlarining manfaatlari uchun xam xavfli ekanligini tushunib etdilar, chunki Sovet Armiyasi ittifoqchilarsiz xam Gitlerchilar Germaniyasini tor-mor etishga va Evropa xalqlarini fashizm qulligidan ozod etishga yordam berishga qodir edi.
Bu xammasi AQSH va Angliyani 1944- yil yozida, 2 yilga kechiktirib Evropada ikkinchi frontni ochishga majbur etdi.
SHimoliy Fransiyaga qo‘shin tushurish va xujumni boshlash uchun ittifoqchilar Britaniya orollarida 38 ta diviziyani, 12 ta brigadani va 10 ta «Komandos», «Reyndjers» otryadlarini jamladilar.
Ularning saflarida – 6000 ta tank va SAU lar, 15000 ta orudiya va minomyotlar, 10800 ta jangovar va 2300 ta dan ortiq transport samolyotlari, 2600 ta atrofida planerlar va 6939 ta xar xil maqsadlarda qo‘llaniladigan kemalarga ega edilar.
G‘arbiy Evropada ittifoqchilar qo‘shinlariga qarshi dushmanning 58 ta diviziyasi (ulardan 9 tasi tank diviziyasi) turgan bo‘lib, ularning jang olib borish qobiliyati shaxsiy tarkib etishmaganligi sababli juda past edi.
Ularning safida – 2000 ta tank va shturmchi orudiyalar, 67000 ta orudiya va minomyotlar, 350 ta samolyotlar mavjud edi.
SHunday qilib, kuchlar nisbati bo‘yicha ustunlik: shaxsiy tarkib bo‘yicha-3 marta, orudiya va minomyotlar bo‘yicha-2,2 marta, ittifoqchilar foydasida edi. Samolyotlar va kemalar bo‘yicha ittifoqchilar anchagina ustunlikka ega edilar.
Ittifoqchilar qo‘mondonligining umumiy rejasiga ko‘ra, desantni Normandiyaga, keyin Fransiyaning janubiga tushurish ko‘zda tutildi. SHu bilan bir vaqtning o‘zida, Po daryosi vodiylariga chiish uchun Italiyada xujumni davom ettirish rejalashtirildi.

Download 323 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling