Ushbu maqolada biz uyda tashkil qilish mumkin bo`lgan ishlab chiqarishlarni ko`rib chiqamiz
Download 31.64 Kb.
|
biznes goya 43
- Bu sahifa navigatsiya:
- Karkassiz mebel tayyorlash
- Montessori o`yinchog`i tayyorlash
Qo`lda yasalgan sovun
Taxminiy xarajatlar: 1–1,5 mln. so`mdan boshlab. Bugungi kunda ko`pchilik bunday sovunlarni sotib olyapti. Odatda uni biror bayramga sovg`a sifatida sotib olishadi. Aynan bayramlar oldidan unga bo`lgan talab oshadi. Sovun tayyorlash uchun essensiya (asos), aromatik moylar, bezaklar, maxsus shakllar, hid beruvchilar kerak bo`ladi. Tayyorlash retsepti haqida alohida qayg`urishingiz kerak bo`ladi. Birinchi partiyani juda kam qilish va undan o`zingiz foydalanganingiz ma`qul. Bundan tashqari suvenirlarn ichiroyli o`rash bilan ham pul ishlab olsa bo`ladi. Buning uchun maxsus qog`ozlar, qutichalar, lentalar, bantiklar kerak bo`ladi. Sovg`alarga o`zingizning telefon nomeringizni ham tushirishni esdan chiqarmang. Sovg`a olgan kishi, bu unga yoqib qolsa, keyinchalik sizni qanday topishni bilishi kerak. Karkassiz mebel tayyorlash Taxminiy xarajatlar: 500–600mingso`mdan boshlab. Bu yerda bin-beglarn itayyorlash haqida gap ketmoqda. Bu nok shaklidagi yumshoq kreslodir. Ular unda o`tirgan kishining tanasi shaklin iolishi bilan o`ziga jalb qiladi. Bunday mahsulotlar magazinlarda 500-600 ming so`mdan turibdi. Lekin uni tayyorlash 100 ming so`mga ham tushmaydi. Ishlab chiqarish uchun tikuv mashinasi, material, to`ldirgich, iplar kerak bo`ladi. Bunday mahsulotni internet orqali sotgan ma`qul. Lekin imkoniyat bo`lishi bilan tanishlaringizga ham taklif qilishingiz mumkin. Montessori o`yinchog`i tayyorlash Taxminiy xarajatlar: 400–800 ming so`mdan boshlab. Uni bizibord deb ham atashadi. Bunday mahsulot yosh ota-onalarga katta qiziqish uyg`otadi. Bunday o`yinchoqlarni ishlab chiqarishda barcha detallarni – o`ramdan tortib har bitta mayda-chuydagacha o`ylash kerak bo`ladi. O`z modelingizni yaratishdan oldin birorta mavjud modeldan ko`chirma olishingiz kerak. Bu holatda intellektual mulk huquqi haqidagi sertifikat kerak emas, chunki bizibord xalq ijodi namunasidir. Bunday o`yinchoqlarni yaratish uchun qimmat asboblar va qimmat materiallar kerak emas. Bunday mahsulotni 500–1,5 mln. so`mdan sotishingiz mumkin. Montessori o`yinchog`ini yaxshisi internet orqali sotgan ma`qul. Uni pochta orqali yetkazib berishingiz ham mumkin. Ish uchun turli detallar, ularni mahkamlash uchun taxta va mahkamlash detallari kerak bo`ladi. Uyda atele Taxminiy xarajatlar: 5 mln. so`mdan boshlab. Umuman olganda, bu odatdagi ateledan faqat o`lchami bilan farq qiladi. Bunda butun foydani tikuchining o`zi oladi va mahsulotning bahosini ham pasaytirish mumkin bo`ladi. Ishlash uchun maxsus bilimlar, mahorat va ish tajribasi kerak bo`ladi. Tikuvchining oldindan ham bir nechta mijozlari bo`lsa, ular o`zlari bilan yan aboshqa mijozlarni ham olib kelishlari mumkin. Ish uchun tikuv mashinasi, bichish stoli, overlok, pichoqlar, qaychilar, materiallar, tugmalar, molniyalar, to`r va boshqalar kerak bo`ladi. Materiallarni buyurtmachining puliga sotib olishingiz yoki ularning o`zlari olib kelgan materiallardan foydalanishingiz mumkin. Yuqori sifatli va unikal mahsulotlar bugungi kunda juda qadrlanadi. Download 31.64 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling