Urush boshlanishidagi harbiy-siyosiy ahvol


KURSK JANGI. KUCHLAR GRUPPIROVKALARI VA TOMONLAR REJASI. SOVET QO‘SHINLARINING KURSK YO‘NALISHIDAGI MUDOFAA JANGLARI


Download 323 Kb.
bet16/24
Sana26.02.2023
Hajmi323 Kb.
#1233736
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   24
Bog'liq
URUSH BOSHLANISHIDAGI HARBIY

KURSK JANGI. KUCHLAR GRUPPIROVKALARI VA TOMONLAR REJASI. SOVET QO‘SHINLARINING KURSK YO‘NALISHIDAGI MUDOFAA JANGLARI.
Oliy Bosh Qo‘mondonlik Stavkasi dushmmanning yozgi xujum tayyorgarligini o‘z vaqtida bilib, ularning reja va maqsadlarini ochib tashladi. SHundan so‘ng Janubiy va Janubiy-G‘arbiy yo‘nalishlarda umumiy xujumni boshlab yuborish rejalashtirildi. Kursk yoyini mudofaa etish Markaziy frontga (K.K.Rokossovskiy) va Voronej frontiga (N.F.Vatutin) topshirildi. Bu frontlarning front ortida yirik strategik zaxira kuchlari to‘planib, CHo‘l fronti (I.S.Konev) tarkibiga kiritildi.
Sovet qo‘shinlari mustaxkam, chuqur eshelonlashtirilgan mudofaani tashkil etdilar. Mudofaaning oldingi chizig‘ida va ichkarisida xar xil tankka qarshi to‘siqlar yaratildi. TQTP safiga odatda 3-5 ta tankka qarshi orudiya, 9-12 ta tankka qarshi miltiqlar (PTRD, PTRS), 2-4 ta minomyotlar, bitta vzvodgacha sapyorlar va avtomatchilar otdeleniesini olgan. Ayrim щollarda TQTPga tank va SAUlar biriktirilgan.
Markaziy frontda bir necha TQTP polkka ajratilgan mudofaa joyida, tankka qarshi rayonlarga birlashtirilgan.
YAxshi tashkil etilgan tankka qarshi mudofaa Sovet qo‘shinlariga dushmanning yirik tank bo‘linmalari bilan muvaffaqiyatli jang olib borish va ularga jangning birinchi kunlaridayoq mudofaa taktik zonasida katta talofatlar etkazish imkoniyatini berdi.
KURSK BO‘SAG‘ASIDAGI MUDOFAA JANGLARI.
Razvedka ma’lumotlari bo‘yicha, dushmanning xujumga o‘tishi 5- iyulda ekanligi aniqlandi. SHu kuni erta tongda Markaziy va Voronej frontlari dushmanning zarbdor guruxlari to‘plangan rayonlarga rejalashtirilgan artilleriya qarshi zarbalarini berdi. Dushmanga katta talofatlar etkazilib, uning xujumi 1,5-2 soatga to‘xtatib turildi.
Talofatlarga qaramasdan, 1943 yil 5-iyul ertalab artilleriya va aviatsiya zarbalari to‘suvida dushmanning Oryol guruxi xujumga o‘tib, asosiy zarbani Olxatovkaga 13-armiya chizig‘iga berdi, ikkalamchi zarba Maloarxangelsk va Fatejga berildi.
Xamma qurol turlaridan berilgan kuchli zarba va muxandislik to‘siqlari o‘ta kuchli dushman xujumini muvaffaqiyatli qaytarishni ta’minladi. Olti kun davomida dushman mudofaani 10-12 km.ga yorib kirishga muvaffaq bo‘ldi. 42 ming odamini va 800 ta tankidan ajragan dushman xujumni to‘xtatishga majbur bo‘ldi. Dushman xujumi inqirozga uchradi. Xamma zaxiralarini ishga solib bo‘lgan dushman xujumdan voz kechib, 11 iyulda mudofaaga o‘tdi.
Dushman Voronej fronti qo‘shinlariga xam qarshi xujumni 1943 yilning 5-iyulida, asosiy zarbani Oboyan, ikkilamchi zarbani Korochaga berish bilan boshladi. Birinchi kundayoq fashistlar Oboyan yo‘nalishida Sovet qo‘shinlari marralariga aviatsiya qo‘llab-quvvatlovida 700 tagacha tankini tashladi va u mudofaani 30-35 km ga yorib kirdi.
Lekin fashistlarning Kurskka Oboyan orqali yorib kirish xarakatlari barbod bo‘ldi. SHundan so‘ng ular Kurskka Proxorovka orqali yorib o‘tishga xarakat qilib ko‘rdilar. Lekin fashistlarning yo‘liga zaxiradan etib kelgan 5- gvardiyachi tank armiyasi va 5-gvardiyachi armiya turardi. Bu armiyalar, avvaldan shu erda xarakatlanayotgan qo‘shinlar bilan birgalikda dushmanning xujum qilayotgan tank guruxlariga qarshi zarbalar berish vazifasini oldilar. 1943 yil 12-iyulda Sovet qo‘shinlari qarshi zarbani boshladilar. Dushman xam faol xarakatlarini boshlab yubordi. Buning natijasida tanklarning to‘qnashuv janglari boshlanib, unda xar ikkala tomondan 1200 ta tank va O‘YUAQ (SAU)lar qatnashdi. Nemis-fashistlarining janubdan Kurskka yorib kirish rejasi oxrigacha barbod bo‘ldi. Dushman mudofaaga o‘tishga majbur bo‘ldi, 16- iyuldan esa chekina boshladi. Voronej fronti qo‘shinlari, 18-iyuldan CHo‘l fronti qo‘shinlari bilan birgalikda dushmanni ta’qib etishni boshlab, 23 iyul oxirida mudofaa janglari boshida egallagan marraga chiqdilar.
SHunday qilib, shiddatli mudofaa janglari davomida Sovet qo‘shinlari dushmanning zarbdor guruxlarini xoldan toydirib, ularga katta talofatlar etkazib, Sovet qo‘shinlarini Kursk ostonasida tor-mor etishga erishish rejalarini barbod etdilar. Nemislarning sovet-german frontidagi navbatdagi yirik xujumi mag‘lubiyat bilan tugadi. Bu ularning oxirgi xujumi edi.

Download 323 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling