Ushbu bandni Siz to'ldiring!


Demak, da’vogar Y.Y.Yepiskop O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksining mavjud normalariga asosan sudga to‘g‘ri murojaat qilgan


Download 53.52 Kb.
bet5/20
Sana02.01.2022
Hajmi53.52 Kb.
#188335
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
Bog'liq
FPH

Demak, da’vogar Y.Y.Yepiskop O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksining mavjud normalariga asosan sudga to‘g‘ri murojaat qilgan.
Ikkinchi masala.

Kazusimizda javobgar vakili ish yuritishni tugatish haqidagi ariza bilan sudga murojaat qilganligi ham aytib o‘tilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksining 40-moddasida “ishda ishtirok etuvchi shaxslar ish materiallari bilan tanishish, ulardan ko‘chirmalar olish, nusxalar ko‘chirish, rad etish to‘g‘risida arz qilish, dalillar taqdim etish, dalillarni tekshirishda ishtirok etish, ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarga va odil sudlovni amalga oshirishga ko‘maklashayotgan shaxslarga savollar berish, arz qilish, iltimosnomalar taqdim etish, sudga og‘zaki va yozma tushuntirishlar berish, sud muhokamasi davomida yuzaga keladigan barcha masalalar bo‘yicha o‘zlarining vajlarini bayon qilish, boshqa shaxslarning arzlari, iltimosnomalari, vajlariga qarshi e’tirozlar bildirish, sud hujjatlari ustidan shikoyat qilish, sud hujjatlarining majburiy ijrosini talab qilish, davlat ijrochisi tomonidan harakatlar sodir etilishida hozir bo‘lish va o‘z huquqlarini amalga oshirish huquqiga egadir”, deyiladi. Ushbu kodeksning 44-moddasida bo‘lsa “Taraflar protsessual huquqlardan teng foydalanadilar va teng majburiyatlarga ega bo‘ladilar.

Da’vogar bildirilgan talablarning asosini yoki predmetini o‘zgartirishga, qo‘shimcha talablar taqdim etishga, da’vo talablarining miqdorini oshirishga yoxud kamaytirishga, ulardan to‘liq yoki qisman voz kechishga haqli.

Javobgar da’vogarning talabini to‘liq yoki qisman tan olishga, qarshi da’vo taqdim etishga haqli”, deyiladi.

Yuqorilardan kelib chiqadiki, javobgar vakili sudga ish yuritishni tugatish haqidagi ariza bilan murojaat qilishi huquqiga ega.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksining 124-moddasiga asosan sud quyidagi hollarda ish yuritishni tugatadi, agar:


  • ish sudga taalluqli bo‘lmasa;

  • fuqarolik ishlari bo‘yicha sudning, iqtisodiy sudning yoki ma’muriy sudning yoxud chet davlat vakolatli sudining ayni bir taraflar o‘rtasidagi, ayni bir predmet to‘g‘risidagi va ayni bir asoslar bo‘yicha nizo yuzasidan qonuniy kuchga kirgan hal qiluv qarori yoki da’vogarning arz qilingan talablaridan voz kechishini qabul qilish to‘g‘risidagi yoxud taraflarning kelishuv bitimini tasdiqlash haqidagi ajrimi mavjud bo‘lsa;

  • da’vogar arz qilingan talablaridan voz kechgan va sud bu voz kechishni qabul qilgan bo‘lsa;

  • taraflar kelishuv bitimi tuzgan va u sud tomonidan tasdiqlangan bo‘lsa;

  • hakamlik sudining ayni bir taraflar o‘rtasidagi, ayni bir predmet to‘g‘risidagi va ayni bir asoslar bo‘yicha nizo yuzasidan hal qiluv qarori mavjud bo‘lsa, bundan sud hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasini berishni rad etgan hollar mustasno;

  • ish bo‘yicha taraflardan biri bo‘lgan fuqaroning vafotidan so‘ng nizoli huquqiy munosabat huquqiy vorislikka yo‘l qo‘ymasa;

  • ish bo‘yicha taraf bo‘lib qatnashayotgan tashkilot tugatilgan bo‘lsa.

Demak, javobgar O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi Nukus shahar boshqarmasining ish yuritishni tugatish to‘g‘risidagi arzi huquqiy jihatdan asosga ega bo‘lmaganligi sababli suddan ushbu talabni so‘rash noo‘rin.


Download 53.52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling