Urush boshlanishidagi harbiy-siyosiy ahvol
NORMANDIYA DESANT OPERATSIYASI
Download 323 Kb.
|
URUSH BOSHLANISHIDAGI HARBIY
NORMANDIYA DESANT OPERATSIYASI.
O‘tkazilgan ikkita desant operatsiyalaridan, «Overlod» («Xukmronlik») maxfiy nomini olgan Normandiya desant operatsiyasi asosiysi edi. Desant operatsiyasining maqsadi, 80 km kenglikda bir vaqtning ыzida beshta piyodalar diviziyalarini qirg‘oqbuyida va qirg‘oqdan 15-20 km ichkarida uchta xavo-desant diviziyalarini tushurish, taktik platsdarmlarni egallash, keyin ularni birlashtirish va yigirmanchi kunning oxirida uni front bo‘yicha 100 km gacha, front chuqurligida 100-110 km ga kengaytirishdan iborat edi. Keyinchalik xujumni janubiy, sharqiy yo‘nalishlarda rivojlantirish va 90-kunning oxirida Sena va Luara marralariga chiqish rejalashtirildi. Desant tushurilishini to‘satdan amalga oshirishga erishish uchun, ittifoqchilar qo‘mondonligi kuch va vositalarni jamlashni dushmandan yashirish, dushman razvedkasi bilan kurashish va desant tushurilishi vaqti va rayoni to‘g‘risida uni chalg‘itish bo‘yicha keng tadbirlarni amalga oshirdi. Bostirib kirishdan oldin ikki oy mobaynida aviatsiya tayyorgarligi o‘tkazildi. Aviatsiya bomba zarbalari ko‘priklarga, temir yo‘l stansiyalariga, aerodromlarga berildi. Natijada qo‘shin tushurilishi kerak bo‘lgan rayonlar dushman zaxiralaridan ajratib qo‘yildi. Desant operatsiyasi 1944- yil 6 iyunga o‘tar kechasi aviatsiya tayyorgarligi va uchta xavo-desant diviziyalarini suv buyidan 15 km ichkariga tashlash bilan boshlandi. Bu vaqtda ittifoqchilar floti, xech qanday qarshiliksiz, La-Manshdan o‘tib 6 iyun ertalab Fransiya qirg‘oqlaridagi yoyilish rayonlariga etib keldi. Desant tushurilishidan 40 daqiqa oldin kemalar artilleriyasi kuchlari bilan artilleriya tayyorgarligi boshlandi. Desant tushurilishi daryoda suvning ko‘tarilishi va pasayishini xisobga olib o‘tkazildi. Suv pasayishi davrida suzuvchi tanklar to‘suvida shturmchi guruxlarning tushurilishi boshlandi, ularning vazifalari, o‘z zarbalari bilan saper guruxlarining to‘siqlarni tozalash ishlarini ta’minlashdan iborat edi. Suvning ko‘tarilishi bilan asosiy kuchlarning tushurilishi boshlandi. Xar bir diviziya, platsdarmlarni egallash vazifasini bilan, 1-eshelonning 1-2 ta kuchaytirilgan polklarini o‘z safiga olgan bo‘lib, 6-10 km li uchastkalarga tushirildi. Birinchi kunda beshta piyodalar diviziyalari tushurilib, ular xavo desanti bilan birlashdilar. Muvaffaqiyatga, birinchidan, gitlerchilar qo‘mondonligi qo‘shin tushurilishini Senson qo‘ltig‘idan emas, Pa-de-Kala rayonidan kutganligi; ikkinchidan, qo‘shinlarni xavodan qudratli qo‘llab-quvvatlanganligi qulaylik yaratdi. 12 iyun oxirida ittifoqchilar qo‘shinlari, front bo‘ylab 80 km, front chuqurligida 13-18 km li umumiy platsdarm yaratdilar. Ittifoqchilar armiyalarining strategik platsdarmlar uchun kurashlari bir yarim oy davom etdi. SHiddatli janglar natijasida iyul oxirida platsdarm front bo‘ylab 100-110 km ga, front chuqurligida 30-40 km ga etdi. 25 iyulda ittifoqchilar Sen-Lo janubi, Kan marralariga chiqdilar va yirik port shaxar SHerburni egalladilar. SHu bilan Normandiya desant operatsiyasi tugadi. Amerika-Angliya qo‘shinlarining SHimoliy Fransiyaga bostirib kirishlari natijasida, g‘arbiy Evropada qurolli kurashning yangi fronti ochildi, bu frontning, ya’ni ikkinchi frontning ochilishini butun antifashist kuchlari ikki yil davomida sabrsizlik bilan kutgan edilar. Ikkinchi front Germaniyaning anchagina kuchlarini o‘ziga jalb etdi. Lekin sovet-german fronti xali xam Ikkinchi jaxon urushining asosiy fronti bo‘lib qoldi. Ittifoqchilar qo‘shinlarining Normandiyaga tushurilishi, Ikkinchi jaxon urushining borishida eng yirik strategik axamiyatga ega bo‘lgan operatsiya bo‘ldi. Download 323 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling