Ушбу ы=ув =ылланма в 5140900 касб таълим (бинолар ва иншоотлар =урилиши) йыналиши быйича билим олаётган талабалар, 3-йиллик ма


Download 3.89 Mb.
Pdf ko'rish
bet42/180
Sana10.11.2023
Hajmi3.89 Mb.
#1764660
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   180
Bog'liq
Qurilish mashinalari.Qurilish jarayonlari texnologiyasi-maruza-1585404135

Teskari gidroklapanlar. Teskari gidroklapanlar suyuqlik xarakatini faqat bir 
tomonlama o’tkazadi. Teskarisiga xarakatlansa to’sib qoluvchi element klapan o’tirgichiga 
tushib to’sadi. Ular bosim birdaniga ko’tarilib, ishchi qismlarda kuchlanish xosil bo’ladigan 
joylarda ishlatiladi. Oqimni tekis, bir maromda bo’lishini ta’minlaydi. Klapanda prujina bo’lib, 
u suyuqlikni xarakatini teskari yo’nalishiga qarshilik qildirmaydi. U to’sib (berkitib) 
turuvchi elementni o’rindiqga to’g’ri o’rnashi uchun mo’ljallangan. SHuningdek ular 
xaydagichlarda to’satdan paydo bo’luvchi kuchli bosimdan ximoya etuvchi element bo’lib, 
ishchi qismlarda kuchlanish va ishchi suyuqliklarni suyuqlik liniyalaridagi yo’nalishini bir 
me’yorda tarqalishi uchun xam ishlatiladi. 


62 
So’ruvchi klapan. Teskari gidrokdapanlarning bir turidir. Suyuqlik uzatuvchi 
gidroliniyaga o’rnatiladi (gidrodvigatelь, gidroxaydagich). U gidroliniyani ishchi suyuqligi 
bilan ta’minlab turadi. 
Suyuqliq qulfi. Teskari klapanni boshqarib turadi. Ya’ni sitemani yopilishini 
ta’minlaydi va aksincha kerakli vaqtda xar ikki tomonga o’tkazib turadi. SHuning uchun 
teskari klapandan tashqari shtok va porshenь ishlatiladi. U gidrodvigatelь va 
gidrotaqsimlagich oralig’iga o’rnatiladi. Bu esa ishchi qismlarning ishonchli bo’lishini 
ta’minlab turadi. 
Boshqaruvchi gidroapparat. O’tuvchi kanaldan oqib o’tuvchi ishchi suyuqligini ba’zan 
ochib, suyuqlik sarfi va bosimni o’zgartiradi. Ularga: bosim gidroklapan (maxsus saxlagich va 
reduktsionli), drossel ishchi oqimini boshqaruvchi moslamalar kiradi. 
Muxofaza gidroklapani. Bosimni chegaralab turadi, ya’ni gidrodvigatelьdan keluvchi 
tashqi katta kuchlanishni qabul qilib, xaydovchi gidroliniyadan oquvchi liniyaga o’tkazadi. 
Reduktsion klapan. Aloxida uchastkalardagi past bosimli suyuqlikni ushlab turish 
uchun ishlatiladi. Bo’shliq A kuchli bosim bilan ishlovchi quvur uzatmasiga birlashtirilgan. 
Bo’shliq A dagi bosim, prujina kuchlanishini va bo’shliqdagi bosim kuchi S ni yengib klapan 
1 ni ochadi. SHu davrda yuqori bosimli bo’shliqdan past bosimli bo’shliqga ishchi suyuqlik 
o’ta boshlaydi, ya’ni past bosimli quvur uzatmasida xam bosim ma’lum bir ko’rsatkichga 
yetadi. SHundan so’ng kanal 2 oraliq suyuqlik bosimi o’tib bo’shliq S ni to’ldiradi. Bosim 
kuchi ta’sirida S bo’shliqda borib keluvchi (zolotnik) element siljiydi va liniyadagi yuqori 
bosimli suyuqlik o’tishini berkitadi. 
Gidrodrosselь. Gidroliniyalarda suyuqlik sarfini boshqarish uchun ishlatiladi. U doimiy 
yoki gidravlik qarshilik bilan boshqariladi. Teskari klapanli sozlanuvchi gidrodrosselь bir 
tomonlama yo’nalishga ega bo’lgan suyuqlik oqimi uchun to’sib qoluvchi va boshqa 
yo’nalishdagi oqimni erkin suyuqlikda o’tishini ta’minlovchi qurilma. Yuqorida keltirilgan 
elementlardan tashqari xajmiy gidrotransmissiyalar o’z ichiga: ishchi suyuqdigi 
konditsionerini, gidrobak, gidroakkumulyator va gidroliniyalarni oladi. 

Download 3.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   180




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling