Ish rejimiga ko’ra Qurilish mashinalari 2 ta sinfga bo’linadi:--- uzlukli (sikl bilan) va
uzluksiz (to’xtovsiz) ishlaydigan. Masalan, bir cho’michli ekskavator erni kovlash davomida ish
vaqtini 25-30% ini kovlash uchun sarflaydi, qolgan vaqtda esa platformani aylantirish, yuklash
va xokazo ishlar uchun ajratadi.
Uzluksiz ishlaydigan mashinalar-- bir vaqtning o’zida tuproqlarni xam kovlab, xam
yuklaydi. Birinchisining afzalligi uni xamma joyda xam ishlay olishi va tezroq moslanishi
bo’lsa, ikkinchisining afzalligi maxsus sharoitlarda xam uning ish unumdorligini va texnik-
iktisodiy samaradorligini yuqori bo’lishligidir.
Qurilish mashinalarning Kuch qurilmalari-- Qurilish mashinalarida quyidagi Kuch
qurilmalari qo’llaniladi:
-elektrodvigatellar;
-ichki yonuv dvigatellari;
-gidravlik yuritma;
-pnevmo yuritma.
Uzatmalar--energiya manbaidagi xarakatni ishchi qismga etkazib berishda uzatmalardan
foydalaniladi. Uzatmalar energiya manbaidagi xarakat miqdorini ishchi qism talabiga moslab
etkazib berish xususiyatiga ega
Uzatmalar-energiya manbai bilan mashinaning ish bajaruvchi qismi oraligida joylashib, ularni
o’zaro bog’lovchi xamda xarakatni talab qilinganidek boshqarishga imkon beruvchi
mexanizmlar
Uzatish moslamalari - Kuch qurilmasidagi xarakatni mashinaning ishchi qismlari va
bajaruvchi mexanizmlariga uzatilishini ta’minlovchi moslama. Ular tezlikni kattaligi va
yo’nalishini o’zgartirib aylantiruvchi moment va zo’riqishlarni o’zgartirib beradi.
Mexanik uzatish moslamalari -ular o’z ichiga mexanik uzatmalar mufta, tezlikni to’xtatish
moslamasi va boshqa elementlarni o’z ichiga oladi. Ular o’z navbatida xarakatni uzatib
berishni ta’minlaydi.
Friksion uzatish – bu ishqalanish xisobiga xosil bo’lib, xarakatni uzatib beradi.
Ishqalanish Kuchi uning yuzasiga va tezligiga bog’liq bo’ladi
Do'stlaringiz bilan baham: |