Ушбу ы=ув =ылланма в 5140900 касб таълим (бинолар ва иншоотлар =урилиши) йыналиши быйича билим олаётган талабалар, 3-йиллик ма


 Uzatmalar. Kuch uzatuvchi jixozlar


Download 3.89 Mb.
Pdf ko'rish
bet31/180
Sana10.11.2023
Hajmi3.89 Mb.
#1764660
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   180
Bog'liq
Qurilish mashinalari.Qurilish jarayonlari texnologiyasi-maruza-1585404135

1.5. Uzatmalar. Kuch uzatuvchi jixozlar. 
Xar qanday mashina va mexanizmlar ma’lum bir energiya manbaidan xarakat oladi. 
Energiya manbai sifatida ichki yonuv dvigatellari, elektrodvigatellar va bug’ mashinalaridan 
foydalanish mumkin. 
Energiya manbaida xosil bo’layotgan xarakat tezligi ko’p xollarda ishchi qism 
xarakat tezligiga mos kelmaydi. Energiya manbaidagi xarakatni ishchi qismga yetkazib 
berishda uzatmalardan foydalaniladi. Uzatmalar energiya manbaidagi xarakat miqdorini 
ishchi qism talabiga moslab yetkazib berish xususiyatiga ega. Demak, energiya manbai bilan 
mashinaning ish bajaruvchi qismi oraligida joylashib, ularni o’zaro bog’lovchi xamda xarakatni 
talab qilinganidek boshqarishga imkon beruvchi mexanizmlar uzatmalar deyiladi. 
Uzatmalardagi quvvatni uzayotgan elementni yetaklovchi, quvvatni qabul qilib 
oluvchi elementni esa yetaklanuvchi deyiladi. 
Uzatuvchi qism - bu kuch uzatmalari doirasidagi manbaa bo’lib, transmissiya, 
boshqarish qismlari, mashina mexanizmi va ishchi qismlarining ta’sirini uzatilishini 
ta’minlovchi moslamadir. 
Uzatish qismlari bo’yicha qurilish mashinalari guruxli va ko’p motorli uzatish 
qismlariga bo’linadi. Birinchisi bo’yicha barcha mexanizmlar - bajaruvchi ishchi qismlar 
mufta, tezlikni to’xtatish moslamasi, mexanik uzatmalar orqali bajarilsa, ikkinchisida xar 
qaysi bajaruvchi mexanizmlar xarakatni aloxida elektro, gidro yoki xavo dvigatellardan oladi. 
Afzalligi — yuqori unumdorlik bilan ishlash, ta’mirlash va avtomatik boshqarishga 
o’tish oson. 
Umumiy talablar: kuch uzatmalaridan xar bir qismiga aloxida qilib ulanishi, kichik 
o’lchamli va ixcham bo’lishligi, yengil, ishonchlilik va xar doim tayyor turishi, yuksak 
samara bilan ishlashi, ishchi uzatmalariga tez va oson boshqarish bilan o’tish, sekin-asta 
xarakatni uzatish va xokazolar kiradi. qolgan talablar mashinanig ish rejimiga qarab 
qo’shimcha xolatda aniqlanadi. 
Mashinaning ishlash sharoitiga uzatish qismlarining turlari mos tushishi kerak. Ish 
jarayonlarni bajarish uchun talab etilgan uzatish qism quvvati quyidagicha topiladi. 
V
N
Р


yoki 
W
T
Р


bunda: N,T— mexanizm ishlaganda xosil bo’luvchi qarshilik kuchi va momenti;
V,W — mexanizmning to’g’ri va burchak ostidagi tezliklari. 
Kuch uzatuvchi inertsiyalar. qurilish mashinalarining kuch uzatmalariga asosan ichki 
yonish dvigatellari: dizelь yoqilg’isi, ba’zan karbyuratorli turlari kiradi. 
Dizelь yokilgili 
mashinalarning quvvati (erni kovlab tashuvchi mashina-lar) 1000-1200 kVt gacha boradi. 
Yuqori samaradorlik va kichik solishtirma og’irlik 3-4 kg/kVt, yoqilg’i sarfi 0,2-0,25 kg/kVt 
-soat atrofida bo’ladi. Ishlash davomiyligi 6000-8000 soatga boradi. Kamchiligi: uzatish 
qurilmalarini past xaroratda qiyin ishlashi va uni ortiqcha yuklanishga o’ta sezgirligi (faqat 
me’yor bo’yicha ishlaydi)bilan ifodalaniladi. 
Tashqi energiya manbaalarini aloxida talab etmaydigan mashinalarda kuch uzatmalari 
jixozlari sifatida elektrodvigatellar (o’zgaruvchan va o’zgarmas tok asosida) ishlatiladi. 
O’zgaruvchan tokka ishlaydigan qurilish mashinalari asosan elektr uzatish tarmog’idan 50 Gts 
tebranmali 380-220 V kuchlanishni oladi. Afzalligi: oddiy konstruktsiyali, arzon, ishlatishga 
qulay va ishonchli. SHuning uchun qurilish mashinalarining deyarli barchasida xarakat kuch 
uzatish inertsiyalari orqali amalga oshiriladi. SHulardan biri asinxronli dvigatellardir. 
Asinxron dvigatellar, o’zgaruvchan tokda rotor yordamida ishlaydi. Bunday dvigatellar 
yuqori yuklanishga xam bardoshli bo’ladi. Kamchiligi: elektr tarmog’idan kelayotgan 


44 
kuchlanishga o’ta sezgirligi, bu qurilish maydonidagi asosiy talablardan xisoblanadi. Yuk 
ko’taruvchi mashinalarda esa, aniq va oxista to’xtaydigan joylarda ikki bosqichli tezlikda 
ishlovchi asinxronli "qisqa tutashuvli"li dvigatellar ishlatiladi. Ularning dvigatelь tezligi 2, 
8/3, 3 10/3 nisbatda bo’ladi. 
Elektrodvigatelli qo’l mashinalarida uzatish qismlar og’irligini kamaytirish 
uchun yuqori kuchlanishli tebranmali xarakatdan foydalaniladi. 
Bunda maxsus "o’zgartirib" beruvchi, ya’ni manbani 50 Gts dan 400 Gts ga aylantirib 
beradigan moslamalar qo’llaniladi. Bu esa o’z navbatida 3,5 marta elektrodvigatelь og’irligini 
yengillashtiradi. 
Elektrodvigatelli qo’l mashinalari ichida aloxida talab bilan ishlovchi bir fazali 
elektromagnitli kollektorli tebranmali dvigatellar xisoblanadi. Konstruktsiyasi oddiy, 
ishonchliligi yuqori. Elektrodvigatelь elektromagnitli energiyani mexanik energiyaga 
aylantirib boruvchi-qaytuvchi xarakatga aylantiradi. Bu o’z navbatida uruvchi bolqalarda, 
perforatorlarda, shuningdek tebranish uyg’otuvchi manbalarda, dozatorlarda, tebranmali 
groxotlarda, tebranma bilan ishlovchi xaydagichlarda foydalaniladi. 
Doimiy tok yordamida ishlovchi mashinalar oldingisiga qaraganda qulay bo’lib, 
oxista yurg’izish va to’xtatishni ta’minlaydi. Bunday dvigatellar asinxronli dvigatellarga 
qaraganda katta solishtirma og’irlikga (kg/kVt) ega. SHuning uchun qurilish sharoitida 
qurilish mashinalari maxsus generator 
yordamida doimiy o’zgarmas tok kuchi yoki «xarakatni o’zgartirib 
beruvchi maxsus moslama» yordamida ishlaydi. SHunga ko’ra 
ishlatilish doirasi kamroq bo’ladi. 
Ko’p xollarda o’zgarmas tok yordamida ishlaydigan
dvigatellar o’rta va katta quvvatga ega bo’lgan (cho’mich 
xajmi Vq4 m
3
va undan katta) ekskavatorlarda foydalaniladi. Bu
turdagi qurilish mashinalarida uch o’lchamli generator-dvigatelь, 
generator-kuchaytirgich, 
magnitli 
kuchaytiruvchi 
generatordan 
foydalaniladi. 
Ichki yonuv dvigatellari va elektrodvigatelli kuch uzatish 
inertsiyalaridan tashqari jamlanma kuch uzatish jixozlaridan xam foydalaniladi. DVS-
elektrogenerator, aloxida elektr manbaidan ta’minlanib elektr uzatish qismi orqali 
ta’minlanadi. 
DVS (yoki elektrodvigatelь) gidroxaydagichli mexanizmni gidro uzatish qismi orqali 
ta’min etiladi. DVS (yoki elektrodvigatelь) kompressor (kompressor uskunasi) mexanizmini 
xavo uzatish qismini tashkil etadi. Bularning ichida yangi element gidroxaydagich va 
xavoxaydagich xisoblanadi. Suyuqlikni xaydash usuliga qarab, suyuqlik xaydagichning o’zi 
«tishlisimon» bo’ladi. 
Ular o’z navbatida porshenli va «kurakchali» bo’ladi. «tishlisimon» xaydagichlar 
korpus va tishli g’ildiraklardan iborat bo’lib, g’ildiraklardan biri dvigateldan xarakatni 
oladi. Ikkinchisi o’z o’qi atrofida erkin xolatda aylanadi. Ishlash tartibi: tishli g’ildiraklar 
bir-biriga jipslashganda o’zi turgan kameradagi suyuqlikni so’radi va uni tishli izlar orqali 
oraliq bo’shlig’iga suradi ya’ni, sepuvchi bo’shliqga xaydaydi. Bunday xaydagichlar doimo 
suyuqlikni (1.2-rasm) ba’zan 500-2500 min
-1 
oraliqda xaydab beradi. Ish unumdorligi ularni 
aylanish tezligi, suyuqlik bosimi va yopishqoqligiga bog’liq bo’lib, 0,65-0,85 ga teng bo’ladi. 
Bunday xaydagichlar asosan 10 MPa bosimgacha va 30-40 kVt quvvatgacha ishlaydi. Ish 
unumdorligi quyidagicha topiladi. 

Download 3.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   180




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling