Ушбу ы=ув =ылланма в 5140900 касб таълим (бинолар ва иншоотлар =урилиши) йыналиши быйича билим олаётган талабалар, 3-йиллик ма
Download 3.89 Mb. Pdf ko'rish
|
Qurilish mashinalari.Qurilish jarayonlari texnologiyasi-maruza-1585404135
- Bu sahifa navigatsiya:
- Uzatmalar korobkasi
Reduktorlar qurilish mashinalarining mexanik uzatmalarida aloxida qism
sifatida reduktor, tezlik korobkasi, quvvatini almashtiruvchi korobka, reverslar ishlatiladi. Tishli va vintsimon reduktorlar aloxida agregat xisoblanib, burchakli tezlanishni sekinlashtiradi va aylanish momentini tezlatadi. Kichik aylantirish ko’rsatkichli uchun Iq8...10 gacha, ularni shakli (xajmi) ni kattalishib ketmasligi uchun bir qadamli reduktorlar ishlatiladi. Ko’p xollarda esa ikki qadamli reduktorlar (Iq8...50) ishlatiladi. (1.25-rasm). Konstruktsiyasi: bir qatorli planetar uzatma modulь variantda tayyorlangani uchun bir necha planetar reduktorlarga moslashtirilishi mumkin. Bunda markaziy g’ildirak uchta satellitni aylantiradi. Katta ko’rsatkichlarda aylantiriishni ta’minlash uchun uch qadamli reduktorlar ishlatiladi. Keyingi vaqtlarda qurilish mashinalarida planetar uzatmalar ishlatilib kelinmoqda. Ularni ko’rinish xajmi kichik, og’irligi kichik, lekin oddiy tishli elementlarga nisbatan yuqori samara bilan ishlaydi. (1.26-rasm). Ular podshipnikga o’q bo’yicha o’rnatilgan bo’ladi va o’rtadagi aylanuvchi g’ildirak orqali aylanadi. Aylantirish momenti chiqish vaqtida T=280...14000 N·m uzatish 1. 24-rasm. Polispastalar sxemalari 1. 25-rasm. Eng ko’p tarqalgan reduktorlarning sxemalari. a)bir qadamli uq8..10; b) ikki kadamli uq8...50; g, d)uch qadamli 59 nisbati bilan I=6,23...8,73 gacha boradi. Agar ularni turli ko’rsatkichlarda bir qadamli va ikki qadamli xarakatni bajarishda qo’llanilsa asosiy qurilish mashinalarining 80- 85% ini eng yaxshi samara bilan kam metall sarfi, tannarxini ancha arzon bo’lishini ta’minlashga erishilar edi. Uzatmalar korobkasi. Uzatmalar korobkasi aloxida korpusda joylashadi. U bosqichli xarakatni olib borishda foydalaniladi. Xar qaysi bosqichdagi tezlikni o’zgarishi (zvenoda) boshqarishdagi element soni buiicha turlicha bo’lib, uzatmalar korobkasi bir, ikki va undan ko’p bo’ladi va xar bir bosqichda tezlik o’zgaradi. (1.27- rasm). Uzatmalar korobkasining vazifasi tezlikni bosqichli o’zgartirib berishdan tashqari (aylantiruvchi zvenoni) - ko’p xollarda «mexanizm revers» sifatida, ya’ni aylantiruvchi zvenoga nisbatan, aylanuvchi zveno xarakatini o’zgartirib berishida ishlatiladi. Mexanizmlarda uzatmalar korobkasidan tashqari, maxsus taqsimlovchi korobkalar xam ishlatiladi, ya’ni tishli uzatma orqali aloxida joylariga xarakatni uzatmalar orqali taqsimlab beradi. Afzalligi: konstruktsiyasi oddiy, kichik massa va arzon, ko’p elementlarni ishlashida ishonchli ekanligini ta’minlash extimolligini bo’lishligidir. Kamchiligi: friktsion uzatmali bo’lsa, ko’p energiya sarfi, tezlikni to’xtatish moslamasilarda ularni tezda ishdan chiqishi, tezlanish va kuchlanishni bosqichli o’zgarishi, uzatmani tuzilishini murakkabligi asosan katta tezlanish va ishchi jarayonlarni boshqarishda avtomatikani qo’llashda qiyinchilikni paydo etadi. Bu kamchiliklarni tuzatish konstruktsiyalarni takomillashtirish va qurilish mashinalarida keng miqyosda gidromexanik transmissiyani joriy etish va qo’llanilishiga sabab bo’lmoqda, ya’ni mexanik va gidravlik uzatmalarni qo’shib ishlatishga talab kuchaya bormoqda. Download 3.89 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling