Ушбу ы=ув =ылланма в 5140900 касб таълим (бинолар ва иншоотлар =урилиши) йыналиши быйича билим олаётган талабалар, 3-йиллик ма


 Beton qorishmasini zichlash qurilmalari


Download 3.89 Mb.
Pdf ko'rish
bet103/180
Sana10.11.2023
Hajmi3.89 Mb.
#1764660
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   180
Bog'liq
Qurilish mashinalari.Qurilish jarayonlari texnologiyasi-maruza-1585404135

 
6.5 Beton qorishmasini zichlash qurilmalari 
6.5.1 Titrashni qo’zg’atuvchi qurilmalar 
Beton qorishmasi quyilgandan so’ng tekislanadi va zichlanadi. Zichlash ishlari quyidagi 
usullarda bajariladi: tashqi kuchlar ta’sirida titratish, zichlash, bostirib tekislash, qotirish
vakuumlash yoki ushbu jarayonlarni birgalikda bajarish.
Titrashni qo’zg’atuvchi qurilmalar. Ular beton qorishmasini titratib zichlash uchun 
qo’llaniladi.
Titrashni qo’zg’atuvchi qurilma - mexanik tebranish xosil qiluvchi mexanizm bo’lib, 
mustaqil yoki mashinaning yig’ma elementi sifatida qo’llaniladi. qurilish ob’ektlari 
sharoitlarida bir yerdan ikkinchi yerga ko’chirib olib borib ishlatiluvchi, ustki va ichki 
chuqur qatlamlarga titratib ishlov beruvchi, temir-beton konstruktsiyalar ishlab chiqarish 
zavodlarida esa statsionar yuza titratgich qurilmalari qo’llaniladi.
Mexanikaviy tebranma xarakat titratgich qurilmalarida ikki usulda vujudga keladi: 
muvozanatlanmagan aylanuvchining valga maxkamlanishi yoki ilgarilanma-qaytma 
yo’nalishda ko’chuvchi massa xarakati tufayli.
Yuritma turiga qarab, titratgich qurilmalari elektrik, pnevmatik, gidravlik va ichki yonuv 
dvigateli bilan ishlaydigan qurilmalarga bo’linadi.
Ishlash sharoitiga ko’ra: ko’chma va statsionar.
Tebranma xarakatni uzatish usuliga ko’ra: yuzaga va chuqurlikka ishlov beruvchi. 
Vujudga keltirilgan tebranish xarakteriga ko’ra: markazga intilma va ilgarilanma - qaytma 
bo’ladi.
Markazga intilma titrashni qo’zg’atuvchi qurilmalar quyidagilarga bo’linadi: debalansli 
va planetar aylanma, debalansli to’g’riga yo’nalgan majburiy kuch orqali ishlovchi.
Tashqi titrashni qo’zg’atuvchi qurilmalar yuzaviy va osma turlarga bo’linadi. Ular 
konstruktsiyasining tuzilishi bo’yicha bir xil, lekin birinchisi maydonchali yoki reykali 
bo’lganligi uchun farqlanadi. Yuzaviy qurilmalar yo’l, pol, tom yopmalari va boshqa tekis 
yuzalarni betonlashda ishlatiladi. 
Osma titratuvchi qurilmalar qolipdagi yoki maxkam qotirilgan ma’lum shakldagi beton 
qorishmasini zichlash uchun mo’ljallangan.
Titrashni qo’zg’atuvchi qurilmalar soni va ular orasidagi masofa qolipning yoki 
shaklning maxkam qotirilishi va beton qorishmasining xossalariga qarab tanlanadi.
qurilishda titrashni qo’zg’atuvchi elektr yuritmali qurilma ko’p tarqalgan bo’lib, u 
markazga intilma elektromexanik titrashni qo’zg’atuvchi qurilma deb yuritiladi. Ular ikki 
turda ishlab chiqariladi: titrashni qo’zg’atuvchi qurilma o’qi parallel xarakatida aylana 
bo’ylab tebranuvchi va yo’naltirilgan tebranma xarakatli.
Yuzaga ishlov beruvchi aylana bo’ylab tebranuvchi titrashni qo’zg’atuvchi 
moslamaning umumiy ko’rinishi va konstruktiv sxemasi 6.7-rasm,a,b da ko’rsatilgan.


135 
6.7-rasm. Yuzaga titrab ishlov beruvchi qurilma
a-umumiy ko’rinish; b-konstruktiv sxema; 
1-korpus; 2-dvigatelь; 3-tayanch; 4-debalans; 5-maydon.
U quyidagilardan iborat: berk korpus 1, uch fazali asinxron elekrodvigatelь 2, rotori 
valining oxirlariga debalans 4 maxkamlangan. Val sharikli tayanchlar 3 ga tiralib turadi. 
Debalanslar aylanishida vujudga kelgan kuch aylana bo’ylab tebranma xarakatni vujudga 
keltiradi. Bu xarakat maydon 5 orqali beton qorishmasiga o’tadi. Debalanslarni tashqi qismi 
qo’zg’almas qismiga nisbatan gradirovka orqali xar xil xolatda qotiriladi.
SHunday qilib, sozlash orqali debalans momentini va qo’zg’atuvchi kuchni xar xil 
qiymatlarini olish mumkin.
Xar xil texnologik jarayonlar uchun to’g’ri chiziq bo’ylab yo’nalgan qo’zg’atuvchi kuch 
xosil qiluvchi qurilmalarni qo’llash zarur bo’ladi. Masalan: titrovchi maydonlar temir-beton 
konstruktsiyalarini tayyorlashda titratib zichlovda, gruntlarni zichlashda va titrovchi 
bolg’alar (vibromolot) shpunt, truba va qoziqoyoqlarni qoqishda kerak bo’ladi.
Yo’naltirilgan tebranishli titrashni qo’zg’atuvchi qurilmaning umumiy ko’rinishi va 
printsipial sxemasi 6.8-rasm a,b da ko’rsatilgan.
6.8-rasm. Yo’naltirilgan tebranishli titrashni qo’zg’atuvchi
qurilmaning umumiy ko’rinishi (a) va printsipial sxemasi (b).
Debalanslar ko’ndalang o’qqa nisbatan simmetrik maxkamlangan va qarama-qarshi 
tomonga bir xil burchakli tezlik bilan aylanadi. Bunda markazga intilma kuchlarning 


136 
gorizontal tashkil etuvchisi muvozanatlanadi va titratuvchi moslama korpusiga 
o’zgaruvchan kattalikdagi yo’naltirilgan qo’zg’atuvchi kuch ta’sir qiladi.
Bitta debalansli (mayatnikli) vali bo’lmagan, yo’naltirilgan tebranishlar xosil qiluvchi 
titrashni qo’zg’atuvchi qurilmalar xam ishlab chiqilgan.
Uncha katta bo’lmagan quvvatda ishlashga elektromagnitli titrashni qo’zg’atuvchi 
qurilmalar (6.9-rasm) qo’llaniladi. Ular serdechnik 2, katushka 1, yakor 3 va prujina 4 dan 
tuzilgan. Katushkaga tok uzatilganda elektromagnit energiyasini to’g’ridan-to’g’ri mexanik 
energiyaga, ya’ni ilgarilanma-qaytma xarakatga aylantirib beradi.

Download 3.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   180




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling