Ushbu maqolada biz uyda tashkil qilish mumkin bo`lgan ishlab chiqarishlarni ko`rib chiqamiz


Uydan chiqmasdan pishiriq pishirish


Download 31.64 Kb.
bet2/16
Sana04.05.2023
Hajmi31.64 Kb.
#1425045
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
biznes goya 43

Uydan chiqmasdan pishiriq pishirish
Taxminiy xarajatlar: 1–1,5 mln. so`mdan boshlab.
Uy pishiriqlarin itayyorlash uchun maxsus ta`lim olishning keragi yo`q. Yaxshi pishira oladigan har qanday ayol ushbu sohada muvaffaqiyat qozonishi mumkin. Ishlash uchun unchalik ko`p narsa kerak emas: mikser, oshxona buyumlari. Istalgan bir bekaning oshxonasida bu buyumlar mavjud. Bunga qo`shimcha ravishda xamir qoruvchi uskuna sotib olishingiz mumkin. O`rtacha hajmdagi oddiy duxovka yetarli bo`ladi. Pishiriqlar retseptlari va ularning tashqi ko`rinishiga alohida e`tibor qaratish kerak bo`ladi. Mahsulotingizga mijozlar qiziqish bildirishi uchun ta`m va estetik sifatlar yuqori darajada bo`lishi kerak. Pishiriqlarni ko`chada sotishingiz yoki restoranlar, kafelarning buyurtmalariga ko`ra tayyorlab berishingiz ham mumkin.
Murabbo
Taxminiy xarajatlar: 700–800mingso`mdan boshlab.
Bunday ishlab chiqarish uchun qo`shimcha asbob-uskunalarning umuman keragi ham yo`q. Normal ish uchun katryullar, turli hajmdagi bankalar (iloji boricha kichikroq, ularni sotish oson bo`ladi), ularga qopqoqlar va qopqoq yopish mashinkasi kerak bo`ladi. Xom-ashyoni siz bozordan sotib olishingiz yoki o`z tomorqangizda yetishtirishingiz mumkin. Bu faoliyatning rentabelligi qishda 30% ni tashkil qiladi. Yozda esa ularni sotishdan foyda juda kam bo`ladi. Shuning uchun yozda tayyorlangan mahsulotlarni qishgacha saqlab qo`yib, yuqoriroq bahodan sotish kerak.
Tuzlamalar
Taxminiy xarajatlar: 1–1,2 mln. so`mdan boshlab.
Asos sifatida sabzavotlar va qo`ziqorinlar olinadi. Sabzavotlarni o`zingiz yetishtirishingiz yoki bozordan sotib olishingiz mumkin, qo`ziqorinlarni esa bizda faqat sotib olish mumkin. Ishlab chiqarish uchun gaz plita, bankalar, qopqoqlar, qopqoq yopish mashinkasi va xom-ashyo kerak bo`ladi. Faqat bodiring va qo`ziqorin bilan kifoyalanib qolish kerak emas. Bugungi kunda marinovka qilingan karam, koreys sabzisi va shunga o`xshashlarga talab kuchli. Mahsulotni qanday sotish haqida ham oldindan o`ylash kerak. Agar kam ishlab chiqargan bo`lsangiz, tanishlaringizga, qo`shnilaringizga sotib olishni taklif qilish bilan chegaralanishingiz ham mumkin.

Download 31.64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling