Ushbu maqolada biz uyda tashkil qilish mumkin bo`lgan ishlab chiqarishlarni ko`rib chiqamiz


Uyda ishlab chiqarish bo`yicha erkaklar uchun g`oyalar


Download 31.64 Kb.
bet7/16
Sana04.05.2023
Hajmi31.64 Kb.
#1425045
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   16
Bog'liq
biznes goya 43

Uyda ishlab chiqarish bo`yicha erkaklar uchun g`oyalar
Quyida asosan erkaklar uchun xos bo`lgan g`oyalar keltirilgan. Lekin bu degani ushbu biznes bilan ayollar shug`ullan aolmaydi degani emas.
Shishaga gravirovka qilish
Taxminiy xarajatlar: 2–3,5 mln. so`mdan boshlab.
Maxsus asboblar yordamida qo`lda gravirovka qilishni uyda ham bajarsa bo`ladi. Agar kompressor va trafaretlar bilar surat tushirish bo`ladigan bo`lsa, alohida joyda yoki garajda qilgan ma`qul. Ushbu biznesning asosiy ustunligi – uning eksklyuzivligidir. Bunday ish bilan unchalik ko`p odam shug`ullanmaydi. Bu bilan xobbi sifatida shug`ullanishingiz va undan yaxshigina foyda ko`rishingiz mumkin. Asboblardan tashqari yozuv va rasm tushirish kerak bo`ladigan material ham kerak bo`ladi.
Remenlar va teridan aksessuarlar tayyorlash
Taxminiy xarajatlar: 2,5 mln. so`mdan boshlab.
Bu mahsulotlarga turli yoshdagi kishilar o`rtasida talab katta. Talabning yuqori bo`lishiga sabab, mahsulot qo`lda tayyorlanganligi sababi uning eksklyuzivligi va qaytarilmasligidir. Ishlash uchun teri, maxsus teshik ochqichlar, chetlarini tikish uchun mashina, bezaklar kerak bo`ladi. Ushbu g`oyaning renabelligi kamida 300% ni tashkil qiladi. Hozirgi kunda butun boshli mol terisini bitta remenning bahosiga sotib olish mumkin. Uni sotishni esa turli magazinlar bilan kelishib yoki internet orqali amalg aoshirishingiz mumkin.
Kalitlar tayyorlash
Taxminiy xarajatlar: 9 mln. so`mdan boshlab.
Bunday kichik ustxonani uyingizda ochishingiz mumkin. Ushbu biznesning o`zini tez oqlashi tadbirkorlarni o`ziga jalb qiladi. Bunda tayyorlash texnikasi qo`shimcha ko`nikmalarn italab qilmaydi ham. Turli tipdagi kalitlar bilan ishlash uchun turli stanoklar kerak bo`ladi. Boshlanishiga eng keng tarqalgan inglizcha kalitlar bilan ishlash uskunasini sotib olishdan boshlashingiz mumkin. Uning bahosi taxminan 5–7 mln. so`m atrofida bo`ladi. Xitoyda ishlab chiqilgan stanoklarni sotib olmaganingiz ma`qul. Chunki ular bir yil ichida umuman yaroqsiz holga kelib qoladi. Dublikatlar tayyorlash uchun materiallar ham kerak bo`ladi. Bunga qo`shimcha sifatida soatlarni, qulflarni, kiyimlarni, dazmollarni, soyabonlarni tuzatish bilan shug`ullansangiz ham bo`ladi. Ushbu g`oya yuqori rentabellikka ega. Bitta dublikatga 500–1000% ustama qo`yish mumkin.

Download 31.64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling