Ушбу ы=ув =ылланма в 5140900 касб таълим (бинолар ва иншоотлар =урилиши) йыналиши быйича билим олаётган талабалар, 3-йиллик ма


 . 4 . qurilish mashinalarning kuch qurilmalari


Download 3.89 Mb.
Pdf ko'rish
bet30/180
Sana10.11.2023
Hajmi3.89 Mb.
#1764660
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   180
Bog'liq
Qurilish mashinalari.Qurilish jarayonlari texnologiyasi-maruza-1585404135

1 . 4 . qurilish mashinalarning kuch qurilmalari. qurilish 
mashinalarida quyidagi kuch qurilmalari qo’llaniladi: 
- elektrodvigatellar
- ichki yonuv dvigatellari; 
- gidravlik yuritma
- pnevmo yuritma. 
Bu yuritmalar orasida elektrodvigatellar aloxida axamiyatga ega bo’lib, 
ular quyidagi afzalliklarga ega: 

xar bir mexanizm uchun aloxida dvigatelь o’rnatish mumkin, natijada 
transmissiya qo’llashga xojat qolmaydi; 
- aloxida mexanizmlarni boshqarishda qulaylik yaratadi,
masofadan boshqarish va avtomatlashtirish imkoniyatini yaratadi; 
- ruxsat qilingan yukdan ortiqchasini qabul qila oladi; 
- samaradorligi yuqori; 
- xarorat va atmosfera ta’siriga berilmaydi; 
- doimiy ishga tayyor turadi
- yonilg’i talab qilmaydi. 
Yuqoridagilar xisobiga elektrodvigatellar qo’chma va muqim ishlaydigan 
mashinalarda ko’p ishlatiladi. 
Elektrodvigatellarning 
birdan-bir 
kamchiligi 
ularning 
elektr 
man-baidan 
oziqlanishidir. 
Ichki yonuv dvigatellari asosan qo’chma (er qazish, yuk ko’tarish, yuklovchi) 
mashinalarda qo’llaniladi. Ularning asosiy afzalligi: tashqi energiya manbaiga bog’liq 
emasligi, kamchiligi esa reversivlash imkoniyatining yo’qligi, ortiqcha yukni ko’tara 
olmasligi, 
burovchi 
momentni 
o’zgartirish uchun transmissyaning qo’llanilishi, 
xaroratbardoshligi va ishlash muddatining kamligi xisoblanadi. 
qurilish mashinalarida dizelь va karbyuratorli dvigatellar qo’llaniladi. Dizelь 
dvigatellarda (benzinga nisbatan ancha arzon bo’lgan) dizelь yonilg’isi ishlatiladi. Dizelь 
dvigatellarning solishtirma yonilg’i sarfi karbyuratorli dvigatellarga nisbatan 30-35% ga 
kam. Ular ishonchli va xavfsiz ishlaydi. Kamchiligi esa vaznining kattaligi va sovuq xavoda 
yurg’izib olishning qiyinligidadir. 
Gidravlik yuritma — xaydagich, taqsimlash tizimi, ishchi tsilindr va moy 
o’tqazuvchi quvurdan iborat. Gidroxaydagichli yuritma quyidagi afzalliklarga ega: 
- tezlikni reduktorsiz o’zgartirish mumkinligi bilan mexanizm vaznini kamaytiradi; 
- ish davridagi yuqori ishonchlilik; 
- sozlashning katta imkoniyatlari; 
- katta yuklar ta’sirida ishlashligi. 
Gidravlik yuritmalarning asosiy kamchiligi ularning yuqori aniqlikda tayyorlash 
kerakligi va maxsus moylar ishlatilishidadir. 


43 
Pnevmoyuritma faqat ba’zi bir yordamchi inertsiyalarda ishlatiladi. 

Download 3.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   180




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling