Urush boshlanishidagi harbiy-siyosiy ahvol


ANGLIYA VA FRANSIYAGA QARSHI URUSH


Download 323 Kb.
bet4/24
Sana26.02.2023
Hajmi323 Kb.
#1233736
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24
Bog'liq
URUSH BOSHLANISHIDAGI HARBIY

ANGLIYA VA FRANSIYAGA QARSHI URUSH.
FRANSIYANING TEZLIK BILAN MAG‘LUBIYATGA UCHRASHINING SABABLARI.
Fashistlar Germaniyasi bilan urushga tayyorgarlik ko‘rib, Angliya, Fransiya qo‘mondonligi, xarbiy xarakatlar boshlanishi bilan o‘zlarining kuchli qo‘shin guruxlarini SHimoliy Fransiyadan, betaraf Belgiya va Gollandiya xududlariga olib chiqishga qaror qildilar. Bu davlatlar armiyalari bilan birlashib, Angliya-Fransiya guruxlari birgalikda Belgiya va Gollandiya chegaralarini ximoya etishi va nemislarning berilajak bosh zarbalarini shu erda qaytarishlari kerak edi.
SHu reja asosida ittifoqchilar Germaniyaga qarshi SHimoliy-sharqiy xarbiy-xarakatlar teatrida 143 ta diviziya, 3000 ta tank, 2700 ta dan ortiq samolyotlar tayyorladilar. Fransiya armiyasi uchta armiya guruxiga bo‘lindi, ulardan birinchisi – eng kuchlisi - Belgiyaga kirishi kerak edi.
Nemis-fashist qo‘mondonligi 135 ta diviziya va 1 ta brigadani, 2600 ta tank va 3500 ta samolyotlarni ularga qarshi tashladi. Bu qo‘shinlar «A», «V», «S» armiya guruxlariga birlashtirildi. «A» armiya guruxi – 45 ta diviziya va 3- xavo armiyasidan, «V», armiya guruxi – 29 ta diviziya va 2-xavo armiyasidan, «S», armiya guruxi – 19 ta diviziyadan iborat edi, va bosh qo‘mondonlik zaxirasi 42 ta diviziyadan tashkil topdi.
Fashistlar qo‘mondonligining maqsadi, Fransiya, Belgiya, Gollandiya xududlarida joylashgan ittifoqchilar qo‘shinlariga chuqur va kuchli zarbalar berish, La-Mansh bo‘g‘ozi qirg‘oqlariga chiqish, ittifoqchilar qo‘shinlarini bo‘lib tashlash, ularning asosiy kuchlarini qurshab olib, SHimoliy Fransiya va Belgiyada tor-mor etishdan iborat edi.
Asosiy zarbani «A» armiya guruxi Arden tog‘lari yonidan Lyuksemburg, Abvil yo‘nalishlariga, La-Mansh bo‘g‘ozi bo‘ylab, Majino liniyasini shimoldan aylanib o‘tib berishi ko‘zda tutildi. «A» armiya guruxi, «B» guruxi bilan birgalikda ittifoqchilarning kuchli birinchi armiya guruxlarini qurshab olishi va tor-mor etishi kerak edi.
«B» armiya guruxining vazifasi, «A» armiya guruxi ittifoqchilar qo‘shinlarining ortidan aylanib o‘tib kirishi paytida, o‘zining chap qanoti bilan Belgiyada ittifoqchilar qo‘shinlariga zarba berish va ularni xoldan toydirishdan iborat edi.
«S» armiya guruxi Majino liniyasi qarshisini ximoya etish va shu erda fransuz qo‘shinlarini xoldan toydirish vazifasini oldi.
1940 - yil 10 mayda nemis-fashist qo‘shinlari xujumga o‘tdilar. Tongda birinchi zarbani fashistlar aviatsiyasi 3500 ta samolyoti bilan Fransiya aerodromlariga 300 km. chuqurlikda bera boshladi. Natijada nemislar xavoda xukumronlikni qo‘lga kiritdilar. Bir vaqtning o‘zida xavo desantlari ko‘plab suv to‘siqlaridagi ko‘priklarni, istexkomlarni, tayanch punktlarini bosib olish uchun Gollandiya va Belgiya xududiga tushurila boshlandi.
Fashistlarning bostirib kirishi bilan ittifoqchilar qo‘mondonligi o‘zining noto‘g‘ri rejalari asosida birinchi guruxdagi bosh kuchlardan iborat armiyalarni Gollandiya va Belgiyaga kiritishga buyruq berdi. Bu erda nemislarning ikkilamchi kuchlari - «B» armiya guruxi va ittifoqchilarning asosiy kuchlari o‘rtasida jang xarakatlari boshlanib ketdi. Bu xolat Kleystning shu vaqtda Arden orqali kelayotgan tank guruxining xarakatlarini engillashtirdi. Uch sutka mobaynida bu gurux 100-120 km. ilgarilab ketib, 13 mayda 100 kmli frontda Maas daryosi bo‘ylariga chiqdi. Maas daryosini kechib o‘tish xarakatlanish mobaynida, 14 soat vaqt ichida amalga oshirildi. 1940- yilning 20 mayida Kleystning bosh qo‘shinlari Dyunkerning janubrog‘idan La-Manshga chiqdilar.
Nemis-fashistlarning «A» va «B» guruxlarining birgalikdagi xarakatlari natijasida 25 mayda ittifoqchilar qo‘shinlari SHimoliy Fransiyada va Flandriyada siqib qo‘yildi. Belgiya armiyasi kapitulyasiya qildi. Angliya armiyasi 28 maydan 4-iyun oralig‘ida Dyunkerdan evakuatsiya qilindi.
5 iyunda nemis-fashist qo‘shinlari kuchsizlanib qolgan fransuzlar armiyasiga Somma daryosi buyida qattiq zarba berdilar. Bir necha chuqur zarbalar berib, ular Fransiyaning markaziy rayonlariga bostirib kirib, Parijni egalladilar. Bu operatsiyalarning xarakterli tomoni, fashistlar qo‘mondonligi tomonidan bir emas, xar biri uchtadan mexanizatsiyalashgan korpusni o‘z ichiga olgan uchta tank guruxining qo‘llanilishi edi. Ular kuchli chuqur zarbalar berib fransuz armiyasini tor-mor etishni oxiriga etkazdilar. 1940- yil 22-iyunda Fransiya xukumati Gitler bilan tinchlik sulxini imzoladi.

Download 323 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling