Ушбу ы=ув =ылланма в 5140900 касб таълим (бинолар ва иншоотлар =урилиши) йыналиши быйича билим олаётган талабалар, 3-йиллик ма
Download 3.89 Mb. Pdf ko'rish
|
Qurilish mashinalari.Qurilish jarayonlari texnologiyasi-maruza-1585404135
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tezlikni to’xtatish moslamasi
Friktsion muftalar. Friktsion mufta aylanuvchi momentni turli xildagi ishchi yuzalar
bo’yicha ishqalanishi xisobiga uzatib beradi. Ular diskli, konusli va tsilindrsimon bo’ladi. Ular quruq suyuqlikda xam, moylangan suyuqlikda xam ishlay oladi ( 1 . 19 -rasm ) . Aylanma yuzalarda xosil bo’luvchi ta’sir etuvchi kuch / a orqali ifodalanadi. Bosimini uzatish usuli bo’yicha ulanish moslamalari turlicha: prujina-richagli, gidravlik, pnevmatik va elektromagnitli bo’ladi. Bunda aylanuvchi moment, friktsion mufta orqali uzatilishi mumkin. сц T n k z fD F Т / 5 . 0 bunda F n – yuzalar o’rtasidagi me’yoriy ishqalanish kuchi; f-mufta yuasidagi ishqalanish koeffitsienti; D t – ishqalanishdagi o’rtacha olingan diametr; z -juft yuzalardagi ishqalanish miqdori; k sts - birikishdagi ortiqcha me’yoriy koeffitsient. f-ishqalanish koeffitsienti turli aylanuvchi juftlarda (yuzalarda) quruq xolda bo’lsa: Siqilgan kattiq plastmassada (tag qismi asbest bo’lsa) po’lat yuzasi bo’yicha (yoki chugun bo’lsa) f=0,25...0,4, metallokeramika bo’lsa (ishlov berilgan po’lat yuzasi bo’yicha) f=0,35...0,45, chugun yuzasi bo’yicha bo’lsa (yoki po’lat yuzasi bo’yicha) f= 0,14...0,18. Ishlov berilgan po’lat, xuddi shunday po’lat bo’yicha f-yoki chugun moylangan bo’lsa, f=0,06...0,08, metallokeramika ishlov berilgan po’lat yuzasi bo’yicha moylangan bo’lsa f=0,08...0,12 ga teng oraliqda bo’ladi. Tezlikni to’xtatish moslamasi. Tezlikni to’xtatish moslamasi valni xarakatini to’xtatib qolish uchun, lebedka barabani, aylantirish platformasi, 1. 19-rasm. Friktsion zanjirli muftalar. a)diskli; b)konussimon 1. 18- расм. Харакатланувчи муфталар. 56 aylantiruvchi moslamalarni to’xtatish uchun qo’llaniladi. Tezlikni to’xtatish moslamasi ko’proq tasmasimon, ba’zan diskli va konusli tayyorlanadi (1. 20-rasm). To’xtatish moslamasi elektromagnit (5) orqali boshqarib turiladi. Kolodkali to’xtatish moslamalarida tasma ( 2 ) shkifni (8) qisadi. Richaglar (3) va ( 7 ) , o’z navbatida magnit ( 5 ) bilan o’zaro ta’sirlanuvchi «koromo’slo» mexanizmini (3,4,7 qism) bo’lakchalar tashkil etadi. Bo’lakchalar (3 va 7) prujina ( 6 ) bilan bog’langan bo’ladi. Richag (9) va prujina (1) to’xtatish moslamasini qo’yib yuborilgandan so’ng, tasma shkifdan o’zoqlashadi. Sim arqonli uzatmalar. Sim arqonli uzatmalar - yukni xarakatini sim arqon aylantiruvchi shkif yoki baraban va sim arqon orqali bajaradi. Asosan sim arqon boshqarish kabinada (aylantiruvchi shkif), liftda va sim arqonli transporterlarda ishlatiladi (1.21 -rasm ) . qurilish mashinalarining deyarli barchasida sim arqonli uzatmalar ishlatilib, ular barabanli bo’ladi. Arqon aylantiruvchi shkif uchun aylananing tortishdagi foydali kuch quyidagicha Eyler formulasi orqali ifodalanadi. I e S S S F f cб cб нб bunda f-shkif bo’yicha arqonning ishqalanish koeffitsienti. -arqonni shkifni aylanib o’tishida xosil bo’lgan burchak Asosiy ishchi elementlari temir sim arqonlar xisoblanadi. Ular yuqori egiluvchanlikga ega bo’ladi. Bir eshimli, ikki eshimli (bir necha simlarni to’plab eshib, so’ngra uni yana eshib) qilib tayyorlanadi (1.22-rasm). Ularning barchasi bir tomonga eshilgan, turli tomon yo’nalishga asoslanib eshilgan (u xolda mayda sim to’plari boshqa tomonga, ularning jamlamasi ikkinchi tomonga) unda "krestsimon o’rama" deyiladi. Keyingisi aylanib ketishga ancha bardoshli bo’ladi. Eshimni turiga qarab aniq tegib turuvchi, chiziqli tegib turuvchi turlarga bo’linadi. Moylab turish uchun o’rta qismida material, ip va xokazo bo’ladi. qurilish mashinalarida asosan olti qator eshilgan sim arqonlar ishlatiladi. Ular olti kichik va ikkita katta teskarisiga eshilgan simlardan iborat bo’ladi. Ular 6x19q144 ta yoki 6x37q222 ta. Ba’zan 7 qator eshimli o’rtasida bo’lib, sim arqonlar ishlatiladi. Ularni bir diametrdagi olti eshimli arqonga nisbatan mustaxkamligi 15% yuqori bo’ladi. g’ 6 5 1. 20-rasm. Kolodkali va tasmali Tezlikni to’xtatish moslamalari sxemasi. 1-prujina, 2-tasma, 3-richag, 4- koromislo, 5-magnit, 6- prujina, 7-richag, 8-shkif, 9- richag. 1. 21 -rasm. Sim arqonli uzatmalar sxemasi. 57 Sim arqonlarni cho’zilishga xisoblanadi. O’zilish yukida quyidagicha bo’ladi: Fn R bunda / - xisobiy yuklanish, sim arqonni ko’tarish qobiliyati. n- ortiqcha yuklanishni xisobga oluvchi extiyotlik koeffitsienti. qurilish kranlarida, lebedkalarda ish turidan qat’iy nazar n=5..6, ekskavatrlarda n=3,5...4,5, ko’targichlarda n= 9 bo’ladi. Uni uzoqqa chidamliligi baraban diametriga yoki blok diametriga bog’liq, ya’ni arqon diametriga nisbati bilan xisoblanadi. k б d D / 16...40, bu yuklanish rejimiga bog’liq, bo’ladi. Sim arqonlarni bir uchini eng kamida uchta joyidan maxkamlash bilan olib boriladi, bir-birini oralig’i I=5d k masofada joylashgan bo’ladi (1.23-rasm). Moslamalar. Moslamalar ko’p qurilish mashinalarida ko’tarilayotgan yuk lebedka orqali moslamalar bilan bajariladi. Moslama bu ikkita aylanuvchi g’ildirak- aylantiruvchi va aylanuvchi (ularni o’z navbatida bir necha sim arqonlarini aylanishini bog’lovchi) bloklardan tarkib topgan. Yuk xarakatlanuvchi (aylanuvchi) moslamaga ilinadi, keyingi uchi lebedkani barabaniga maxkamlanadi. Ular ikki xilda tayyorlanadi: 1. Sim arqonning erkin xoldagi boshlangich uchi siljimaydigan turg’un nuqtadagi g’ildiraklar orqali o’tuvchi va oxirgi ikkinchi uchi xam shu qo’zg’almas tayanchga maxkamlangan (1.24a-rasm); 1. 22-rasm. Po’lat simli arqonlar. TK6x19 1 4 Spiralli berk 1.23-расм. Пўлат арқонлар учун қисгич ва ковушлар 58 2. Sim arqoning erkin xoldagi boshlangich uchi siljimaydigan turg’un nuqtadagi g’ildiraklar orqali o’tuvchi va oxirgi ikkinchi uchi xam shu qo’zgalmas tayanchga maxkamlangan (1.24 b-rasm); Asosiy afzalliklaridan biri, ayrim xolda olingan sim arqonlarga nisbatan, bularda yuk kuchlanishlarini oz miqdorda mos xolda kichik diametrdagi sim arqonlarda blok va barabanlardan foydalanish imkonini yaratadi. Yukni ko’tarayotgan vaqtda moslama orqali o’tuvchi sim arqondagi kuchlanish (baraban o’rayotganda) quyidagicha bo’ladi R n б i q Q S / bunda Q - yukni og’irlik kuchi; q - aylanib xarakatlanuvchi moslamani og’irlik kuchi; i n - moslamadagi o’ramlar soni; R - moslama uchun foydali ish koeffitsienti. U xolda quyidagicha ifodalanadi: б n б n б n I I t / / bunda б - bitta blok foydali ish koeffitsienti 0,96...0,99 n - moslamadagi bloklar soni; Agar ko’p bloklar miqdori 4 tadan ortmasa n б б bo’ladi. Afzalligi: aloxida sim arqonlarda xam zo’riqishni ozligi, natijada kichik diametrdagi arqonni xam olish mumkin bo’ladi. Kamchiligi: ko’p marta egilib o’tadi, natijada sim arqon yemirilib, tarqala boshlaydi, bu esa foydali ish koeffitsientini kamaytirib yuboradi. Download 3.89 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling