Ушбу ы=ув =ылланма в 5140900 касб таълим (бинолар ва иншоотлар =урилиши) йыналиши быйича билим олаётган талабалар, 3-йиллик ма
qurilish mashinalari va jixozlari tavsifi
Download 3.89 Mb. Pdf ko'rish
|
Qurilish mashinalari.Qurilish jarayonlari texnologiyasi-maruza-1585404135
1.2. qurilish mashinalari va jixozlari tavsifi.
qurilish mashinalari o’z navbatida guruxlarga, turlarga va shuningdek o’lchamlari va texnologik vazifasi, ishchi qismlari, texnik va konstruktiv yechimlari xolatiga ko’ra sinflarga bo’linib ketadi. Masalan, yer ishlarini bajaruvchi mashinalar ishchi qismlarini tavsifiga ko’ra: yer kovlovchi (ekskavatorlar), konstruktsiyasiga qarab: yerni kovlab-tashuvchi (bulьdozer, skreper, greyder, greyder-elevator), suyuqlik yordamida ishlovchi (zemlesos, gidromonitor), yumshatuvchi (qattiq yerni, muzlikni), zichlovchi, maydonlarni tekislab, ularni turli xil chiqitlardan tozalovchi va xokazo. Ish rejimiga ko’ra qurilish mashinalari 2 ta sinfga bo’linadi: uzlukli (tsikl bilan) va uzluksiz (to’xtovsiz) ishlaydigan. Masalan, bir cho’michli ekskavator yerni kovlash davomida ish vaqtini 25-30% ini kovlash uchun sarflaydi, qolgan vaqtda esa platformani aylantirish, yuklash va xokazo ishlar uchun ajratadi. Uzluksiz ishlaydigan mashinalar bir vaqtning o’zida tuproqlarni xam kovlab, xam yuklaydi. Birinchisining afzalligi uni xamma joyda xam ishlay olishi va tezroq moslanishi bo’lsa, ikkinchisining afzalligi maxsus sharoitlarda xam uning ish unumdorligini va texnik- iktisodiy samaradorligini yuqori bo’lishligidir. qurilish mashinalarining 90 % foizga yaqini o’zida xarakatlanish qismlariga ega. Turlariga ko’ra zanjirli, g’ildirakli, relьsli va odimlovchi bo’ladi. qurilish mashinalari elektr dvigatelli va yoqilg’i bilan ishlaydigan turlarga bo’linadi. Birinchisi xar doim ish sharoitiga tayyor xolda bo’lsa, ikkinchisining afzalligi aloxida joylarda (energiya bo’lmagan joylarda) ishlay olishi bilan farqlanadi. qurilish mashinalari bevosita ish bajaruvchi mashinalar bo’lib xisobla-nadi. SHuning uchun xam ularni texnologik jarayonga muvofiq turlarga ajratish mumkin. qurilish maydonida ish bajaruvchi mashinalar quyidagilarga bo’linadi: - yuk tashish mashinalari; - yuklash va tushirish mashinalari; - yuk ko’tarish mashinalari; - yer ishlari uchun mashinalar; - qoziq qoqish uchun qurilmalar; - - maydalash-saralash mashinalari; - beton aralashmalari va qorishmalari tayyorlash va tashish mashinalari; - pardozlash ishlari uchun mashinalar; - qurilish uchun mexanizatsiyalashgan asboblar. Zamonaviy qurilish mashinalari besh asosiy qismdan iborat (1.2-rasm). 41 1.2-rasm. qurilish mashinalariiing tarkibiy sxemasi 1-kuch qurnlmasi; 2-tarnsmissiya; 3-ishchi jixozlari; 4-yurish jixozlari; 5-boshqarish qismlari. Bu qismlar xam o’z navbatida kichik qismlar va detallardan tashkil topgan. Mashinalar chizmalarda konstruktiv, kinematik, gidro va elektr sxemalari ko’rinishida berilishi mumkin. Konstruktiv sxemada mashinalar konstruktsiyasining printsipial tuzilishi ko’rsatilsa, kinematik sxemada esa mexanik yuritma elementlarining o’zaro bog’langanligi ko’rsatiladi. Gidro va elektr sxemalar mashinalardagi gidravlik va elektrik yuritmalarning o’zaro bog’lanishini ko’rsatadi. Ular maxsus belgilar bilan ifodalanadi. qurilish mashinalarining ish jixozlaridan tashqari ko’p qismlari umumiy bo’lib, tuzilish jixatidan bir-biriga o’xshaydi. Download 3.89 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling