Ушбу ы=ув =ылланма в 5140900 касб таълим (бинолар ва иншоотлар =урилиши) йыналиши быйича билим олаётган талабалар, 3-йиллик ма
CHuqurlikda titrashni qo’zg’atuvchilar
Download 3.89 Mb. Pdf ko'rish
|
Qurilish mashinalari.Qurilish jarayonlari texnologiyasi-maruza-1585404135
6.5.2.CHuqurlikda titrashni qo’zg’atuvchilar Ularni armaturalash darajasi xar xil bo’lgan (blok, fundament, devor oraliqlari) yaxlit va og’ir metall konstruktsiyalarni tayyorlashda beton qorishmasini zichlash, shuningdek, temir- beton konstruktsiyalarini tayyorlashda ishlatiladi. Zichlashtirish ularni beton massasi ichiga cho’ktirish yo’li bilan amalga oshiriladi. Titrashni qo’zg’atuvchi qurilmalarni qorishma ichiga cho’ktirish qo’lda yoki yuk ko’tarish moslamasi ilgagiga ilib qo’yib amalga oshirish mumkin. Markazdan qochma mexanizmlarining turiga ko’ra debalans va friktsion - planetarlilarga bo’linadi. Titrash qo’zg’atuvchilarda elektrik, pnevmatik, gidravlik va ichki yonuv dvigatelli yuritmalar qo’llaniladi. qo’lda cho’ktiriladigan elektrik chuqurlik titrash qo’zg’atuvchilarning dvigatellari konstruktiv jixatdan tashqariga va ichkariga o’rnatilgan bo’ladi. Dvigateli tashqariga o’rnatilgan titrash qo’zg’atuvchilarda aylanma xarakat o’ngga aylanuvchi kulachokli mufta vositasida egiluvchan val orqali tsilindrik korpusga joylashgan titrovchi mexanizm (uchlik) ga uzatiladi. Ular xar xil o’lchamdagi titrovchi tishlardan jamlanadi. Dvigateli ichkariga o’rnatilgan titrashni qo’zg’atuvchilar titrovchi mexanizm (uchlik) xamda rezina mato bilan ulangan qo’shgichli dastakdan iborat. Titrovchi mexanizm (uchlik) chuqurlikda titrash qo’zg’atuvchilarning asosiy qismi xisoblanadi. Ular yopiq tsilindrik shaklda ishlangan bo’ladi. Debalansli chuqurlikda titrash qo’zg’atuvchining vali tashqariga o’rnatilgan dvigateldan xarakatga keltiriladi va podshipniklarga tayanadi. Val debalans bilan aylanganda titrash qo’zg’atuvchi o’qini parallel xarakati bilan aylana bo’yicha tebranish xosil bo’lib, podshipniklar orqali korpusga va undan beton aralashmasiga o’tadi. Bunday qo’zg’atuvchilarning afzalliklari ularni tayyorlash va ishlatishning soddaligi xamda arzonligidadir. 6.10-rasm a,b larda friktsion-planetar turdagi tashqi va ichki obkatkalik titrash qo’zg’atuvchilar tasvirlangan. Aylanish shpindel 1 dan sharnir 2 orqali debalans 5 li val 3 ga beriladi. Debalans 5 yuzasi bilan o’zaro aloqada bo’ladi. Debalans 5 ning xar bir aylanishi titrash qo’zg’atuvchining bitta tebranishini xosil qiladi. Valning aylanishlar takroriyligi xamda titrash qo’zg’atuvchining tebranish takroriyligi orasidagi bog’liqlik quyidagi ifodalar bilan ifodalanadi: 6.9-rasm. Elektromagnitli titrashni qo’zg’atuvchi qurilma 1-katushka; 2-serdechnik; 3-yakor; 4-prujina. 137 tashqi obkatka uchun n k =n/D(d-1); ichkisi uchun n k =n/(1-D/d), bu yerda: D va d - obkatka yuzalarining diametrlari, mm. 1 а) 2 3 4 5 6 d D 5 6 1 б) 2 3 4 5 6 d D 6.10-rasm. Yer ostida titrash qo’zg’atuvchilarning ko’rinishi va konstruktiv sxemasi 1-shpindelь; 2-sharnir; 3-val; 4-korpus; 5-debalans; 6-detalь Titrovchi o’lchamlarini tanlash ishning konkret sharoitiga bog’liqdir. Masalan, quyuq armaturalangan va zich joylarda beton qorishmalarini zichlashda kichik diametrli titrovchi qo’llaniladi. Tanlayotganda armatura sterjenlari orasidagi yorug’lik masofasi quyidagicha bo’lishi kerak deb xisoblanadi: armaturalari zich joylashgan konstruktsiyalar uchun - 40 100 mm, armaturalari o’rtacha zichlikda joylashganlar uchun – 100 300 mm, kam armaturalilarga – 300 mm dan ortiq. CHuqurlik titrab qo’zg’atuvchilar yordamida, standart konusining cho’kishi 1 sm dan kam bo’lmagan, plastik va kam siljuvchan beton aralashmalarini zichlash mumkin. Titrash chastotasi doimiy bo’lganda, chuqurlik titrab qo’zg’atuvchilarning beton aralashmasi ichida samarali ta’sir radiusi 0 dan 3,5 mm gacha diapazonda ampliatuda oshishi xisobiga o’sadi. Mayda to’ldiruvchili beton aralashmasi ancha yuqori chastota va tebranish amplitudasi past bulganda yaxshiroq zichlanadi. To’ldiruvchining yirikligi kattalashgan sari tebranish amplitudasi xam oshirilsa mao’sadga muvofio’ bo’ladi. 6.11-rasmda pnevmatik ikki chastotali titrab qo’zg’atuvchi ko’rsatilgan. U ekstsentrik joylashgan debalans 2 ni korpus 4 dagi o’q 1 atrofida planetar obkatka qilish va o’zining ko’ndalang o’qi atrofida aylanish printsipiga asoslangan. Titrab qo’zg’atuvchi kurakcha 3 ga ta’sir etuvchi, siqiq xavo bilan xarakatga keltiriladi. Yugiruvchi va o’qdan xosil bo’lgan kamera kurakchada ikki qismga ajratiladi. 138 Siqiq xavo ichak kameraning o’ng bo’lagiga o’qdagi teshiklardan kiradi, bu esa yugiruvchini aylanishini ta’minlaydi. Ishlangan xavoning chap bo’lagidan chiqib ketishi shitdagi teshiklar orqali bo’ladi va chiqaruvchi ichakdan chiqariladi. Pnevmodvigatelni yurgizilishi va to’xtatilishi tiqin quyish bilan amalga oshiriladi. Bunday titrab qo’zg’atuvchilar xavo bosimi 0,4-0,6 MPa va va uning sarfi 0,7-1,3 m 3 min chastota 2300-14000 (tebr soat) bo’lganda ishlaydi. Gidroelektrostantsiyalar qurishga judayam katta xajmdagi beton aralashmasini zichlashda yuqori quvvatli va unumdorli osma chuqurlik titrab qo’zg’atuvchilar qo’llaniladi. Ular friktsion-planetar mexanizm va qo’shib o’rnatilgan asinxron elektrodvigateldan iborat. Ularning baozi birlariga korpusning bo’ylama-radial kesimida assimetrik joylashgan parraklar korpusning ostki qismida payvandlangan bo’ladi va bu beton aralashmasiga titrashni uzatuvchi yuzaning kattalashishi oo’ibatida unumdorligini oshiradi. Bunday titrab qo’zg’atuvchilar kran, kran-balka yoki traktorga osib o’qyiladi. Ularning qo’llanilishi ijrochi bilan titrab qo’zg’atuvchining bevosita kontaktini yo’qotadi, betonchilarni og’ir qo’l mexnatidan xalos etadi. Bundan kam siljuvchan beton aralashmalarining yotqizish va zichlash jarayonlari katta xajmdagi ishlarda kompleks mexanizatsiya qilinadi, beton ishlarining sifati va unumdorligi oshadi. Beton va temir-beton maxsulotlarini zavod sharoitida tayyorlashda, yig’ish birliklarining asosiylaridan biri titrab qo’zg’atuvchilar bo’lgan, titrash maydoncha va qoliplovchi moslamalar keng qo’llaniladi. Konstruktiv jixatdan titrash maydonchalari ustiga beton aralashmasi to’ldirilgan qoliplar quyishga mo’ljallangan bir yoki bir necha stollardan iborat. Nazorat uchun savollar 1.Miqdorlagichlarning vazifasi nimadan iborat? 2. Beton aralashtirgichlar qaysi turlarga bo’linadi? 3.qorishtirgichlar xaqida ma’lumotlar keltiring? 4.Standar aralashtirgichlarning xajmini keltiring? 5. Ish rejimiga ko’ra aralashtirgichlar necha turga bo’linadi? 6. Uzuluksiz ishlaydigan beton aralashtirgich ishlashini keltiring? 7. Beton aralashtiruvchi avtomobillarning tarkibiy qismlari nimalardan iborat? 8. Beton xaydagichlarining qanday turlari mavjud? 9. Beton xaydagichlari xarakatlanishga ko’ra necha turga bo’linadi? 10.Beton qorishmasini zichlash qurilmalari qanday tuzilgan? 11.Zichlash jarayonini tavsiflab bering? 12. Titrash xosil qiluvchi mexanizmlarni ishlash printsipi qanday? 13. Debalans vazifasi nimadan iborat? 14.Markazga intilma titratkichlar nimalardan iborat? 15. Yuritma turiga ko’ra titratkichlarning qanday turlari bor? 16.Ishlash sharoitiga ko’ra qanday turlari mavjud? 17. Yuzaviy qurilmalar o’aerlarda ishlatiladi? 18. Valning aylanishlari bilan qo’zg’atuvining tebranishi qanday topiladi? 19. Pnevmatik ikki chastotali titrab qo’zg’atuvchi ishlashini keltiring? 6.11-rasm. Pnevmatik ikki chastotali titrab qo’zg’atuvchi 1-o’q; 2-debalans; 3-kurakcha; 4- korpus. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling