Ушбу ы=ув =ылланма в 5140900 касб таълим (бинолар ва иншоотлар =урилиши) йыналиши быйича билим олаётган талабалар, 3-йиллик ма


Download 3.89 Mb.
Pdf ko'rish
bet102/180
Sana10.11.2023
Hajmi3.89 Mb.
#1764660
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   180
Bog'liq
Qurilish mashinalari.Qurilish jarayonlari texnologiyasi-maruza-1585404135

 
 
6.4. Beton xaydagichlari 
1
3
2
4
5
6
7
6.5-rasm. Beton qorishtiruvchi avtomobilь 
1-qorishtirgich; 2-yuklash-tushirish qurilmasi; 3-suv miqdorlagich; 
4-yig’ma rama; 5-aralashtirgich yuritmasi;
6-boshqarish mexanizmi; 7-avtomobilь shassisi. 


132 
Beton xaydagichlari betonning suyuq qorishmalarini, trubalar orqali inshootlar 
qurilishida monolit beton va temirbeton quyish joylariga uzatish uchun mo’ljallangan. Ular 
xajmiy xaydagichlarga kiradi, chunki ularning ishi o’zgaruvchan xajmni yaratishda siqib va 
surib chiqarish tartibiga asoslangan.
Agar bu xajmni suyuq aralashma bilan to’ldirsak, keyin uni kamaytirsak, bunda suyuq 
aralashma bosim ostida trubalarda siqiladi. 
Beton xaydagichlarini quyidagicha turlarga bo’lish mumkin: ish xarakteriga ko’ra - 
to’xtovsiz uzatuvchi (shlang orqali) va davriy uzatuvchi (porshenь orqali); xarakatlantirish 
moslamasining turiga ko’ra - mexanik va gidravlik xarakatlanuvchi; beton tashuvchi 
tsilindrlari soniga qarab - bir va ikki tsilindrli; ish bajarishiga ko’ra esa muxim ishlovchi 
(pritsepli) va ko’chma (beton xaydagichli avtomobillar).
Beton xaydagichlarining ish unumdorligi, beton qorishmasini uzoqqa va balandga 
uzatib bera olishi, ularning asosiy parametrlari bo’lib xisoblanadi.
Gidravlik yuritmali uzluksiz ishlovchi porshensiz beton–xaydagichlarning ishlash 
printsipi, mexanik yoki gidravlik yuritmali porshenli beton xaydagichlari ishlash 
printsipidan (6.6-rasm) farq qiladi. U quyidagilardan tuzilgan: xaydagich kamerasi 3, bir 
tomondan neylon-neopren ichakka 6 ulangan qo’zg’atgich 7 va ikkinchi tomondan beton 
uzatish yo’li orqali ketuvchi iste’molchi 1 dan iborat. Nasos kamerasi germetik zich 
berkitilgan tsilindrik korpus, ichki qismida rotorga bir – biriga bog’langan po’lat
plastinkalar 5 va rezina qoplangan ikkita rolik 2 lar o’rnatilgan. Rotor tsilindrik kamera 
o’qidan o’tadigan val 4 ga o’rnatilgan. Uning ichki tsilindrik yuzasi bo’yicha egiluvchan 
shlang o’tkazilgan bo’lib, bu taxminan aylananing 3/5 qismini egallaydi. Rotor aylanganda 
2 ta rezina qoplangan roliklar ichakni bosadi, rezina qoplangan roliklar va egiluvchan ichak 
xaydagich vazifasini bajaradi va beton qorishmasini qismlab ichak orqali surib chiqaradi. 
Kamerada doim siyraklanish bo’lib, bosim 0,008,...0,009 MPa bo’ladi, buni vakuumli 
xaydagich vujudga keltiradi. Uning ish unumdorligi 0,5 m
3
/soat. Siyraklanish tufayli shlang 
kengayadi, beton qorishmasini qorishtirilayotgan idishdan so’rib oladi.
Suyuq beton aralashmasini xaydash tartibi quyidagicha bo’ladi. Rolik planetar xarakat 
qilib shlang ezlib aralashmani suradi va beton qorishmasini beton o’tkazgichga kiritadi. 
Ezilgan shlang yana elastik kuch ta’sirida oldingi o’z xolatiga qaytadi, kameradagi suyuq 
beton qorishmasi chiqib ketishi xam shunga sabab bo’ladi. Suyuq beton aralashmasi 
atmosfera bosimi ta’sirida shlangga so’rib olinadi, diametr bo’yicha joylashgan rolik yana 
beton qorishmasi shlangini bosadi. Egiluvchan shlangda tiqin paydo bo’lishi rotor aylanishi 
yo’nalishini o’zgartiradi va tiqinni bosim orqali teskari yo’nalishda xarakat qilishga 
undaydi. Suyuq qorishma yo’naltiriladigan truba rezina tozalagich orqali tozalanadi, u 
bunkerning yuklash og’ziga o’rnatilgan. Bunkerni suv bilan to’ldirib, suyuq qorishma 
xaydagichi rotori ishga tushirilsa, suv xaydagichi rejimida ishlaydi. Ishchi kamerada 
joylashgan shlangni boshqasiga almashtirish kerak bo’lsa u osongina almashtiriladi. Buning 
uchun ikkala qisqich bo’shatiladi va rotor ishga tushiriladi, u aylanish jarayonida shlangni 
ishchi kameradan chiqaradi. SHundan so’ng rotorni orqaga yo’naltirish yo’li bilan yangi 
shlang ishchi kamera ichiga o’rnatiladi va qisqichlar qotiriladi. 
Bunday suyuq beton qorishma xaydagichlarining afzalliklari quyidagilardan iborat: 
beton qorishmasining bir xilda xarakatlanishida kam energiya sarflanadi; gidrouzatma 
tuzilishi oddiy; beton qorishmalarini yengil inert to’ldiruvchilar bilan birga chiqarishi yoki 
so’rib olishi; shlang kesim yuzasining o’zgarmasligi xaydagichni bir me’yorda yaxshi 
ishlashiga imkon beradi, chunki birdaniga bosim ortib yoki kamayib ketish xavfi bo’lmaydi, 
bunday xaydagichlarni tekshirish va ulardan foydalanish xam juda oddiy.
Lekin beton qorishmalarini xaydagichlarining kamchiliklari xam bor: tortib 
olinayotgan beton qorishmasining siljuvchanligiga, tuzilishiga juda katta e’tibor berishni 
talab qiladi; betonoxaydagich xosil qilayotgan bosim oz bo’lganligi uchun tortish va uzatish 


133 
uzoqligi cheklangan; egiluvchan shlang juda oz vaqtga chidaydi va u ishchi kamerasining 
ichida joylashgan; 2000...3000 m
3
qorishma tortilib yoki so’rib uzatilgandan so’ng 
egiluvchan shlang almashtirilishi zarur. Bularning xammasi shlangli gidravlik yuritmali 
beton qorishmalar xaydagichi keng qo’llanilishini chegaralaydi.
Beton qorishmasi xaydagichlari to’ldiruvchisi mayin shag’al bo’lganda beton 
qorishmasini tortishda, sanoat va fuqaro qurilishida, armotsementdan qilingan 
konstruktsiyalar va boshqalar tayyorlashda katta samaradorlik bilan ishlatiladi. Bu 
xaydagichlar 60 m
3
/soat beton qorishmasini 30 m balandlikka 3,5 MPa bosim bilan diametri 
125 mm bo’lgan shlang orqali uzatib beradi.
6.6-rasm. Beton xaydagichlari 
a) to’xtovsiz xarakat qiluvchi beton xaydagich: 1-iste’molchi; 2-rezina kiygizilgan rolik; 3-
xaydagich kamerasi; 4-val; 5-po’lat plastinka; 6-rezina ichak; 7-qo’zg’atuvchi. b) mexanik 
yuritmali porshenli betonxaydagich: 1-yuklash bunkeri; 2-ishchi tsilindr; 3-porshenь; 4-
klapan; 5-klapan. v) moy gidravlik yuritmali xaydagich: 1-porshenь; 2-transport tsilindri; 3-
ishchi tsilindr; 4-shtok. 
Gidravlik yuritmali beton qorishmasi xaydagichlari bir-biridan ishchi tsilindrdagi porshenь
yuritmasi va zatvor konstruktsiyasi bilan farq qiladi. 6.6-rasm, v da tsilindrlarning keng 
qo’llaniladigan moygidravlik yuritma sxemasi ko’rsatilgan. Ikkita tsilindr ketma-ket o’rnatiladi: 
birinchisi - asosan katta diametrli tashuvchi tsilindr 2; ikkinchisi - ishchi 3. tashuvchi va ishchi 
tsilindrlar porshenlari umumiy shtok 4 bilan maxkam biriktiriladi. Ishlash jarayonida ishchi 
tsilindrlarning porshenь va shtok bo’shliqlariga navbat bilan berilayotgan moy bosimi xisobiga 
tsilindrning porsheni 1 ilgarilanma-qaytma xarakat qiladi. Bunda beton aralashmasi beton 
qorishma xaydagichining qabul qilish bunkeridan zatvor orqali tashish tsilindriga o’tadi va beton 
qorishmasi quvurga purkaladi. Beton qorishma xaydagichlari 2 ta tashuvchi va 2 ta ishchi 
gidrotsilindrli qilib tayyorlanadi.
Tashuvchi va ishchi tsilindrlar orasida yuvuvchi kamera joylashgan. Tashuvchi 
tsilindrlarning shtok bo’shliqlariga suv yuboriladi, bu suv sovutqich vazifasini bajaradi va 
porshenь manjetlari qo’yib yuborgan tashish tsilindri devorlaridagi mayda zarrachalar, 
tsement va qum yuviladi, bu bilan ishqalanish koeffitsienti kamaytiriladi. Ishchi 


134 
gidrotsilindrlar porshenlarining yuritma suyuqligi sifatida moylardan foydalaniladi. 
SHunday qilib, bu yerda 2 ta ishlov muxiti: suv va yog’ mavjud.
Yog’ yo’nalishini o’zgartirish porshenь va shtok yo’llaridagi gidravlik taqsimlagich 
bilan bajariladi. Buni boshqarish esa elektrik yoki gidravlik bo’ladi.

Download 3.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   180




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling