Ushbu bandni Siz to'ldiring!


Download 53.52 Kb.
bet3/20
Sana02.01.2022
Hajmi53.52 Kb.
#188335
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
Bog'liq
FPH

Kazusning yechimi.

Jamiyatning davlatga bo‘lgan ishonchi, shu davlatda sud-huquq tizimida joriy etilgan protsessual normalarning mukammalligi, izchilligi va qabul qilingan yuridik kuchdagi hujjatning haqiqatdan ijro etilishi kafolatlanganligiga bog‘liqdir. Zero qonunlar qabul qilingani bilan ularning amalda bajarilmasligi mamlakatning bir joyda tepsinib turishidan o‘zga narsa emas.



Kirish

O‘zbekiston Respublikasidagi mavjud mehnat qonunchiligi, ish beruvchi hamda xodim o‘rtasida vujudga keladigan huquq va majburiyatlarning o‘zaro tengligiga va har ikkisining ham huquqlariga hech qanday zarar yetkazmaslikka qaratilingandir. Mehnat huquqiga oid munosabatlar huquq tizimining alohida sohasi bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga ko‘ra yuzaga keladigan nizolar avvalo bosh qomusimiz – Kostitutsiyamiz, shuningdek, Mehnat kodeksi, Fuqarolik kodeksi hamda ushbu sohaga oid qonun va qonun osti hujjatlariga asosan hal etiladi.

Mamlakatimizda Sobiq Sovet tuzumidagi mehnat tushunchasidan farqli o‘laroq mehnat qilish majburiyat1 emas, balki insonning iqtisodiy-ijtimoiy huquqlaridan biri hisoblanadi. Ish beruvchi hamda xodim o‘rtasidagi huquqiy munosabatlar mehnat shartnomasi ya’ni mehnat to‘g‘risidagi qonunlar va boshqa normativ hujjatlar bilan belgilangan shartlar asosida haq evaziga bajarish haqidagi kelishuv asosida yuzaga keladi. Bu kelishuv natijasida o‘zaro huquq va majburyatlarning vujudga kelishi nuqtai nazaridan mehnat sohasiga oid nizolar O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksining 26-moddasida keltirilganidek fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlarga taalluqlidir.

Asosiy qism

Yuqoridagi kazusga javob berish uchun o‘z oldimizga, avvalo, vaziyatni ilmiy hamda qonuniy nuqtai nazardan tahlil qilib olish, so‘ngra, normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu vaziyatga qo‘llash orqali javob berish vazifasini qo‘yib olamiz.




Download 53.52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling