Ушбу ы=ув =ылланма в 5140900 касб таълим (бинолар ва иншоотлар =урилиши) йыналиши быйича билим олаётган талабалар, 3-йиллик ма


QURILISH MASHINALARI XAQIDA UMUMIY MA’LUMOTLAR


Download 3.89 Mb.
Pdf ko'rish
bet27/180
Sana10.11.2023
Hajmi3.89 Mb.
#1764660
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   180
Bog'liq
Qurilish mashinalari.Qurilish jarayonlari texnologiyasi-maruza-1585404135

QURILISH MASHINALARI XAQIDA UMUMIY MA’LUMOTLAR 
Reja: 
1. Qurilish mashinasozligining rivojlanishi va qurilish mashinalariga 
qo’yiladigan asosiy talablar. 
2. Qurilish mashinalari va jixozlari tavsifi 
3. Qurilish mashinalarining ish unumdorligi 
4. Qurilish mashinalarning Kuch qurilmalari 
5. Uzatish moslamalari 
6. Uzatmalar.
7. Kuch uzatuvchi jixozlar 
Tayanch so’z iboralar 
Mashina, elektrodvigatellar, ichki yonuv dvigatellari, gidravlik yuritma, pnevmo yuritma, 
etaklovchi, etaklanuvchi, Asinxron dvigatellar, Kuch uzatuvchi inersiyalar, Porshenli 
xaydagichlar, Kompressorlar 
1.1. Qurilish mashinasozligining rivojlanishi va qurilish mashinalariga 
qo’yiladigan asosiy talablar. 
Revolyutsiyagacha bo’lgan davr mamlakatimizda qurilish mashinalari asosan kam 
bo’lgan. 1920 yillardan so’ng sekin-asta qurilish mashinalarini va yo’l ishlarida ishlatiladigan 
mashinalarni ishlab-chiqarish rivojlana boshlangan. Bu ko’rsatkich asosan, Ulug’ vatan 
urushidan so’ng tezroq rivojlana boshladi. Bunda qurilish jarayonlarini bajara oladigan barcha 


39 
turdagi mashinalar ishlab-chiqarila boshlandi. Sobiq ittifoq miqyosida 1986-90 va 2000 yillarga 
mo’ljallangan dasturlar ishlab chiqarildiki, ko’proq mashinasozlik korxonalarida yangi texnikalarni 
yaratish masalasi qishloq xo’jaligi, sanoat va qurilish soxalarida ish bajara oladigan, qo’l 
mexnatini mashina va mexanizmlar zimmasiga yuklash kabi talablar qo’yildi. Natijada 
jarayonlarni "kompleks" bajaruvchi mashinalar yaratila boshlandi. "Kompleks" — bunda asosiy 
va og’ir, yordamchi va mexnat talablik ishlar, texnikaning eng ilg’or usullari bilan bajarilishi 
ko’zda tutiladi. Ko’proq qurilishdagi kompleks jarayonlarni bajara oladigan, ayniqsa to’g’ri 
chiziqli inshootlarni (avtomobilь, temir yo’l, elektr tarmoqlari, magistral quvurlar) qurilishlarida 
ishlaydigan (1.1-rasm) mashinalar yaratila boshlandi. 
a) 
b) v)
1.1-rasm. Kompleksdagi mashinaning o’zaro 
bog’lanishi a) oddiy, b) umumlashgan, v) 
paralel tizimli bog’lanish 
Kompleks tarkibiga boshqaruvchi yordamchi, rezerv mashinalar kiradi. Boshqaruvchi 
mashinalar-qurilish jarayonlarining o’zaro texnologik bog’langan bosqichlarini yordamchi 
mashinalar - asosiy ishlar va ularning unumdorligini oshirishda boshqaruvchi mashinaning 
ish bajarib borishda unga ko’makdosh rezerv mashinalar - qurilish jarayonlarining bir 
maromda bajarilish ishonchliligini ta’minlash uchun yaratilgan. 
qurilish mashinalarining samaradorlik bilan ishlashi uchun, doimo ularni 
takomillashtirish, ishchi qismlarini, konstruktsiyalarini soddalashti-rish, yakka tartibda 
boshqariladigan gidro va elektr uzatmalarini, ishchi sxemalarini sifatli qilib yaratish, uni 
sifat ko’rsatkichini oshira borish talab etiladi. Bu esa qisman mashinalarni avtomatik 
boshqarish bilan qurilish jarayonlarini avtomatlashtirishga o’tilishiga imkon yaratadi 
Mashina — bu energiyani mexanik xarakatga keltiruvchi, material va turli xildagi 
axborotlarni, aqliy va fizik mexnatni almashtirish uchun ishlatiladigan qurilma. 
Mashina turli xil mexanizmlardan tashkil topadi. Ba’zan mexanizmlar yakka xoldagi 
mexnat qurollari sifatida xam ishlatiladi. qurilish mashinalarining asosiy ko’rsatkichi 
ma’lum bir maxsulotni sifatli, aniq me’yorlar va texnik sharoitlarni xisobga olgan xolda 
yaratilgan maxsuloti bilan belgilanadi. Ma’lum bir vaqt bo’yicha yaratilgan qurilish 
maxsulotini xajmi qurilish mashinalarining mexnat unumdorligi bilan belgilanadi. Buning 
uchun ish vaqtini yoki mexnat unumdorligini kamaytiruvchi mashina vaqtini qisqartirish, 
mashinaning dvigatelь quvvatini yaxshilash, barcha ishlarni bajara oladigan va shuningdek, 
uni ishonchliligini kuchaytirish, ish sharoitiga moslanishini yaxshilash, avtomatik 
boshqarishga o’tish, ish unumdorligini oshirish va xokazo talablar bajariladi. Bir birlik 
maxsulot qiymatini kamaytirish uchun, ta’mirlash ishlariga kamroq sarf xarajat, mashinaning 
texnik xizmati, saqlanishi va ularni bir joydan ikkinchi joyga ko’chirilishini kamaytirish 
lozim bo’ladi. qurilish mashinalarning yaxshi va unumdorlik bilan ishlashlari uchun, qulay 
va xavfsiz sharoit bo’lishi kerak. Buning uchun mashinaning ishchi qismlari soz va ish 
joylari yaxshi qo’rinib turadigan, yoritilgan va avariya xolatini oldini olish choralari ko’rilgan 
bo’lishi kerak. 
А 
Б 
В 
Г 
Д 
А 
Б 
В 
А 
Б 
В 
А 
Б 
В 


40 
qurilish mashinalarining asosiy vazifasi qurilishda bajariladigan qo’l mexnatini 
kamaytirishdan iborat. Ish unumdorligi, bajarilgan ish xajmining sarflangan vaqtga nisbati 
bilan aniqlanadi. SHu sababli ularni ish unumdorligini oshirish, ish sifatini yaxshilash
tannarxni kamaytirish kabilar asosiy talablardan xisoblanadi. Ish unumdorligini oshirish 
uchun mashinaning ish vaqtidagi dvigatelь quvvatidan to’liq foydalanish, mexanizmlarning 
ishonchliligini oshirish va universallashtirish xamda avtomatlashtirish, foydali ish 
koeffitsientini oshirish kabilar talab etiladi. 
Xar qanday mashina ish jarayonida mexnat muxofazasi qoidalariga to’liq javob 
berishi kerak. Ulardagi to’xtatish vositalari va signallarining yuqori sifatli bo’lishi uni 
ag’darilishiga va surilishiga qarshi ustivorligini ta’minlagan bo’lishi kerak. 
Mashina konstruktsiyasi gigienik talablarga to’liq javob berib, opera-torni 
toliqtirmaydigan boshqarish qismlari esa qulay joylashgan bo’lishi kerak. Mashina kabinalari 
germetik berk bo’lib, chang va shovqindan saqlangan, undagi zaxarli gazlar miqdori shovqin 
va tebranish ruxsat etilgan ko’rsatkichda bo’lishi talab etiladi. 

Download 3.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   180




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling