Ушбу ы=ув =ылланма в 5140900 касб таълим (бинолар ва иншоотлар =урилиши) йыналиши быйича билим олаётган талабалар, 3-йиллик ма


Download 3.89 Mb.
Pdf ko'rish
bet110/180
Sana10.11.2023
Hajmi3.89 Mb.
#1764660
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   180
Bog'liq
Qurilish mashinalari.Qurilish jarayonlari texnologiyasi-maruza-1585404135

 
9.2.Bo’yoq ishlari uchun mashinalar 
Bo’yoq ishlariga sarflanadigan me’nat sarfi umumiy qurilish ishlariga ketadigan 
me’nat sarfining 8% ni tashkil qiladi. Bo’yoq ishlari qurilishdagi eng oxirgi ish xisoblanadi. 
Avvalam bor, buyoq qilinadigan yuza bo’yalishga tayyorlanishi kerak. Buning uchun 
bo’yaladigan yuza tozalanadi, tekislash va silliqlash bilan shpaklyovka qilinadi.
qurilish ob’ekti sharoitida yarim fabrikatlardan kley, shpaklyovka va buyoq 
tayyorlovchi va transportirovka qilish uchun texnologik ketma–ketlik bo’yicha joylashgan 
bo’yash agregatlari xamda qurilmalari mavjud. Bu agregatlar komponentlarni keraklicha 
miqdorlaydi, aralashtiradi, tindiradi va ishlov beruvchi yuzaga uzatib beradi. Ularning 
barchasi vintli xaydagichlar asosida tayyorlanadi, aniq sharoitlarga, shuningdek, xajmiga 
qarab komplektlanadi. Tayyor aralashmani yuzaga solish pnevmatik yoki xavosiz 
changlatgich yordamida amalga oshiriladi. Aralashma 80 metr uzunlikka va 50 metr 
balandlikka, soatiga 400 litr miqdorida uzatilishi mumkin. Ishlov beriladigan yuzaga 
solingan shpaklyovka qo’lda tekislanadi va oxirgi ishlov esa silliqlash mashinalari bilan 
bajariladi.
Ko’chma shpaklyovka qiluvchi agregatlar shpaklyovkani qavatlar bo’yicha 
transportirovka qiladi. 7 sm va undan ko’pga siljiydigan shpaklyovkani, shuningdek, turli 
buyoq aralashmalarini ishlov berilayotgan yuzaga yetkazib beradi. Agregat yuklash bunkeri, 
vintli xaydagich uzatmasi bilan bosimli o’tkazgich (rukava), qarmoq, va boshqarish 
apparatidan iborat. Bunkerning yuqori qismida shpaklyovkani polietilen qoplardan chiqarib, 
tozalash uchun qurilma o’rnatilgan, pastki qismida esa materialni aralashtiruvchi va vintli 
xaydagichning so’ruvchi bo’shlig’iga beruvchi shnekli qo’zg’atuvchi bor. SHnek va unga 
sharnir orqali o’qshilgan xaydagich rotori ikki tezlikli elektrodvigatelь reduktor va pona 
tasmali uzatma orqali aylanma xarakat oladi. Nasosning oxiriga tez qismlarga ajraluvchi 
birikma yordamida o’armog’i bo’lgan bosimli shlang maxkamlangan. SHpaklyovka siqilgan 
xavo yordamida changlatish bilan kompressordagi xavo shlangi orqali 0,5...0,7 MPa bosim 
ostida o’armoo’qa keladi.


146 
Gruntovka yoki buyoq materiallari berilayotganda qisilgan xavo ishlatilmaydi, chunki 
ularni changlatish uchun xaydagichdagi xosil qilinayotgan bosim (2 MPa) yetarli bo’ladi. 
SHpaklyovka qiladigan agregatlarda vintli xaydagichlarning ishlatilishi, materialni 
o’armoqqa bir tekisda kelishini va pardozlash ishlarini yuqori sifatli bo’lishini ta’minlaydi. 
SHpaklyovka agregatlari materialni 60–70 metr masofaga va 30–35 metr yuqoriga uzatib 
ish unumdorligini soatiga 0,4 m
3
gacha oshiradi.

Download 3.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   180




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling