Urush boshlanishidagi harbiy-siyosiy ahvol


EL-ALAMEYN YAQINIDAGI OPERATSIYA


Download 323 Kb.
bet19/24
Sana26.02.2023
Hajmi323 Kb.
#1233736
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24
Bog'liq
URUSH BOSHLANISHIDAGI HARBIY

EL-ALAMEYN YAQINIDAGI OPERATSIYA.
(1942- yil 23.10-27.11).
1942- yil 23-oktyabrda ikkala tomon xam, O‘rta Er dengizi va Kattar oralig‘idagi mustaxkamlangan pozitsiyalarda ximoyada turar edi. Italiya-Nemis «Afrika» tank armiyasi o‘z safida to‘rtta nemislar, sakkizta italiyaliklar diviziyalari bilan El-Alameynning janubiy-g‘arbida, uzunligi 60 kmli marralarni egalladilar.
Mudofaa, tayanch punktlarini, qarshilik ko‘rsatish uzellari yaratish va ushlab turish prinsipida qurildi.Uning umumiy chuqurligi 15-20 kmga etdi, lekin qo‘shinlar uning faqat asosiy qismini egalladilar. Xammasi bo‘lib bu guruxda-80 ming odam, 540 ta tank, 1200 tadan ortiq orudiyalar va 350 ta dan ortiq samolyotlar mavjud edi. Diviziyalarning to‘ldirilganligi 40-50 % ni tashkil etdi.
SHu vaqtga kelib, inglizlar qo‘mondonligi o‘z qo‘shinlarini odamlar va texnika bilan to‘ldirdi va nemis- italiya qo‘shinlariga zarba berish maqsadida operatsiyalarni rejalashtirdi.
10 ta diviziya va 4 ta brigadadan tashkil topgan ingliz qo‘shinlari o‘z saflarida 230 ming odamga, 1440 ta tanklarga, 2300 ta dan ortiq orudiyalarga va 1500 ta samolyotlarga ega edilar. Ingliz qo‘shinlari dushman ustidan odamlar bo‘yicha – 2,8 marta, tanklar bo‘yicha –2,6 marta, artilleriya bo‘yicha-1,9 marta, aviatsiya bo‘yicha – 4,2 marta ustunlikka ega edilar.
8-Armiya qo‘mondonligining maqsadi, bosh zarbani dushmanning o‘ng qanotiga berishdan iborat edi. Beshta piyodalar diviziyalari va ikkita zirxli tank brigadalaridan tashkil topgan qo‘shinlarning zarbdor guruxi dushman mudofaasini 9 kmli frontda yorib o‘tishi kerak edi. Keyin armiyaning ikkinchi eshelonini (3 ta zirxli tank diviziyalari) jangga kiritib, muvaffaqiyatni rivojlantirib, birinchi eshelon birlashmalari bilan dushmanning asosiy kuchlarini tor-mor etishni tugatishi kerak edi. Bitta korpusga dushmanni chap qanotda chalg‘itish va xoldan toydirish vazifasi yuklatildi. Keyinchalik, chekinayotgan dushmanni g‘arbga tomon ta’qib etib, 8-Armiya qo‘shinlari butun Liviyani egallashlari kerak edi.
Germaniya-italiya qo‘mondonligining rejasi mudofaa xarakteriga ega edi. Uning qaroriga ko‘ra, Britaniya qo‘shinlarining xujumlarini birinchi eshelondagi piyodalar diviziyalarining kuchlari bilan qaytarish, yorib kirgan dushman qo‘shinlarini to‘rtta tank diviziyalarining qarshi zarbalari bilan bartaraf etishdan iborat edi.
YOrib o‘tishni amalga oshirish uchun kuchli artilleriya guruxi yaratildi. YOrib o‘tish uchastkalarida artilleriya qalinligi frontning xar bir kmda 100 ta orudiyaga etdi.
1942- yil 20 oktyabrdan 23-oktyabrgacha Angliya XXK jangdan oldin keng ko‘lamli aviatsiya tayyorgarligini o‘tkazdi. Aviatsiya zarbalari dushmanning aerodromlariga, kommunikatsiyalariga va qo‘shinlar to‘plangan joylariga berildi.
1942- yil 23-oktyabr 23.00 da 20 daqiqalik artilleriya tayyorgarligi boshlandi. Artilleriya zarbalari dushmannnig artilleriya batareyalariga, qo‘mondonlik kuzatuv punktlariga (QKP) va qarshilik ko‘rsatish uzelariga jamlandi.
Soat 23.30 da artilleriyaning olovli vali qo‘llab-quvvatlovida piyodalar xujumni boshadilar. YOrib o‘tish mudofaa pozitsiyalarining sekinlik bilan yanchilishiga aylanib ketdi. 24-oktyabrda jangga ikkinchi eshelon birlashmalari xarakatchan kuchlarining bir qismi kiritildi. Ingliz tanklarining operativ tekislikk chiqish uchun qilgan xarakatlari muvaffaqiyat keltirmadi. Keyingi uch kun mobaynida inglizlar atakani davom ettirdilar, lekin xal qiluvchi natijaga erisha olmadilar. 8- Armiya qo‘mondoni general Montgomeri xujumni to‘xtatdi, tank diviziyalarini jangdan chiqardi va qo‘shinlarini qayta to‘pladi. Nemis-italiya qo‘mondonligi, inglizlar bosh zarbani o‘zining o‘ng qanotidan berishiga to‘liq ishonch xosil qildi va 27-oktyabrdan boshlab o‘zining tank birlashmalarini dengiz bo‘yiga olib o‘ta boshladi. General Rommel o‘zining chap qanotida dushmanga qarshi zarba berib, uning asosiy kuchlarini tor-mor etish uchun zarbdor gurux yarata boshladi. 28-oktyabrda inglizlar aviatsiyasi nemis-italiya tank diviziyalariga zarbalar berdi va ularning qarshi zarba berish rejasini barbod etdi.
2-noyabrga o‘tar kechasi 8-Armiya 4 soatlik artilleriya tayyorgarligidan keyin xujumga o‘tdi. Xujum karabl artilleriyasi va ittifoqchilar aviatsiyalarining osmonda to‘liq xukumronligida olib borildi. 1,5 sutka davomida 4 km olg‘a xarakatlanib, 8-Armiya oxir-oqibat dushmanning taktik mudofaa zonasini yorib o‘tdi. Xosil bo‘lgan bo‘shliqqa armiya qo‘mondoni, xujumni g‘arbga tomon rivojlantirish uchun 7- zirxli tank diviziyasini jangga kiritdi. Nemis – italiya qo‘mondonligi chekinishga qaror qildi. Birinchi bo‘lib Germaniya birlashmalari ortga olib o‘tila boshlandi, uning uchun Rommel italiyaliklardan butun transportni tortib oldi. Natijada chekina olmagan italiyaliklar asirga tushdi (30 mingtagacha askar va ofitserlar). SHu bilan El-Alameyn yaqinidagi operatsiya nixoyasiga etdi.
SHunday qilib, 8-inglizlar armiyasi ikki oylik xujumkor xarakatlar davomida, 1942-yil oktyabr oxiri-1943- yil boshlarida El-Alameyn yaqinida nemis-italiya qo‘shinlariga katta talofatlar etkazib, ularni Liviyadan xaydab chiqardi. Lekin bu safar xam inglizlarga dushman qo‘shinlarini batamom tor-mor etish nasib etmadi. Inglizlarning g‘alabasi SHimoliy Afrikada va O‘rta Er dengizida vaziyatni ularning foydasiga o‘zgartirdi.
Keyingi oy davomida 8 inglizlar armiyasi 1200 km olg‘a xarakatlandi, bunda o‘rtaga xarakatlanish surati 40 km ni tashkil etdi. CHekinayotgan dushmanni ta’qib etib armiya birlashmalari 27-noyabrda El-Ageylening janubiy marrasiga etib keldilar, keyin Tripoli portini egallab, 1943- yil fevral oyi boshida «Maret» chizig‘ida dushman tomonidan to‘xtatilib qolindilar.

Download 323 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling