Ушбу ы=ув =ылланма в 5140900 касб таълим (бинолар ва иншоотлар =урилиши) йыналиши быйича билим олаётган талабалар, 3-йиллик ма
Download 3.89 Mb. Pdf ko'rish
|
Qurilish mashinalari.Qurilish jarayonlari texnologiyasi-maruza-1585404135
QO’L MASHINALARI
Reja: 1. Qo’l mashinalarining turlari 2. Qo’l mashinalarga qo’yiladigan asosiy talablar 3. Konstruksiyalarni yig’uvchi va detallarni qotirish uchun ishlatiladigan qo’l mashinalar 4. Bo’yoq ishlari uchun mashinalar Tayanch so’z iboralar Impulsli Kuch bilan ishlovchi , bolg’a, perforator, yakor, pichoq, rezba, gayka, reduktor vali zarbali qaychi 8.1.qo’l mashinalarining turlari Qo’l mashinalari qurilishda va xalq xo’jaligining boshqa soxalarida keng qo’llaniladi. Ayniqsa, qurilishdagi montaj va pardozlash ishlarida qo’l mashinalardan keng foydalaniladi. qo’l mashinalari deb asosiy xarakat (ishchi qism xarakati) dvigatelь yordamida, yordamchi xarakatlar (xarakatni uzatish) va boshqaruv esa bajaruvchining qo’li yordamida bajariladigan mashinalarga aytiladi. Odatda, bu mashinalarning korpusiga dvigatelь o’rna- tilgan bo’ladi va ularning og’irligini qisman yoki butunlay bajaruvchi ko’taradi. qo’l mashinalarining xususiyatlaridan asosiysi shuki, bajaruvchining xar bir xarakati mashinani boshqarishga va qilinayotgan ishning oqibatiga ta’sir ko’rsatadi. qo’l mashinalarining xillari juda ko’p bo’lib, bu esa ularni turlarga bo’lishda qiyinchilik tug’diradi. Sinflarga bo’lishning asosiy belgilariga xarakat asosi, ishchi qism xarakatining tasnifi va ish tartibi kiradi. qo’shimcha belgilariga esa qo’llaniladigan joylar va ishi, uzatma turi va elektr tokidan saqlanishning usullari kiradi. Xarakatlanish qoidasiga ko’ra qo’l mashinalari uzluksiz va impulьsli kuch bilan ishlovchi mashinalarga bo’linadi. Uzluksiz ishlovchi mashinalarga ishchi qismi to’xtovsiz aylanuvchi mashinalar kiradi (parmalovchi, silliqlovchi mashinalar, diskli arralar va x.z.). Bu mashinalar shu bilan xarakterlanadiki, ularda xosil qilinayotgan moment dvigatelning aylantiruvchi momenti bilan reduktor yoki tasmali uzatma uzatishlar sonining ko’paytmasiga teng. Ular bilan ishlayotganda bajaruvchi qo’li bilan qabul qilishi kerak bo’lgan reaktiv moment xosil bo’ladi, bu ularning asosiy kamchiliklaridan bo’lib, qo’l mashinalarning quvvatini oshirishga xalaqit beradi. Impulьsli kuch bilan ishlovchi mashinalarga, ishlov beruvchi ob’ektga uzatilgan energiyani uzlukli impulpsli tartibda yetqazuvchi–zarbli (bolg’alar, perforatorlar, zarbali qaychilar) va zarbasiz – pichoqli qaychilar kiradi. Zarbali xarakatlanuvchi mashinalar faqat zarbali ishlarda (bolg’alash, beton parchalash, zichlashtirish), zarbli-buriluvchi (perforatorlar) yoki zarbli-aylanuvchi (gayka burovchi) tartibida ishlashi mumkin. Ishchi qismining xarakatlanish xarakteriga ko’ra qo’l mashinalari ishchi qismi aylanuvchi, qaytuvchi va murakkab xarakat qiluvchi mashinalarga bo’linadi. Ishchi qismi aylanuvchi mashinalarga, ishchi qismi aylana bo’ylab xarakatlanuvchi (diskli arralar, parmalovchi mashinalar, elektr iskana va x.z.) va ishchi qismi yopiq kontur bo’ylab xarakatlanuvchi (zanjirli va tasmali arralar, parchinlovchilar, tasmali silliqlash mashinalari va x.z.) mashinalar kiradi. Ishchi qismi qaytuvchi mashinalarga ishchi qismi borib-qaytuvchi (qaychilar, egovlar), tebranuvchi (qo’zg’atuvchilar) va zarb bilan ta’sir qiluvchi mashinalar (zichlovchi mashinalar, bolg’alar, xavo yordamida teshik ochuvchilar va x.z.) kiradi. Ishchi qismi murakkab xarakat qiluvchi qo’l mashinalariga zarbli–buriluvchi va zarbli-aylanuvchi, 140 shuningdek, ishchi qismi maxsus xarakatlanuvchi mashinalar, qaysiki yuqorida tasniflangan mashinalarga o’xshamaydiganlari (maxsus silliqlovchi va jilov beruvchi mashinalar) kiradi. Ish rejimi bo’yicha qo’l mashinalari yengil, o’rta, og’ir va o’ta og’ir rejimda ishlovchi mashinalarga bo’linadi. qo’l mashinalari reversivli va reversivsiz, bir tezlikli yoki ishchi qismi tezligini pog’onali o’zgartirish mumkin bo’lgan ko’p tezlikli bo’lishi mumkin. Ko’p rejimli ishlovchi mashinalar guruxiga ko’p tezlikli aylanishlar sonini pog’onali va pog’onasiz o’zgartiruvchi, zarbli-buriluvchi parmalash mashinalari, bundan tashqari zarbali, zarbli-buriluvchi va aylanuvchi tartibda ishlovchi perforatorlar kiradi. Vazifasi va qo’llaniladigan joylariga qarab qo’l mashinalari xar xil materiallarga ishlov berish uchun umumiy qo’llaniladigan, metallarga, yog’ochlarga, toshga va betonga ishlov beruvchi, gruntga ishlov beruvchi va yig’uvchi mashinalarga bo’linadi. Uzatma turiga ko’ra qo’l mashinalari elektrik, pnevmatik, gidravlik, xamda ichki yonuv dvigatelidan xarakat oluvchi uzatmali mashinalarga bo’linadi. Elektr toki urishidan ‘imoyalanishiga ko’ra, qo’lda ishlatiladigan mashinalar I, II, III sinflarga bo’linadi. I nominal kuchlanishi 42 V dan ortiq bo’lgan mashinalar. Ularda ushlash mumkin bo’lgan detallar kuchlanish ostidagi boshqa qismlardan ishchi ximoyasi bilan ajratilgan; II - 42 V dan yuqori kuchlanishda ishlovchi mashinalar. Ularda ushlash mumkin bo’lgan metalldan tayyorlangan kuchlanish ostidagi boshqa qismlardan musta’kam yoki ikki qatlamda ‘imoyalangan; III sinf 42 V dan kam kuchlanishda ishlovchi mashinalar aloxida avtonom manbaadan, transformator yoki o’zgartiruvchi orqali ta’minlanuvchi mashinalar kiradi. Ikki qatlamli ‘imoyalangan mashinalar (II sinf) ning o’ziga xos xususiyatlaridan biri, ular konstruktsiyasida bir-biri bilan bog’lanmagan ikki ‘imoya qatlamining mavjudligidir, ulardan biri ishchi ‘imoyasi, ikkinchisi o’qshimcha ‘imoyadir. Bu mashinalarning ishchi ‘imoyasi oddiy polimerlardan foydalanilgan ‘imoyalardan farq qilmaydi, lekin o’qshimcha ‘imoyada qo’llaniladigan materiallar, albatta, ishchi ‘imoyasi materiallaridan farq qilib, bir paytda ikkala ‘imoya qatlamining xar qanday xolatlarda xam buzilishiga olib kelmaydi. Ikki qatlamli ‘imoyalangan qo’lda ishlatiladigan elektr parmalash mashinasi (8.1–rasm) quyidagi uchta asosiy sxema orqali bajarilishi mumkin. Uchchala sxemada xam elektrodvigatelь uzgichining shyotkali qismlarining o’qshimcha ‘imoyasi bo’lib, mashinaning plastmassali ushlagichi 4, elektrodvigatelь korpusi 2 va ishga tushiruvchining tepkisi 3 xizmat qiladi. Yakor uchun o’qshimcha ‘imoya bo’lib, yakor vali bilan reduktor valigi 1 orasidagi plastmassa (8.1-rasm, a); yakor vali bilan temir qatlam orasidagi plastmassali vtulka (8.1-rasm, b); reduktorning yakor shesternyasi bilan tishli uzatma orasidagi (8.1-rasm, v) plastmassa tishli g’ildirak xizmat qiladi. Konstruktiv bajarilishiga ko’ra qo’l mashinalari aylanuvchi ishchi qismiga qarab quyidagilarga bo’linadi: to’g’ri, ishchi organi o’qi bilan uzatma o’qi ustma-ust tushsa yoki parallel, burchakli, ular burchak ostida joylashsa. Xar bir qo’l mashinada tayyorlovchi zavod nomi yoki uning ma’sulot belgisi, mashina indeksi, asosiy o’lchamlari, ishlab chiqilgan yili va oyi, mashina nomeri bo’ladi. qo’lda ishlatiladigan elektr dvigatelli mashinalarning asosiy kattaliklari quyidagilar; kuchlanish–V, tok turining shartli belgilanishi, takroriylik, Gts iste’mol quvvati Vt, ish tartibi. Bundan tashqari, II sinf mashinalarida ularning ikki qatlamli ximoyasi borligi to’g’risida belgi bo’lishi kerak. Pnevmatik dvigatelli mashinalar uchun qisilgan xavoning ishchi bosimi (Pa) ko’rsatiladi. qo’l mashinalarining indeksi sonli va xarfli qismdan iborat. Indeks bo’yicha mashinaning uzatma turi, mashina guru’i konstruktiv xususiyatlari aniqlanadi. ‘amma mashinalar ishlatilish so’asiga ko’ra o’nta guruxga bo’lingan va xar biri yana 9 ta guruxchalarga bo’linadi. 141 а) 1 2 3 4 б) 5 2 3 4 в) 6 2 3 4 8.1–rasm. Ikki marta ximoyalangan elektrik qo’l mashinasi 1-reduktor vali, 2-elektrodvigatelь korpusi, 3-ishga tushiruvchi tugma, 4-plastmassa dasta. Indeksning xarfli qismi uzatma turini ifodalaydi; IE-elektrik, IP-pnevmatik, IG- gidravlik, ID- ichki yonuv dvigatelli. Uzatma turiga bog’liq bo’lmagan xolda yordamchi qurilmalarni va asboblar kallagini o’rnatish uchun IK belgisi qo’llaniladi. Indeksning birinchi soni mashina turini bildiruvchi nomerni belgilaydi: 1-parmalash: 2-silliqlash; 3-rezьba ochuvchi; 4-zarbali; 5-frezerlash; 6- maxsus va universal; 7-ko’p shpindelli; 8-nasadka va asboblarning kallagi; 9-yordamchi qurilmalar; 10-rezerv. Indeksning ikkinchi soni mashina ijrosini xarakterlaydigan guru’cha- larni belgilaydi: 0-to’g’ri; 1-burchakli; 2-ko’p tezlikli; 3-reversivli. Oxirgi ikki son modelning ro’yxati nomerini belgilaydi. Xar bir yangi chiqqan modelga yuqori nomer beriladi. Download 3.89 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling