Ushbu maqolada biz uyda tashkil qilish mumkin bo`lgan ishlab chiqarishlarni ko`rib chiqamiz


Download 31.64 Kb.
bet10/16
Sana04.05.2023
Hajmi31.64 Kb.
#1425045
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   16
Bog'liq
biznes goya 43

Uyda g`isht ishlab chiqarish
Taxminiy xarajatlar: 20–30 mln. so`mdan boshlab.
Ishlab chiqarish uchun juda ko`p maydon va katta xona kerak bo`ladi. Ishlash uchun maxsus stanok (avtomatik yarim nam presslash stanogi), formalar va xom-ashyo kerak bo`ladi. Xom-ashyoga qum, suv, sement, bo`yoqlar, tuproq ketadi. Ularning ayrimlarini ulgurji sotib olishingiz mumkin. Bu biznes taxminan yarim yil ichida o`zini oqlaydi. Ushbu kichik zavodning maksimal foydasi 15-20 mln so`m atrofida bo`ladi. Quyidagi g`isht turlarini ishlab chiqarish mumkin:

  • silikat;

  • oblitsovka uchun;

  • rangli.

Betondan sun`iy marmar ishlab chiqarish
Taxminiy xarajatlar: 15 mln. so`mdan boshlab.
Bunday material mebel ishlab chiqaruvchilarga juda kerak. Bunday marmar o`ziga xos va uni sotish oson ish emas. Rentabellik xom-ashyoga va tayyor mahsulotga mahalliy baholarga qarab turlicha bo`lishi mumkin. Xom ashyo sifatida maxsus poliefir smolasi va to`ldirgichlar ishlatiladi. Qimmat turuvchi maxsus stanoklar ham kerak bo`ladi. Bir kvadrat metr mahsulotni tayyorlash o`rtacha 2000-5000 so`m atrofida tushadi. Tayyor mahsulotning narxi esa 14-15 ming so`mni tashkil qiladi. Demak rentabellik o`rtacha 600–700% o`ladi. Hatto kichik hajmda ishlab chiqarsangiz ham daromad yaxshigina bo`ladi.
Qo`lda shtamplash
Taxminiy xarajatlar: 1–1,5 mln. so`mdan boshlab.
Ushbu biznes umuman boshlang`ich kapitalg aega bo`lmaganlarga ham to`g`ri keladi. Ishlash uchun maxsus asbob-uskunalar kerak bo`lmaydi va bu dastlabki chiqimlarni kamaytiradi. Bundan tashqari bunday shtamplash texnologiyasi turli o`lcham, shakl va konstruksiyalardagi narsalarni tayyorlashga imkon beradi. Tadbirkor mahsulotlar assortimentini osongina kengaytirishi mumkin. Mahsulotlarning soni esa buyurtmachiga bog`liq bo`ladi. To`g`ri, rentabellik g`isht yoki sun`iy marmar ishlab chiqarishdagidek yuqori emas. Boshlanishiga ushbu sohadagi video va master-klasslarni o`rganib chiqish kerak bo`ladi.

Download 31.64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling